Ona tili va adabiyot saboqlari


Download 127.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana11.05.2023
Hajmi127.47 Kb.
#1452622
1   2   3   4   5
Bog'liq
Test 30 talik(2)

yuborgan xudbin Gerostratning qilmishi 
kimning she’rida tilga olingan?
A) Fitrat (Mirrix yulduziga)
B) Cho‘lpon (Xazon)
C) Usmon Nosir (Nil va Rim)
D) G‘afur G‘ulom (Vaqt)
2. Агра еkkan dehqon аrра olar
Bug‘doy ekkan dehqon — bug‘doy.
Ushbu qo‘shma gapdagi tirening qo‘llanish 
sababi to‘g‘ri izohlangan javobni belgilang. 
A) Ajratilgan izohlovchi qatnashgani sababli
tire qo‘yilgan.
B) Kesim ot kesim bo‘lib, bog‘lamasiz 
qo‘llanganligi sababli tire qo‘yilgan.
C) Bog‘lovchisiz qo‘shma, gap qismlari orasida 
qiyoslash munosabati ifodalanganligi sababli 
tire qo‘yilgan.
D) Qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi sodda 
gapning kesimi tushirib qoldirilganligi sababli 
tire qo‘yilgan.
3. Quyoshing shundadir, oying shundadir
Zuvalang — qorilgan loying shundadir. 
Shunda qolajaksan — joying shundadir. 
Olmoshlar qanday sintaktik vazifani
bajargan?
A) kesim va hol
B) faqat kesim
C) ega va kesim
D) to‘ldiruvchi va kesim
4. Ma’noviy jihatdan bir guruhga mansub sof va 
vazifadosh bog‘lovchi qatnashgan gapni 
aniqlang.
A) Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan 
yonma-yondir, misoli jism-u jondir.
B) Ona bilan bola – gul bilan lola.
C) Yupanch topdingmi dunyoga kelib, Ustoz
yo shogirddan yoki tengdoshdan.
D) O‘zi balo tog‘ining va ofat bulog‘ining 
boshida o‘tirarmish, kun-u tun, yoz ham qish.
5. Sof ilmiy uslub fan sohasidagi kishilarga 
nisbatangina qo‘llaniladi, shuning uchun bu
uslubda fanning ma’lum sohasigagina doir 
atamalar keng qo‘llaniladi.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqida 
berilgan noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) ushbu gapdagi yasama so‘zlar ot va fe’l 
turkumigagina mansub
B) ushbu gapdagi yasama so‘zlar sodda 
yasama so‘zlar sanaladi
C) ushbu gapdagi yasama so‘zlar ot va fe’l 
turkumidan yasalgan
D) ushbu gapdagi bitta yasama so‘z tarkibida 
ikkita yasovchi qo‘shimcha mavjud 
6. “Ne-ne nimalarimizni eskilik sarqiti deb yo‘q 
qildik. Xiyol bo‘lmasa xalqning o‘zini-da .. . 
eskilik sarqitiga chiqarib yuborayin, dedik! 
Bugun uni yo ‘qota bersak, ertaga uni yo ‘qota 
bersak . . . podadan nima farqimiz qoladi?” 
Berilgan parcha qaysi asardan olingan?
A) “Yulduzlar mangu yonadi”
B) “O‘tkan kunlar”
C) “Kecha va kunduz”
D) “Asrga tatigulik kun” 
7. Quyida berilgan gapdagi otlashgan sifatlar 
sonini aniqlang.
Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili 
esa yuragidadir.
A) 4 ta
B) 3 ta
C) 2 ta
D) 1 ta 
8. "Navoiy" (Oybek) romanida Alisher to‘rt 
yoshlarida biyron tili bilan kimning baytini 
o‘qib beradi?
A) Xo‘ja Fazlillo Abullays
B) Mirzo Qosim Anvoriy
C) Farididdin Attor
D) Sharafiddin Ali Yazdiy 
9. Berilgan misollardan nechtasida tovush 
tushishi faqat so‘z yasovchi qo‘shimcha 
ta’sirida sodir bo‘lgan?
1. Sening ulug‘liging, ustuvorliging, Bizni 
bilmaganga bo‘lsin yorlig‘ing.
2. Ayriliq o‘tiga bag‘rini dog‘lab, Borayotir 
qalmoq elni so‘roqlab...
3. Eliboylar bundan ko‘chib boradi, Qoldi endi 
o‘ynab o‘sgan elim deb.
4. Dudog‘ing guldan xushbo‘y, yuzlaring 
undan xushro‘y,
Kel, oppog‘im, bag‘rimga jajji boshginangni 
qo‘y.
A) to‘rttasida
B) ikkitasida
C) uchtasida
D) bittasida 
10. Gapdagi ma’lum so‘zning mazmuniga 
qo‘shimcha ma’no yuklagan yuklama 


qatnashgan gaplarni aniqlang.
1. Siz shu maktabda o‘qiysiz-a?
2. Keksa donishmandning soch-soqoligina 
emas, qosh-kipriklari, egnidagi chakmoni - 
hammasi qorday oppoq edi.
3. Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da 
go‘zalroq, bundan-da farovonroq bo‘lishiga 
ishonaman.
4. Majlis ertaga qoldirildimi?
A) 2, 3
B) 1, 2, 3, 4
С) 1, 4
D) 2, 3, 4 
11. “. . . zulm naqadar kuchaysa, uning umri 

Download 127.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling