Ko‘chma mashg‘ulot.
ONA TILI VA ADABIYOTDAN OCHIQ DARSLARNI O‘TKAZISH VA
DARSNI TAHLIL QILISH
Maktab darsining o‘quv jarayonidagi o‘rni, ahamiyati va uning tiplari. Darsga qo‘yilgan didaktik talablar. Darsga kasbiy tayyorgarlik: tashkil qilish va o‘tkazish. Pedagogik ijodkorlik. Dars rejasi, tuzilishi. Dars jarayonida teskari aloqaning amalga oshirilishi. O‘quvchilarni bilish, anglab olish va bilimlarni to‘la o‘zlashtirib olish faoliyatini faollashtirishda pedagogik texnologiya, texnik vositalar, axborot texnologiyasi, faol, interfaol uslublar. Darslarga kirish va ularni tahlil qilish texnikasi. Treninglar va ularni oddiy darslardan farqi. Maktab darsi uslubiyoti va texnikasi. Tinglovchilar tomonidan aralash darsning to‘zilishi bo‘yicha lavhalarda amaliy ishtirok etish, darsni namoyish etish.
Har bir o‘qituvchining xarakatlari, mahoratini ko‘zatish, o‘rganish, namoyish etishiga sharoit yaratish va kerakli amaliy-uslubiy tavsiyalar berish. Pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda uchraydigan qiyinchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari. Dars davomida sinf taxtasi, ko‘rgazmali qurollar, plakat, slaydlar, texnik vositalar bilan ishlash texnikasi. Ochiq, ko‘rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo‘yilgan talablar. Sinf xonasida o‘quv jihozlari, yordamchi vositalar va mebellarni joylashtirish hamda sinfni jihozlash texnikasi. Namunaviy yoki ochiq darslarning ahamiyati, ularning oddiy darslardan farqi. Ona tili va adabiyot darslarini tahlil
170
etishdagi o‘ziga xosliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |