Ona tili va adabiyot (Milliy sertifikat) Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini aniqlang. [1,1 ball]


Download 356.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana06.11.2023
Hajmi356.12 Kb.
#1752427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Milliy sertifikat namunasidagi diagnostik test 1

 

 
 


Tuzuvchi: @Xurshida_Xushboqova va @Nafisa_Uralovna Kanal: t.me/milliycefr 
 
Matnni o'qing va savollarga javob bering. 
Venera (Zuhra)
 Quyoshga yaqin sayyoralarning ikkinchisi, Venera rimliklarning muhabbat va 
go'zallik ma’budasi nomi bilan ataladi. U Quyoshdan 108 mln km narida joylashgan. 
1. Venera sayyorasi Yerdan qaraganda tonggi va kechki shafaq nurlarida paydo 
bo'ladigan go'zal yorqin yulduz bo'lib ko'rinadi. Bu sayyora Yer osmonidagi Quyosh 
va Oydan keyingi eng yorqin jismdir. Qadimgi yunonlar uni Fosfor, ya’ni nurli tonggi 
yulduz deb, shuningdek, Gesper, ya’ni kechki yulduz deb atashgan.  
Venera Quyosh atrofida Yer hisobida 225 kunda aylanib chiqadi, o'z o'qi atrofida 
esa 243 kunda aylanadi (bu sayyorada kun yildan uzoq davom etadi!). Venerada 
atmosfera bor, juda quyuq atmosfera. Sayyoraning yuza qismidan yulduzlar 
ko'rinmaydi. Bir paytlar Veneradagi bulutlarni ko'rgan olimlar sayyora yuzasidagi 
sharoitni Yer sayyorasining milliardlab yillar avvalgi sharoitiga o'xshatishgan, 
Veneradagi iqlim o'simliklar o'sishiga qulaylik tug'diradi deb o'ylashgan. Lekin, 
voqelik umuman boshqacha bo'lib chiqdi. Venera atmosferasi karbonat angidrid 
gazidan iborat bo'lib, u yerdagi bulutlar sulfat kislotadan tarkib topgan. Sayyorada 
kecha-yu kunduz jala quyadi. 2. Dahshatli jazirama hukmron - 470 daraja. Qisqasi, 
Venerada hatto o'simliklar ham yashay olmaydi.
Venera sirti haqida ko'plab yangi ma’lumotlami o'rganishga kosmik apparatlar 
yordam bergan. Sayyoraga parashutda tushirilgan ilk zond atmosfera bosimini 
ko'tara olmagan. 3. Yulduzlar deyarli sayyora atmosferasida ko'rinmaydi. 
Keyingi, mustahkamroq zondlar sayyora yuzasiga yetib bordi. Veneraning sun’iy 
yo'ldoshlari, ya’ni Rossiyaga qarashli «Venera- 15» va «Venera-16» avtomatik 
stansiyalari hamda Amerikaning «Magellan» apparati olgan radiolokatsion suratlar 
asosida relyefni o'rganish va uning xaritasini tuzish imkoni tug'ildi.
Ma’lum bo'ldiki, Veneradagi kraterlar Merkuriydagi singari ko'p emas ekan. Mavjud 
kraterlarning aksariyati so'ngan vulqonlardan qolgan bo'lish ehtimoli bor. 
Sayyoraning relyefi tog' tizmalari va balandliklar bilan kesishgan tekisliklardan iborat. 
Veneradagi tog'larni, kraterlarni va boshqa landshaft unsurlarini astronomlar 
ayollar nomi bilan atashga qaror qilishgan. Maydoni Yer materiklariga teng keluvchi 
ikkita tog'li mintaqa Afrodita Yeri va Ishtar Yeri deb nomlangan (Afrodita - 
yunonlarning muhabbat ma'budasi, Ishtar - qadimgi ossuriylarning muhabbat 
ma’budasi). 4. Bundan tashqari Venerada Lakshmi vodiysi (Lakshmi - hindlarning


muhabbat va go'zallik ma’budasi), Kleopatra krateri va hatto Yalmog'iz krateri ham 
paydo bo'lgan. 
Tuzuvchi: @Xurshida_Xushboqova va @Nafisa_Uralovna Kanal: t.me/milliycefr 

Download 356.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling