Ona tili va adabiyot test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich


Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana09.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1346176
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-VARIANT

Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich  


Hikoyani o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring 
TEMURNING DADASI 
Ishni ertaga qoldirmadi. O‘g‘lini kiyintira solib, shahar markaziga oshiqdi. Baland oynavand bino 
poyiga yetguncha hech ikkilanmadi. Yashil formalarni ko‘rib sust bosdi, qadamlari sekinlashdi. 
“…vich…vich”, deb kalovlandi, ichida o‘ziga o‘zi takrorlab kelgan gaplari faromush bo‘ldi. O‘g‘li esa 
melisaning kamariga taqilgan qinda chinakam pistolet bormi yo tushlikka yeyish uchun pomidor-
bodring solvolganmi, balki nosvoyini shu yerda asrab yurgandir, deb qiziqsinib qaraydi – bilolmaydi. 
“Yig‘ilishdalar, navbatga yozilgan bo‘lsangiz, kutib turishingiz mumkin”, deya devorga tirab terilgan 
qator o‘rindiqlardan joy ko‘rsatishadi. Borib o‘tiradilar. Faqat qari-quri, xotin-xalaj… Bir kampir 
yonidagi cholga har ikki gapining birida: “Bu yil, axir, xalq bilan muloqot yili bo‘lsa”, deb 
takrorlayveradi. Qora-ko‘k kostyum-shim kiygan, bo‘yinbog‘ taqqan sipta yigitlar shoshib kirib-chiqadi, 
hali u yoqqa, hali bu yoqqa o‘tadi. Turniket tez-tez chiyillab, shiqillab turadi. 
Bir payt hammada yengil jonsaraklik boshlandi. Kelyapti, kelyapti, deb qolishdi. Melisalar qaddini 
rostlab, qornini ichiga tortib, qo‘lini chakkasiga tirab tek qotdi. Bug‘doyrang yuziga, qisiqroq ko‘ziga, 
sokin qadam tashlashiga… yana qandaydir harakatlariga, belgi-alomatlariga qarab kishining beixtiyor 
ko‘ngli yumshardi. Amaldor turniketdan o‘tib, o‘zini mahtal kutayotganlarga ehtirom bilan salom berdi, 
qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ta’zim qilgan bo‘ldi. Kampirlar yayrab-yoyilib ketdi, chollarning yuzidan ham 
dard aridi, quruqshagan lablarida tabassum o‘ynadi. Hamma mana shu salomga alik olib, yana yuzlab 
chaqirim naridagi qishlog‘iga qaytish uchun atayin kelganday xushhollik sezdi. Barcha muammolari 
o‘z-o‘zidan yechim topganday edi. Amaldor bolakayni ko‘rib, to‘xtadi: yuzida ajabsinish alomati 
balqidi. Bu bo‘lsa haliyam anqayib turardi. O‘g‘li (1)“Muhammadqodirning dodasi-ku!” deya yengidan 
tortgach, hushini yig‘voldi. Yonog‘iga sekin urib, “shapati…” dedi, biroq ovozini o‘zidan boshqa hech 
kim eshitmadi. Amaldor erkatoy nevarasining nomi qulog‘iga chalinib, ular tomon yurdi. Bu bo‘lsa 
gapni nimadan boshlashni bilmay, g‘udranardi. 
– Assalomu alaykum! – dedi Temurvoy dadil, bolalarga yarashmaydigan, kattalarga xos o‘ktam ovozda. 
– Va alaykum assalom! 
– General Temurbek Yo‘lyaxshiyev chaqirig‘ingizga binoan yetib keldi! 
Amaldor jilmayib, bolakayning sochini mehr bilan to‘zg‘itib qo‘ydi: 
– General yetib kelmaydi, generalning huzuriga yetib keladilar. Xo‘sh, o‘rtoq general, bizga nima 
xizmat? 
Temurvoyning adasi ko‘zlarini pirpirata-pirpirata tushuntira ketdi: 
– Shapati… – yana o‘zining yuziga urib ko‘rsatdi. – Nevarangizni… Muhammadqodirjonni… shapati… 
O‘g‘limiz biroz sho‘x-da… 
– Shapatisiga ko‘zi ko‘karibdimi?! – quvligi tutdi amaldorning, dovdiratib tomosha qilgisi keldimi. – 
Mushtlab tushirganida nima bo‘lardi?! Temurvoy temir musht sohibi ekan-da. Katta bo‘lsa… 
– Katta bo‘lsam, dodangnikidaqa moshina olaman, degandim, Muhammadqodir dodam sanga 
moshinalarini sotmaydila, dedi… Shunga… shunga… 
– Yiqqan puling mashinaga yetadimi, o‘zi?! 


– Yaqinda sunnat to‘yimni qilamiz, hamma menga pul beradi. Hozircha kam… – bolaning shashti biroz 
pasaydi. 
Amaldor kostyumining ichki cho‘ntagidan besh-oltita qog‘oz pul chiqarib, bolakayga uzatdi. Otasi 
shoshib qoldi: “Olma! Olma!” deya shipshidi. Temurvoyning esa yuziga tabassum yugurdi: 
– Hay, mayli… kattalarning qo‘lini qaytarish yaxshi emas. 
Chol-kampirlar kamshik tishlarini qoqshol barmoqlari bilan yashirib kulib yubordi. Melisalar ham oxiri 
nima bo‘lar ekan deb qiziqsinib, ko‘z qirlarini tashlab turardi. Bolakay pulni bamaylixotir sanab, 
cho‘ntagiga tiqdi. Minnatdor boqdi yon-yog‘iga. 
(2)– O‘rtoq general! Ketishga ruxsat so‘rayman! 
Temurvoy bog‘chadoshi Muhammadqodirning bobosiga emas, bayram tadbirida rol o‘ynayotgan 
tengquriga gapirganday baralla: “Ruxsat!” dedi. Ota bo‘lsa amaldorga yetti bukilib rahmat ayta ketdi. 
Ota-bola favvoralar yonidan o‘tib borardi. Temurvoy hovuz ziyidagi marmar hoshiya ustida dikinglab 
sakraydi. Dadasidan qo‘lini qo‘yib yuborishini so‘raydi. Og‘zida xo‘rozqand: oldin bir-ikki yaladi, 
so‘ng shima boshladi, oxiri qarsillatib chaynashga tushdi. Lab-lunjidan shira oqib dedi: 
– Ada! Siz bu dunyoda hech kimdan qo‘rqmaysiz-a?! 
– …

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling