Ona tili va adabiyot test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana09.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1346176
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-VARIANT

hukmni aniqlang. 
Azm ayla sabo, yet guli xandonimg'a,
Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg‘a.
1) Baytda mutlaq qofiya qo‘llanmagan;
2) Baytda tashbeh san’atidan foydalanilgan;
3) Baytda yor oyga qiyoslangan ;
4) Nido san’ati ifodalanmagan. 
A) 1,2 B) 3,4 C) 2,3 D) 2,4 
15. 
[1,7 ball] 
"Ot egasi" hikoyasi haqida berilgan to'g'ri 
mulohazani toping. 
A) Inod farzandlariga otda yurish, miltiq otishni 
o’rgatgan 
B)Egamberdi chorasizlikdan biya bo’lmagan otni 
olib borib hukumatga topshirgan 
C)Inod hukumat odamlariga doim ishonib kelgan 
D)Qimiz tayyorlash uchun biyalar majburiy tortib 
olingan 
D)F 16. [1,7 ball]  
“Ikki eshik orasi” romani haqidagi quyidagi 
ma'lumotlardan qaysi biri TO'G'RI EMAS?
A) Rashid abzi ishqdan tili kuygan obraz 
B)Bashorat taqdirini o’z qo’li bilan yaratgan 
obraz 
C)Parcha Rashid abzidan sovchi bo’lib 
kelgan Bashoratga rad javobini beradi 
D)Bashoq terib yurgan Ochilni zakunchi 
yantoq bilan kaltaklaydi 
17. [1,7 ball] 
Abulfayzxon” dramasi haqidagi
NOTO'G'RI ma'lumotni toping? 
A) Yo’ldosh va Ergash ismli qalandarlar 
Hakimbiy otaliqning kishilari edi 
B)Siyovushning xayoli tomonidan taxtga 
qarata aytilgan fikrlar Rahimbiyni qo’rquvga 
soladi 
C)Asarda Ibrohimbek Rahimbiyga taxt uning 
vorislariga yuqmasligini aytadi 
D)Asarda Abulfayzxon o’lim so’zini uning 
yonida aytmasligini Qurbongulga ta’kidlaydi 
 
 
 
Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
 


Fotosintez bu yorugʻlik energiyasining uglevod shaklida kimyoviy energiyaga aylanishi jarayonidir. 
Yorugʻlik energiyasi orqali amalga oshadigan ushbu jarayonda glyukoza molekulalari (yoki boshqa 
molekulalar) suv va karbonat angidriddan hosil boʻladi va qoʻshimcha mahsulot sifatida kislorod 
ajraladi. Glyukoza (uglevod) molekulalari organizmni ikki muhim manba: energiya va organik uglerod 
bilan taʼminlaydi. 
(1) Glyukoza molekulalari hujayra uzra quvvat manbai boʻlib xizmat qiladi: ulardagi kimyoviy 
energiya hujayraning nafas olishi va fermentatsiya jarayonlari orqali ajratib olinadi. Ushbu jarayonlar 
orqali kichkina energiya tashuvchi molekula adenozin trifosfat molekulasi hosil boʻladi. Hujayra 
energiyaga ehtiyoj sezganda ATF molekulalari parchalanadi va energiya ajralib chiqadi. 
Karbonat angidriddagi uglerod anorganik uglerod boʻlib, u organik molekulalarga birlashishi mumkin; 
ushbu jarayon – uglerod fiksatsiyasi, hosil boʻlgan organik uglerod esa fiksatsiyalangan uglerod deb 
ataladi. Fotosintez jarayoni davomida fiksatsiyalangan va qand moddalariga birikkan uglerod hujayra 
ehtiyojlariga qarab organik molekulalarning boshqa turlarini hosil qilishda foydalanilishi mumkin. 
Fotosintez jarayonida quyosh energiyasi yigʻilib, glyukoza molekulalari suv va karbonat angidriddan 
foydalangan holda kimyoviy energiyaga aylantiriladi. Ikkilamchi mahsulot sifatida kislorod hosil 
boʻladi. 
(2)Fotosintez qiluvchi organizmlar, jumladan, oʻsimliklar, suv oʻtlari va baʼzi baktreriyalar ham oʻta 
muhim ekologik ahamiyatga ega. Ular yorugʻlikdan foydalanib qand moddalarini sintezlaydi va 
kimyoviy energiya va fiksatsiyalangan uglerodni ekotizimga olib kiradi. Ushbu organizmlar yorugʻlik 
energiyasidan foydalangan holda oʻzlarining ozuqalarini ishlab chiqarganliklari, yaʼni oʻzlari uglevod 
sintez qilganliklari sababli fotoavtotroflar (soʻzma-soʻz tarjimasi: yorugʻlikdan foydalanib, oʻzini 
oziqlantiruvchilar) deb nomlanadi. 
Insonlar va karbonat angidridni organik birikmalarga oʻzgartira olmaydigan boshqa 
organizmlar geterotroflar deb nomlanadi. Geterotroflar boshqa organizmlar yoki ularning ikkilamchi 
mahsulotlarini isteʼmol qilgan holatda uglevod bilan taʼminlanadi. (3)Hayvon, zamburugʻ, koʻpgina 
prokariot va ptotistlar ham geterotrof organizmlar sirasiga kiradi. 
Fotosintez ekotizimni organik uglerod va energiya bilan taʼminlashdan tashqari, Yer atmosferasining 
shakllanishida ham katta oʻrin tutadi. Fotosintez qiluvchi organizmlarning aksariyati ikkilamchi 
mahsulot sifatida kislorod gazini hosil qiladi. Hozirgi kunda mavjud boʻlgan sianobakteriyalarga 
oʻxshash bakteriyalarda fotosintezning paydo boʻlishi 333 milliard yil oldin Yerdagi hayotni butunlay 
oʻzgartirib yuborgan.Ushbu bakteriyalar oʻzlari ishlab chiqargan kislorodni asta-sekin Yerning kislorod 
kam boʻlgan atmosferasiga ajratib turgan va kislorod konsentratsiyasi koʻpayishiga sabab boʻlgan. 
Ushbu jarayon natijasida aerob hayot shaklida yashovchi organizmlar – hujayraning nafas olishi uchun 
kisloroddan foydalanuvchi organizmlarning evolyutsiyasiga taʼsir koʻrsatdi. (4)Ushbu farazga koʻra, 
agar oʻsha fotosintezlovchi organizmlar boʻlmaganda, hozir Yer yuzidagi koʻplab boshqa jonzotlar kabi 
biz ham mavjud boʻlmas edik. 


18. [1,7 bal1] 
Matn mazmuniga mos to'g'ri shakllantirilgan gapni 
aniqlang. 
A)Glyukoza organizmni energiya va uglevod bilan 
taʼminlaydi. 
B) Hujayraga energiya kerak boʻlsa ATF molʻekula 
sifatida birlashadi. 
C) Uglerod organik molekulalarga birlashishi 
Uglerod fiksatsiyasi deyiladi. 
D) Fotosintezda Glyukoza organik energiyaga 
aylanadi. 
19. [1,7 bal1] 
Raqamlab ko'rsatilgan qaysi gap matnning mazmuniy 
tuzilishida uslubiy xatolikni yuzaga keltirgan? 
A)4 B)2 C)1 D)3 
20. [1,7 ball
Matn mazmunida aks etgan ma'lumotni aniqlang. 
A) Fotosintez- yorugʻlikdan foydalanib oʻzini 
oziqlantiruvchilar 
B) Insonlar geterotroflar tipiga kiradi 
C) ikkilamchi mahsulotni isteʼmol qiluvchilar 
fotoavtoroflardir. 
D) hayvonlar va zamburugʻlar oʻz-oʻzini 
oziqlantiruvchilar tipiga mansub. 
21. 21 [1,7 ball] 
Matn mazmuniga mos to'g'ri ifodalangan
ma'lumotni aniqlang. 
A) Fotosintez jarayoni yerning tuzilishiga 
ham taʼsir koʻrsatadi. 
B) Fotosintezlovchi organizmlar kislorodni 
isteʼmol qiladi. 
C) Bakteriyalarning paydo boʻlishi yerdagi 
hayotni oʻzgartirdi 
D) Hujayrasi kisloroddan nafas oluvchi 
organizmlarning evolutsiyasiga kislorod 
konsentratsiyasi sabab boʻlgan 
22. [1,7 ball) 
Matn mazmuniga mos to'g'ri ifodalangan
ma'lumotni aniqlang. 
A) Korbonad angidridda ham uglevodlar 
bor. 
B) Fotosintez jarayonida ikkilamchi 
mahsulot bu kisloroddir 
C) Suv oʻtlari va bakteriyalar ekologiya 
uchun zararli 
D) Fotosintezda suvdan energiya olib 
quyosh yordamida kimyoviy energiya hosil 
qilinadi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling