Ona tili va adabiyot (Milliy sertifikat) Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini aniqlang. [1,1 ball]


Download 356.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana06.11.2023
Hajmi356.12 Kb.
#1752427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Milliy sertifikat namunasidagi diagnostik test 1

 
 
 
 
 
 


Tuzuvchi: @Xurshida_Xushboqova va @Nafisa_Uralovna Kanal: t.me/milliycefr 
 
G'azalni o'qing va savollarga javob bering. 
Jilvamu aylar qizil to‘n birla har yon ul pariy,
Yo magarkim lolazor ichra kezar kabki dariy.
 
Telbalar qatli qizil qilmish libosin, ohkim,
Bir yo‘li devonalar qonig‘a kirmish ul pariy.
 
Xullasin xunoblig‘ jon rishtasidin qildi charx,
Bo‘ldi jonlar joni, vah-vah, ul pariyvash paykari.
 
Orazing naqshimudur qonlig‘ ko‘ngulda jilvagar,
Yo shafaqdin bo‘ldi toli’ oftobe xovariy.
 
Ich shafaqgun mayki, gardun qotiledurkim, erur
Yangi oy birla shafaq tiyg‘u libosi ahmariy.
 
Qon aro ko‘nglum yuzung shavqidin andoq xastadur
Kim, erur gulgun harir oltida aning bistari.
 
Ul pariy la’lida joning, ey Navoiy, bo‘ldi mahv,
La’lgun kisvatda mahv etgandek o‘zni ul pariy 
Lug'at: kabki dariy- sayroqi tog' kakligi , xovariy-sharqlik, sharqiy; axmariy-qizil; 
bistar-to'shak; xarir-ipak , shoyi mato;kisvat-kiyim. 
28. G'azal matla'siga oid bo'lmagan noto'g'ri hukmni aniqlang. [2,5] 
A) Baytda qizil to'n kiyib olib har tomonda sayr etayotgan pari tasviri uchraydi.


Tuzuvchi: @Xurshida_Xushboqova va @Nafisa_Uralovna Kanal: t.me/milliycefr 
B) Lolazor orasida kezib yurgan sariq tog' kakligi yorga qiyoslanadi. 
C) Qizil to'n kiyib har tomonda sayr etayotgan pari sayroqi kaklik kabidir. 
D) Baytda yor sayroqi tog' kakligiga, yorning libosi esa qizillikda lolazorga tashbeh 
qilinadi. 
29. G'azal mazmuniga mos bo'lmagan noto'gri hukmni aniqlang. [2,5] 
A) Yor o'z oshiqlarini qatl etishga hukm qildi, libosini devona oshiqlar qoni bilan 
bo'yab olgani uchun qizil to'n kiydi .
B) Qonli ko'ngil ichida jilva qilayotgan yor yuzi sharqdan chiqayotgan oftob kabidir 
C) Kaklik qip-qizil lolazor ichra sayr etayotgani uchun yor qizil to'n kiyib olgan . 
D) Yorning nozik kiyimini charxi falak qonli jon ipidan to'qigan . 
30. G'azalning 4-baytiga oid bo'lgan to'g'ri fikrni aniqlang. [2,5] 
A) Qonli ko'ngilda jilva qilayotgan oftobmi yo yor yuzining suratimi deya 
hayratlangan oshiq timsoli mavjud.
B) Sharqdan chiqayotgan oftob shafaq shu'lasi orasidan yuz ko'rsatadi. 
C) Yor yuzining qizilligi oshiq ko'nglida naqshlanadi, jilvalanadi. 
D) Sharq quyoshining shafaqdan to'lishi oshiq xayolida yorning kelishi yodiga tushib
ko'nglini qonga aylantirishi tasvirlanadi.
31. G'azalda qaysi o'xshatish berilmagan.
A) G'azal matla'sida qizil to'nli yor tog' kakligiga tashbeh qilingan . 
B) Ko'ngil ichida jilvalanayotgan yor surati sharqdan chiqayotgan quyosh kabidir. 
C) La'l rangli libos ichidagi pari bamisoli oshiq jonini o'z so'zi ichra yashirgan yor. 
D) Baytda shafaqgun may gardun qotiliga o'xshatilgan. 
32. G'azal mazmuniga oid bo'lmagan fikrni aniqlang.
A) G'azalda yorning telba oshiqlarini qatl etgan lirik qahramon holati uchraydi.
B) Yor yuzining shavqidan qonli ko'ngli bemor bo'lib qolgan oshiq holati uchraydi. 
C) Muallif ma'shuqa la'lida ya'ni yashirin so'zida jonidan ayrilganidan shikoyat qiladi.


Tuzuvchi: @Xurshida_Xushboqova va @Nafisa_Uralovna Kanal: t.me/milliycefr 
D) Yorning nozik kiyimi jon ipidan to'qilgan, shu boisdan go'zal zebo haykali 
jonlarning ichiga joylashgan . 

Download 356.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling