Ona tili va adabiyot fanidan
Morfologik, leksik, sintaktik hamda punktuatsion tahlillar
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- TA’LIM BOSQICHLARIDA ADABIYOTNING O‘QUV FANI SIFATIDA O‘RGANISH XUSUSIYATLARI
Morfologik, leksik, sintaktik hamda punktuatsion tahlillar.
Tayanch so‘z va iboralar: Badiiy adabiyotni o‘qitishning maqsadi, vazifalari. Ta’lim bosqichlarida adabiyotning o‘quv fani sifatida o‘rganish xususiyatlari. Tahlil turlari. Tahlilchilar ishtirokiga ko‘ra didaktik tahlil turlari. Adabiy ta’limda asarlar yahlit, obrazlar bo‘yicha tahlil qilinishi. Tilshunoslikda tahlillar va ularning turlari. Morfologik, leksik, sintaktik hamda punktuatsion tahlillar. TA’LIM BOSQICHLARIDA ADABIYOTNING O‘QUV FANI SIFATIDA O‘RGANISH XUSUSIYATLARI Adabiyot ta'limi uzviyligi deganda ta'limning turli bosqichlarida o‘rganiladigan bilimlarning, egallanishi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarning o‘zaro aloqadorligi nazarda tutiladi. Bu boshqa barcha o‘quv predmetlari qatorida adabiyot fani oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. U faqat nazariy jihatdan metodist olimlar hal qilishi kerak bo‘lgan ilmiy muammogina emas, balki har bir amaliyotchi o‘qituvchi kundalik hayotda duch keladigan eng jiddiy amaliy vazifa hamdir. 75 Uzluksiz adabiyot fani uchun darsliklar yaratish muammosining muhim masalalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Darsliklarning, shuningdek, o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodida o‘quv fani asoslarining mazmuni, ya'ni o‘quv modeli bilan ta'lim oluvchilar bilish faoliyati ko‘rinisharini uyg‘un holda ifodalash. Ko‘p tarmoqli o‘ quv materialini taqdim etish. Multimedium yondashuvga asoslanish. Darsliklarda (o‘quv qo‘llanmalarida), informatsion (axborot) banklarini taqdim etish. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarida o‘quv materiallarini texnik va texnologik talablar asosida ifodalash. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ta'lim oluvchi bilan bevosita muloqotga kirishishini ta'minlash. Ta'lim jarayoniga darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik vositalar, o‘quv luqatlari va diafilmlar bilan kompleks ta'minlashga erishish. Darslik, o‘quv qo‘llanmalar mazmunini milliy istiqlol qoyasining tushuncha va tamoyillari bilan boyitish. Umumiy o‘rta ta'lim bo‘g‘inida uzviylik va uzluksizlik har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, ya'ni jamiyatning muayyan rivojlanish darajasi ta'lim oldiga o‘zining talablarini qo‘yadi, shundan kelib chiqib, maqsad va vazifalar belgilanadi. Uzluksiz adabiyot fanining umumiy o‘rta ta'lim bo‘qini boshlanqich va yuqori sinflarda o‘qitiladigan adabiyot fanini qamrab oladi. Boshlang‘ich adabiy ta'limi mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: — nutq va tilga oid ixcham bilimlarni o‘zlashtirish; — nutq malakalarini shakllantirish; — ijodiy faoliyattajribasini taraqqiy ettirish; — tilga va til vositasida xalqqa, Vatanga munosabatni tarbiyalash. 5-9-sinflar adabiyot fanining asosiy maqsadi o‘quvchini o‘rganadigan fikrni oqzaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. «Adabiyot» o‘quv fanidan ta'lim mazmunini yangilashni taqozo etuvchi zaruratlar sifatida quyidagilarni sanab ko‘rsatish mumkin: ijtimoiy-iqtisodiy zaruratlar; b) ilmiy zaruratlar; v) metodik zaruratlar; g) amaliy zaruratlar. Adabiyot fani mazmunini uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida yangilash va o‘qitish usul va metodlarini takomillashtirish uchun quyidagilarga e'tiborni kuchaytirish zarur: O‘zbek tilshunosligining muammoli masalalari. Mavzularning dastur va darsliklarda joylashtirilishi. Adabiyot fanini o‘qitishda kommunikativlikni kuchaytirish. Tilni o‘rganishdagi amaliy jiatlarni kuchaytirish masalasi. Yangi pedagogik texnologiyalardan, axborot texnologiyalaridan, noan'anaviy va interfaol usullardan foydalanish muammolari. Bitiruv malakaviy ishini yoritishda o‘qituvchiularning adabiy ta'limda uzviylik va uzluksizlik yuzasidan quyidagi bilim, ko nikma va malakalarni egallashi ko‘zda tutiladi: 76 — uzviylik va uzluksizlik tushunchalarining mohiyatini bilish; — uzviylik va uzluksizlikning amaldagi mavjud holatini tasavvur qilish; — uni yaxshilashning ilmiy-metodik asoslarini o‘rganish; — o‘zining ish faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni amaliy jiqatdan ta'minlash; — har bir mavzu va darsni o‘tish jarayonida o‘quvchilardagi adabiyotga aloqador bo‘lgan bilim, ko nikma va malakalarning muntazam tarzda ortib borishiga erishish; — adabiy ta'limda satrlararo va mavzulararo uzviylikni ta'minlash hamda unga amal qilish — tilda qo‘llanadigan atamalar mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash; — fan yuzasidan egallangan bilim va malakalarni amalda qo‘llash. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘qitiladigan adabiyot fanining uzviyligini quyidagicha tushuntirish mumkin: Adabiyot fani bosqichlari (1-4 va 5-9-sinf-lar orasidagi hamda til bo‘limlari mavzularning joylashtirilishi, bunda, albatta, soddadan murakkabga va nazariya va amaliyot uyg‘unligi hisobga olinishi zarur) o‘rtasidagi (vertikal) uzviylik. Bu jarayonda muayyan adabiyot ta'limi mazmunining avvalgisi bilan uzviy boqlangan holda, uni keyingi ta'lim bosqichlarida davom ettirish ta'minlanadi. Adabiy ta'limning boshqa o‘quv fanlari orasidagi (gorizontal) uzviylik. Bunda ta'lim muassasalarida o‘qitilayotgan boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lash ta'minlanadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling