Fe’llarni tahlil qilish tartibi:
80
1. Qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
2. Bo‘lishli-bo‘lishsiz shakli.
3. O‘timli-o‘timsiz shakli.
4. Nisbati, turi, qo‘shimchasi.
5. Qaysi mayldaligi, qo‘shimchasi.
6. Shaxs-son shakli.
7. Zamon ma’nosining ifodalanishi.
8. Tuzilishiga ko‘ra turi.
9. Yasalishiga ko‘ra turi.
Vazifadosh shakllarga egaligi.
Gapdagi vazifasi.
Namuna: Yana o‘shanday qayg‘uli ovoz eshitildi (T. Qaipbergenov).
Nima qildi? Bo‘lishli, o‘timsiz, majhul nisbat —il, aniqlik xabar maylida, III shaxs birlik shaklida, o‘tgan zamon, yaqin o‘tgan zamon shakli, sodda fe’l, gapda kesim vazifasida kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |