Ona tili va adabiyot fanidan
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
Konferensiya darslari. Didaktik o‘yinli darslar orasida konferensiya darslari ham muhim o‘rin tutadi. Konferensiya darslari o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchi konferensiya darsini o‘tishdan avval dars mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo‘shimcha ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko‘zdan kechiradi. Mazkur dars o‘tishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. E’lon qilingan didaktik o‘yinli darsda «Olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o‘quvchilarning ixtiyorida bo‘ladi. Darsga tayyorgarlik 145
davrida o‘qituvchi tomonidan ijobiy rag`batlantirish va muloqot madaniyati, o‘quvchilarning darsga qizg`in ishtiroki muhim omil sanaladi. Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi: I. O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan tanishtiradi. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzuci yuzacidan tayyorlangan ma’ruzalarni ko‘rgazmali qurollar asosida bayon etadilar. III. Ma’ruza muhokamasi. Bunda «Olimlar» va sinfdagi boshqa o‘quvchilar o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkaziladi. IV. Ilmiy konferensiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g`oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi. V. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi. VI. Uyga vazifa berish. VII. Darsni umumiy yakunlash. Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyati faollashuvi bilan ko‘zga tashlanadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling