Avloniy («Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»), Hamza («Engil adabiyot», «Qiroat kitobi») kabi jadidlar turli majmualar tuzishgandi. Lekin ular, asosan, boshlang’ich maktabga atalgan bo’lib, tarbiyaviy yo’nalishdagi matnlarnigina o’z ichiga olib, zarur didaktik apparatlar bilan ta’minlanmagan didaktik ashyolar edi.
1924-yilda Elbek “Go’zal yozg’ichlar”, 1926-yilda Cho’lpon ”Adabiyot parchalari” xrestomatiyalarini tuzdilar. 1924-yilda A. Sa’diy o’zi ishlab chiqqan dastur asosida “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” darsligini yaratadi. Bular Ovro’po andazalariga bir qadar mos keladigan o’quv manbalari bo’lib, millat badiiy tafakkuri o’sishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Bu darslikda ham oldingi an’analarga ko’ra, adabiyot nazariyasiga katta e’tibor qaratilib, badiiy asar matni biror nazariy qarashni asoslash uchun keltirilardi xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |