Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.44 Mb.
bet138/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Loyiha muammosi: Qachonki oʻquvchi ta’lim jarayonida dastlabki yozma nutqini toʻgʻri boshlasa, keyingi faoliyatida ham uning shu koʻrinishini saqlab qoladi.
Bunday jarayonning fundamenti boshlangʻich ta’limga borib taqalsa-da, koʻproq yozma nutqdan aziyat chekuvchi yuqori sinflarda dars berayotgan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari zimmasiga tushmoqda.
Yechim: Lekin ta’lim olishning erta-kechi boʻlmasligi haqida xalqimizning ajib hikmatlari bor. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bolaning yozma savodxonligi, keyinchalik ham shakllanishi mumkin. Oʻz ustida ishlagan oʻquvchi buning ustidan chiqadi. Buning uchun ota-onalar va yuqori sinf ona tili va adabiyot fani
120

oʻqituvchilari koʻproq ishlashlari kerak. Binobarin, oʻquvchilar yozma savodxonligining oshishida ota-onalarning ham oʻrni bor. Oʻz farzandining kelajagini oʻylagan har qanday ota-ona farzandining yozma savodxonligiga albatta qiziqadi. Fan oʻqituvchisi esa unga yanada chiroyli “ishlov” berishi lozim.


Oʻquvchi, aslida, xunuk yozadigan boʻlmaydi, e’tiborsizlik oqibatida ular oʻz yozuvining xunuklashib yoki tushunarsiz boʻlib, hattoki, xatoliklar bilan yozish darajasiga borib qoladilar. Bu holatlarda oʻquvchilarning yozma savodxonliklarini tuzatish mumkin. Bunda oʻqituvchi har bir oʻquvchi bilan individual ishlashlariga toʻgʻri keladi.
Odatda oʻquvchi ikki yoʻnalishda xatoliklar qiladi: birinchidan, xato yozadi, ikkinchida, xunuk yozadi. Aytaylik, 8-sinf oʻquvchisining yozuvi xunuk yoki xatolari koʻp. Bunda oʻqituvchi yoki ota-onalar (aslida har ikkisi ham) oʻquvchi bilan alohida shugʻullanishi kerak. Bunda bir necha bosqichli darslar lozim:


  1. Dastlabki bosqich, oʻquvchi yoʻl qoʻyayotgan xatolarni topish(u haqidagi bazani ishlab chiqish) va ularni bolaga tushuntirib berish(bunday xatolikni nima uchun, nima sababdab takrorlayotganligini bilish);




  1. Ikkinchi bosqichda esa xatolarni bartaraf etish uchun ularning toʻgʻri variantlarini takrorlatish va qayta yozdirish;




  1. Uchinchi bosqichda alifbodagi harflarni qaytadan yozilishini oʻrgatish(lozim boʻlsa birinchi sinflarning maxsus daftarlariga);




  1. Toʻrtinchi bosqichda talaffuz me’yorlarini oʻrgatish va oʻquvchi bilan birgalikda takrorlash;




  1. Bechinchi bosqichda imlo qoidalari bilan tanishtirish va uning me’yorlarini oʻrgatish(1995-yil 24-avgustdagi “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari”dan);




  1. Oltinchi bosqichda imlo lugʻatlari bilan ishlash va yozma savodxonligini oʻquvchining oʻziga lugʻat orqali tekshirtirish;




  1. Yettinchi bosqishda diktantlar va bayonlar(oʻquvchining qobiliyatiga qarab insholar) olish. Bunda matnlarning imkon qadar kichik boʻlishi maqsadlidir.




  1. Sakkizinchi bosqichda oʻquvchiga biror mavzu yuzasidan matn tayyorlatish. Bu bosqich boshqalariga nisbatan ogʻirroq ish, lekin katta samara beradi. Chunki, mustaqil ishlayotgan oʻquvchi ham yozma, ham ogʻzaki nutqini rivojlantirish bilan bir qatorda fikrlash qobiliyatini ham, asoslash va dalillash qobiliyatini ham oʻstirib boradi.

Har bir bosqichda oʻquvchining qiynalishi uchun mashq bermaslik lozim. Boshqacha qilib aytganda, oʻquvchini qiynamaslik kerak. Mashqlar oʻta oson boʻlsin, toki oʻquvchi uni oddiy ish deb hisoblasin. Yana bir sharti shundaki, birinchi bosqichni tugatmasdan ikkinchisiga oʻtmaslik kerak. Bosqichlar orasini belgilamaslik, uni bajara olgandagina keyingisini bajarishga oʻtilishi bolaning yozma savodxonligi shakllanishini kafolatlaydi.


Bu loyihani amalga oshirish uchun R.Shernazarova tomonidan ishlab chiqilgan ta’limiy-metodik mashqlarga qaratamiz. Bu bilan loyihaning ta’lim sifatini oshirishdagi rolini koʻrish mumkin. Quyidagi mashqlar orqali oʻquvchilar oʻzi egallagan bilim va koʻnikmalarni roʻyobga chiqaradi. Metodik mashqlar bola ongini oʻstiradi va oʻz ustida ishlashga majburlaydi. Bugun ta’lim berishni bunday turidan keng foydalanish tavsiya etilmoqda. Bola ongi ananaviy usullarni qisman boʻlsa-da
121

inkor etmoqda, shu sababli yozma savodxonlikni oshirish uchun quyidagi bir necha usullardan foydalanish oʻrinlidir.

KIM KOʻP SOʻZ ESLAB QOLADI?”
Mavzuga doir 20 ta soʻz oʻqib beriladi. Oʻquvchilar ularni eshitib boʻlgach, eslab qolganlarini daftarlariga yozadilar. Eng koʻp soʻz yozgan oʻquvchi gʻolib boʻladi. Yozilgan soʻzlar mavzudan kelib chiqqan holda tahlil qilinadi. Mashqni individual holatda bajarganimizda samarasi yaxshi boʻladi. Oʻquvchining oʻzi soʻzlardagi xatoliklarni topib koʻradi.
SOʻZ YASASH USULI”
Berilgan soʻzlardagi harflar oʻrnini almashtirish yoʻli bilan joy nomlarini topish va topilgan joy nomlarini qanday yozilishini tekshirib koʻrishi mumkin. Bu usul orqali yangi yasalgan soʻzlarning yozilishi ham tekshiriladi.

Anor-ohang (Ohangaron)


Zoʻr – nav (Navroʻz)

Oq – lalmi (Olmaliq)


Boyagi – don (Yangiobod)

Kek – koʻtar (koʻkterak)


OʻYLAB TOP”

Sharti: ikki yonidagi boʻgʻinlar ma’lum, oʻrtadagi boʻgʻinni topib, soʻz hosil




qilishlari lozim.

Masalan:




Nav

kar

von

Tar

nov

vot

Qiz

cha

man

Kap

tar

vuz

Hay

kal

ta

QANDAY YOZISH KERAK?”


Ma’lumki, “ot” soʻz turkumini oʻrganishda asosiy muammolardan bir otning imlosidir. Mazkur muammoni yechishda ayni shu oʻyindan foydalansa boʻladi. Masalan: berilgan soʻzlar



Atoqli otlar




Oltinsoy, Turgʻun,




Turdosh otlar




Тursun, Egamberdi,




Тurgʻun ......







turgʻun .....




Lola, Nilufar, Оzоdа,






















Go’zal, Оqibat, Оdil,






















Оrif, Shukur, Zebo,













Rasul, Shakar, Shirin













va h.k.





















Darsda berilgan ma’lumotlar ularni tahlil qilish mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. Individual holatda esa bu mashqlar orqali yaxshiroq natijaga erishish mumkin. Oʻz ustida oʻzi ishlasa, natija ham qoniqarli boʻladi.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling