Test sinov darslari. O‘qituvchi o‘quvchilarga 2 xil variantda test materiallarini tarqatadi. Bunda test materiallari variantlar bo‘yicha sinf o‘quvchilariga teng yetadigan darajada bo‘lishi kerak. Bir xil variantdagi o‘quvchilarning joylashuvi va munosabatlari dars davomida e’tiborga olinadi. Testlarni yechishda o‘quvchilarni nazorat qilishni 2 ta a’lochi o‘quvchiga bolalar sonini teng ikkiga bo‘lib topshiriladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish natijasida test savollarini yechishga kirishiladi. Yakunlangan testlarni tekshirish uchun yig`ishtirib olinib, almashtirib tarqatiladi. Javoblar 2 ta o‘quvchi tomonidan o‘qib beriladi. Guruhdoshlari esa tekshirishni amalga oshiradi. Darsning o‘z-o‘zini boshqarishi va natijalarni baholashga 10-15 minut vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlarda darsning boshqa bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilarni 100 foiz baholashga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |