Ona tili va adabiyot fanidan


Amaldagi davlat ta‘lim standartlarining mazmuni


Download 1.44 Mb.
bet5/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Amaldagi davlat ta‘lim standartlarining mazmuni:

  1. bilim, ko‘nikma va malakalar majmui;




  1. tayanch o‘quv reja;




  1. o‘quv dasturlari;




  1. baholash mezonidan iborat edi.

Yangi, ya‘ni kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta‘lim standarti tarkibidan:



  1. o‘quv fanining maqsad va vazifalari;




  1. umumiy o‘rta fanlarini o‘rganishning mazmuni;




  1. tayanch va fanga oid kompetentsiyalar;




  1. umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari;

  2. tayanch o‘quv reja;




  1. o‘quv dasturlari joy oldi.

Ta‘kidlash joizki, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nik va malakalarini amalda qo‘llash layoqatini rivojlantirishga qaratilgan kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihasi uch yil davomida respublikamizning 70 ta ta‘lim muassasalarida va Xalq ta‘limi vazirligi tasarrufidagi 6 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta maktabida tajriba-sinovdan o‘tkazilib, takomillashtirildi.


Xususan, yangi DTSga fanga oid kompetentsiyalar bilan birga kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, miliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kabi tayanch kompetentsiyalar elementlari ham kiritildi.
Kommunikativ kompetentsiya bolaning ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda muloqotga kirisha olishi, muomala madaniyatiga amal qilishi, moslashuvchan va hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatiga ega bo‘lishini nazarda tutadi1. Axborot bilan ishlash kompetentsiyasiga ega bola esa medimanbalardan zarur ma‘lumotlarni izlab topa olishi, saralashi, qayta ishlashi va ulardan samarali foydalanishi, media-madaniyatga ega bo‘lishi lozim.
Bunday o‘zgarishlar har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi sa‘y-harakatlarni kuchaytirishga muhim asos bo‘ladi. Bu kelgusida yuqori malakali va raqobatbardosh, kompetentli mutaxassis-kadrlarni tayyorlash ishlarini yanada jadallashtiradi.


  1. Безрукова В.С. Педагогика. Проективная педагогика: Учеб. Пособие. –Екатеринбург, 1996

10


  1. Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan DTSda o‘quvchilarga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining umumiy o‘rta fanlari bo‘yicha malaka talablari qo‘yilgan.Endilikda o‘quvchilar yoshi, o‘zlashtirish qobiliyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar belgilanadi. Ya‘ni, majburiy minimal ta‘lim mazmuni har bir ta‘lim bosqichi uchun uzviylik,uzluksizlik asosida taqsimlandi.




  1. Jumladan, umumiy o‘rta tizimida fanlarni o‘rganish bosqichlari shunday tartibda belgilandi:




  1. umumiy o‘rta maktablarining boshlang‘ich ta‘limi, ya‘ni 4-sinf bitiruvchilari A1daraja;




  1. umumiy o‘rta fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari A1+daraja;




  1. umumiy o‘rta maktablarining 9-sinf bitiruvchilari A2 daraja;




  1. umumiy o‘rta fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2+ daraja;




  1. umumiy umumiy o‘rta fanlariga ixtisoslashtirilmagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari bitiruvchilari B1 daraja;




  1. umumiy o‘rta maktablarining 9-10-sinflari hamda umumta‘lim fanlariga ixtisoslashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari bitiruvchilari V1+ darajada bilimga ega bo‘lishi zarur.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling