Ona tili va adabiyot (Milliy sertifikat) Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini aniqlang. [1,1 ball]


 Qaysi qatorda olov so'zi " g'ayrati ichiga sig'maydigan", "jo'shqin" degan ma'nolarini bildirib kelgan? [1,1ball


Download 356.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana06.11.2023
Hajmi356.12 Kb.
#1752427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Milliy sertifikat namunasidagi diagnostik test 1

6. Qaysi qatorda olov so'zi " g'ayrati ichiga sig'maydigan", "jo'shqin" degan
ma'nolarini bildirib kelgan? [1,1ball 
A) Tanchaning olovini oching , taqsir , badanimda qaltiroq turdi. 
B) Huvullagan tunday yolg'izlik qursin,
Yolg'iz chaqmoqtoshdan chiqmaydi olov.
C)Shuncha tutqun bo'lishiga qaramasdan, bu qizning qalbiga muhabbat olovi 
allaqachon tushgan edi.
D) Sinfning eng sho'x, olov o'quvchisi Sanjar bo'lsa, og'zini katta ochgancha Oysha 
xolaga tikilib qoldi. 
7. Qaysi gapda nuqtalar o'rnida so'z yasovchi, sintaktik shakl yasovchi va lug'aviy 
shakl yasovchi qo'shimchalar qo'llanadi? [1,7ball] 
A) Botirjon boya.... qiz ko'rsat.... uy eshigining tug....sini bosdi.
B) Tarixni o'rganish.... asosiy maqsad - milliy o'z....imizni chuqur.... anglash. 
C) Tibbiy ko'r....dan o'tgach musobaqa.... jiddiy tayyorgarlik ko'r....ga ahd qildik.
D) Birdan osmon guldura...., shar.... yomg'ir yog'di-yu, tinch....di. 
8.Har uchala parchada ham aks etgan fe'l shakllarini aniqlang. [ 2,5ball] 
I. Boboxon goh o'chirg'ichga, goh bug'doyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq 
bolasiga, goh Tal'atga qarab hangmang bo'lib qolgan edi. 
II. O'yinga mashg'ul bo'lib o'tirgan yetti-sakkiz yoshli qizaloq soy yoqalab kelayotgan 
kishiga ko'zi tushib, shodon qiyqirardi. 
III. Sezgir ota o'g'li keltirgan pulni o'tga tashlaganda bola beparvo, loqayd turaverdi. 
1) Sifatdosh shakli 


Tuzuvchi: @Xurshida_Xushboqova va @Nafisa_Uralovna Kanal: t.me/milliycefr 
2) Xabar maylidagi fe'l 
3) III shaxs birlikdagi fe'l 
4) Sof fe'l 
5) Qo'shma fe'l
6) Ko'makchi fe'l 
A) 3,4,6 B)2,3,4 C) 1,3,6 D) 4,5,6 
9.Berilgan gapdagi ko'makchi qanday mazmuniy munosabat ifodalagan?
Ular: ”Gulnor o'z ajali bilan o'ldi… ”, -deyishdi . [1,7ball] 
A) holat ma'nosi
B) payt ma'nosi
C) sabab ma'nosi
D) vosita ma'nosi 

Download 356.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling