Ona tili va adabiyot fanidan
«Men boshlayman, sen davom ettir
Download 1.44 Mb.
|
2020 metodika ona tili majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- SINTAKSIS BO‘LIMINI O‘QITISHDA MORFOLOGIYA VA LEKSIKOLOGIYA BILAN BOG‘LAB O‘RGATISH USULLARI
«Men boshlayman, sen davom ettir» usuli
Tinglovchilar ikki guruxga ajratilib birinchi guruxdan xarama-xarshi ma’noli so‘zning birinchi xismini aytish, ikkinchi guruxdan esa shu so‘zning xarama-xarshi ma’nosini topish talab etiladi (masalan: dust—, baland—, yosh—, tez—, xattix— va xokazo). Bu o‘yin partadoshlar orasida xam utkazilishi mumkin. Shunga uxshash o‘yinlardan yana biri boshlanish xismi berilgan xalx maxollarini mustaxil davom ettirishdir. Masalan: Ko‘z — xurxox... Egri ozadi... Birlashgan o‘zar... SINTAKSIS BO‘LIMINI O‘QITISHDA MORFOLOGIYA VA LEKSIKOLOGIYA BILAN BOG‘LAB O‘RGATISH USULLARI Maktabda beriladigan nazariy bilimlar va amaliy ishlar sinfma-sinf o‘zaro bog‘lanib, ularning tobora kengayib borishi ta’minlanadi. Maktab ona tili ta’limi jarayonida dastur bo‘limlari - fonetika va imlo, grammatika (morfologiya, sintaksis), leksikologiya frazeologiya va hokazo, shuningdek imkon bo‘lgan o‘rinlarda mavzulararo bog‘lanishning ta’minlanishi uzviylik tamoyilining amalga oshirilishidir. Maktabda so‘z turkumlari yuzasidan ilk bilimlar II-IV sinflarda beriladi. 1-2-sinflarda so‘zning lug‘aviy ma’nolari, ularga beriladigan savollar o‘rgatiladi. III sinfda grammatik atama bilan ifodalanib, so‘zlar turkumlarga birlashtiradi. Ona tilini o‘qitishda oldingi o‘rganilganlarga tayanib, yangi tushunchalarni kuzatish, guruhlarga ajratish, qiyoslash, umumlashtirish orqali o‘quvchilar mustaqil qoida va tarif chiqarishga o‘rganadilar. Ona tilining izchil kursida fonetika, leksikologiya, morfologiya o‘zaro bog‘liq holda bir yahlitlikni tashkil etadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganilganlarga suyangan holda so‘zning umumiy tahlilini o‘tkazish, o‘quvchini so‘z ustida ishlash bo‘yicha 92 egallagan bilim, ko‘nlikma, malaka darajasini aniqlashga, mustaqil, ijodiy fikrlashga, ixcham, aniq xukosa chiqarishga, har bir tovush va so‘zdan unumli foydalanishga o‘rgatadi. Maktabda ona tili darslarining o‘tilishidan maqsad yuqoridagilardan ma’lumki, o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga o‘rgatishdir. Sintaksis kursi birinchi gapda morfologiya bilan qiyoslab o‘rganiladi. So‘z turkumlari bilan gap bo‘laklari orasidagi farqni va bog‘lanishni tushuntirish sintaksis darslarining asosiy maqsadlaridandir. Ba'zi hollarda o‘quvchilar tildagi bir dalilni boshqa bir dalil bilan qorishtiradilar. tahlil vaqtida gap bo‘laklari bilan so‘z turkumlarini, sifat bilan aniqlovchini, ravish bilan xolni aniq farqlay olmaydilar. Shuning uchun morfologiya va sintaksis bo‘yicha mavzular o‘rganishdan oldin bu ikki qismning mazmunini o‘quvchilarga atroflicha tushuntirish kerak. Gap bo‘laklarini o‘tishda har bir bo‘lakning morfologiya tomonidan biror bir mustaqil so‘z turkumi bilan ifodalanishini uqtiriladi. Har bir mustaqil so‘z turkumi ham gapda biror bir vazifada bo‘ladi, ammo u matnni xususiyatiga qarab har xil gap bo‘lagi vazifasida kela olishi mumkinligini izohlanadi. "O‘tkir" so‘zi gapda ega, t-chi, a-chi, xol bo‘lib kela oladi. Gap haqida umumiy ma'lumot berish jarayonida gapning 1) aloqa-aralashuvning eng kichik birligi ekanligiga: 2) nisbiy tugal fikr ifodalanishiga 3) grammatik shakllanganligiga: tugallangan ohang bilan aytilishiga o‘quvchilarning e'tiborini tortiladi. O‘qituvchi so‘z birikmasidagi tayanch nuqta sanalgan bosh so‘z va ergash so‘zlarni aniqlash usullarini o‘quvchilarga turli mashqlar orqali tushuntirishi kerak. So‘z birikmasidagi bosh so‘z va ergash so‘zni to‘g‘ri topolmagan o‘quvchi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ham anglab ololmaydi. Shuning uchun mavzu bo‘yicha ko‘p mashq o‘tkazish talab etiladi. Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi so‘z va uning ma’nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu sababli, leksikologiya o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va boyitishda katta ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘rganish jarayonida grammatik hamda lug‘aviy, o‘z va ko‘chma ma’nolari, bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar, ma’no ko‘chish usullari, ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli shakldosh so‘zlar, talaffuzi yaqin ma’nosi farq qiluvchi - paronim so‘zlar, umumxalq ko‘p ishlatadigan va kam ishlatadigan so‘zlar, tarixiy, shevaga oid, yangi paydo bo‘lgan va eskirgan, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, ibora va tasviriy ifodalar kabi hodisalar bilan tanishiladi. O‘quvchi nitqning go‘zalligi, izchilligi, ta’sirchanligi asosan ularning lug‘at boyligi bilan bog‘liq. Ona tili o‘quv fani sifatida ma’lum til sathlaridan (bo‘lim) iborat. U tilning fonetik, leksik, grammatik jihatlarini o‘z ichiga oladi. Til sathlarini tashkil qilgan unsurlarning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lishi bilan birga, ular o‘zaro uzviy bog‘langan. Maktabda fonetikani o‘zlashtirmasdan orfografiyani bilish mimkin emas. Fonetika va orfografiya, leksikologiya (so‘zshunoslik) va morfologiya (so‘z turkumlari) o‘zaro chambarchas bog‘langan. Shuning uchun o‘rta maktabda til 93 sathlarini o‘zaro bog‘lab o‘rganish eng kerakli natijalarni beradi. Leksikologiyaning ilk mavzusi - so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi hamda ularning ishlatilshi - bevosita uslubiyat (aniq va ba’diiy nutq) munosabatlari bilan aloqador holda izohlanadi. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanilayotganini farqlash uchun ularning har biriga ma’nodosh so‘zlar tanlash maqsadga muvoffiqdir. Bu o‘quvchining nafaqat so‘z boyligini, balki so‘z ma’nolarini to‘g‘ri sharhlash va tushinishga imkon beradi. Bolalar diqqatini matnlarda so‘zlarni uyadoshlari bilan almashtirish qanday natija berishiga qaratish, ularning mushohadasini kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon beradi. Ma’nodoshlar ustidagi ish jarayonida o‘quvchilar so‘zlarning faol yoki passiv ishlatilishini anglab yetadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling