Ona tili va adabiyot


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/47
Sana14.12.2021
Hajmi0.99 Mb.
#181120
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta

18-variant 

1. Quyida keltirilgan gapdagi fonetik yozuv asosida 

yozilgan so‘zlar sonini aniqlang.  

Xalqimizning tilagi bitta - tinchlik. 

A) 4 ta В) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta 

2. Quyidagi qaysi gap(lar)da son otlashmagan? 

1) Chollarning ikkalasi ham yetmish yoshdan oshgan 

edi. 2) Ikkovi bitta zog‘ora nonni yeb qo‘yishdi. 3) 

Ikkala kishi darvozadan kirib keldi. 4) Ikkalamiz 

imtihonlarga puxta tayyorlandik.  

A) 1, 2, 4  

B) 2, 4 


С) 1, 3,4  

D) 3 


3. Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz, 

Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz. 

Ushbu she’riy parchadagi so‘zlar tarkibida necha 

o‘rinda shovqinli portlovchi jarangsiz undosh 

mavjud? 

A) 7 B) 6 C) 8 D) 9  

4. Berilgan qaysi maqollar o‘zaro ma’nodosh 

maqollar sanaladi?  

1) Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi. 2) Yolg'iz 

baloga, indamasang, ko‘payadi. 3) Shamol bo’lmasa, 

daraxtning uchi qimirlamaydi. 4) Oz-oz o‘rganib 

dono bo’lur.  

A) 1,2,3 

B) 1,2,3,4 

C) 1,2  

D) 1,3,4  

5. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang. 

A) Oltin bilan olib boimas qolgan ko‘ngilni. 

B) Zolimdan vafo tilama. 

C) Ey kabutar, osmonga parvoz qil, havoda charx 

urib, har xil o‘yinlar ko'rsat. 

D) To‘g‘ri so‘z toshni yorar. 

6. Yangi hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda qancha 

til bor?  

A) uch mingga yaqin 

B) ikki mingdan ortiq 

C) besh mingdan ortiq 

D) yetti mingga yaqin 

7. Metafora usulida ma’no ko'chishi sodir bo’lgan 

qaysi birlikda paronim juftiga ega so‘z qatnashgan?  

A) qattiq tartib o'rnatmoq 

B) tuz totmoq 

C) darz payola 

D) temir intizom 

8. Qaysi javobda imlo qoidasiga oid noto‘g‘ri fikr 

berilgan? 

A) Oliy darajadagi unvon va mukofotlar nomi 

tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harf bilan yoziladi. 

B) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan 

yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi. 

C) Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomidagi har 

bir so‘z bosh harf bilan yoziladi. 

D) Qisqartma so’zlar har doim qo’shib yoziladi.  

9. Quyida berilgan parchadagi olmosh(lar)ning turi va 

u(lar) ning sintaktik vazifasini aniqlang. Aybdor o‘zi 

har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror 

qildi. 

A) o'zlik va belgilash; ega va aniqlovchi 

B) ko‘rsatish va belgilash; ega va aniqlovchi 

C) o‘zlik; aniqlovchi 

D) o‘zlik va belgilash; aniqlovchi va aniqlovchi 

10. Idish nuqsonlidir, gar bo‘lsa qadoq, 

Aslo ayb bo‘lmas qo‘ldagi qadoq.  

Ilmga bag‘ishlab o‘tkaz har onni,  

Aqling botmon bo'lsin, vazning bir qadoq. 

She’riy matndagi o‘zaro shakldosh bo'lgan 

so‘zlarning ma’nolari qaysi javobda to‘g‘ri 

ko‘rsatilgan? 

A) o’lchovli tosh, teridagi qattiq qavariq, og'irlik 

o'lchov birligi  

B) ma’lum miqdordagi choy, teridagi qattiq qavariq, 

o‘lchovli tosh  

C) chega, teridagi qattiq qavariq, og'irlik o‘lchov 

birligi 


D) uch o'rinda ishlatilgan «qadoq» so‘zi shakldosh 

bo'lmay, balki bir so‘zning turli ma’nolaridir 

11. Qaysi gapda qatnashgan barcha ko'makchilar 

yasama so‘z bilan ifodalangan gap bo‘laklarini 

shakllantirishga xizmat qilgan?  

A) “Tinchlik tufayli ellar obod, xonadonlar tinch, – 

dedi otaxon donishmandlik bilan, – bu haqda bilib 

qo‘ying”. 

B) U xuddi usta zargarlar kabi uzukni boshdan - oyoq 

aylantirib qaradi, ammo hech narsani sezmagani 

uchun uni Naziraga qaytarib berdi. 

C) «Goho miriqib dam olish uchun ham vaqt ajratish 

kerak- da», - dedi u beg‘uborlik bilan tog‘ tomonga 

qarab. 


D) U do'stidan xavotirlangani uchun changalzor 

tomon yurdi- yu, biroz qo'rqoqligi tufayli u yerga 

kirishga ikkilandi.  

12. Tarkibidagi portlovchi undosh sirg‘aluvchi 

undosh kabi talaffuz qilinadigan so‘zlarni belgilang. 

A) obod, fabrika 

B) tuzsiz, ijtimoiy 

C) maqsad, taqdim 

D) iztirob, Matiz  

13. Ovchi bu gapdan achchiqlanib dedi: «Yo‘q, ovora 

bo‘lmay qo‘yaqol, men seni qo‘yib yubormayman. 

O‘z joningni qutqarmoq uchun do‘stlaringga xiyonat 

qilmoqchisan. Sofdil qushlardan ko‘ra xiyonatkor 

do‘stning o‘lgani yaxshi». Berilgan gapda ishtirok 

etgan yasama so‘zlar sonini toping.  

A) 5 ta  

B) 6 ta  

C) 7 ta  

D) 8 ta 

14. Qaysi qatorda ham ko‘chma, ham o‘z ma’nosida 

qo‘llana oladigan birliklar ko’rsatilgan?  

1) to’lib-toshmoq;2) iliq suv; 3) yengil qarash; 4) o‘t 

yoqmoq; 5) yo‘l ochmoq; 6) ko'ngil ochmoq.  

A) 1, 2, 4, 5    

В) 1, 4, 5 

C) 1, 2, 3, 4, 5  

D) 3, 4, 5, 6 

15. Quyida keltirilgan parchadagi fonetik o‘zgarishga 

uchragan so‘zlar sonini aniqlang.  

Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t 

so‘ngani yo‘q. Bu alamlarni, bu xo‘rliklarni oyoq 



ostiga olib toptamaganimcha yashashim shart. 

Yashayman! 

A) 4   В) 3   C) 2   D) 5 

16. Qaysi gapda ham affikisatsiya, ham kompozitsiya 

usulida yasalgan so‘zga nisbatan hokim bo'lgan 

bo‘lak tarkibida o‘rniga ko‘ra lab va til undoshlari 

ishtirok etgan? 

A) Yigit oynaga qarab oldi- da, sartaroshxonadan 

shoshib chiqib ketdi. 

B) Sovuqqon odamlar bo‘lar- bo‘lmasga hovliqib 

yoki tutaqib ketmaydilar. 

C) O‘z xalqini cheksiz sevuvchi, el-yurt manfaatlari 

uchun jonbozlik ko‘rsatuvchi har bir insonda 

vatanparvarlik tuyg‘usi yuqori bo‘ladi. 

D) Kelinglar, tabiatning saxiyligiga nonko'rlik 

qilmaylik! 

17. Tarkibida faqat yuqori tor unlilar va undoshlar 

qatnashgan so‘zlar qatorini aniqlang. 

A) musiqa, lirika 

B) kibor, musiqa 

C) muqim, uyushiq  

D) muhit, zehn  

18. Nutq jarayonida qulayligiga erishish harakati 

tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o‘zaro 

ta’siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashiga nima 

deyiladi? 

A) fonetik hodisalar 

B) metateza 

C) assimilatsiya 

D) tovush moyillashuvi 

19. Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atagan 

tortig'idir, kitob insonning eng aziz do‘sti, yaqini 

sanaladi. Ushbu gapda qatnashgan aniqlovchilar 

haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. 

A) Ushbu gapda aniqlovchilarning kesimga 

tobelanishi kuzatiladi. 

B) Ushbu gapda qaratqich aniqlovchining egaga 

tobelanishi kuzatiladi. 

C) Ushbu gapda aniqlovchining maqsad holiga 

tobelanib kelishi kuzatiladi. 

D) Ushbu gapda aniqlovchining aniqlovchiga 

tobelanishi kuzatiladi. 

20. Qaysi imlo qoidasiga ko‘ra o‘zlashma so‘zlarning 

aynan yozish qoidasiga rioya qilinadi? 

A) fonetik yozuv qoidasiga ko‘ra 

B) morfologik yozuv qoidasiga ko‘ra 

C) shakliy yozuv qoidasiga ko‘ra 

D) tarixiy-an’anaviy yozuv qoidasiga ko‘ra 

21. Vilvam LShekspirning adabiyot homiysi bo’lmish 

yosh gersog Sautgemptonga bag’ishlangan, ketma-ket 

sakkiz marta nashr qilingan dostoni qanday 

nomlanadi? 

A) «Venera va Adonis» 

B) «Lukretsiya» 

C) «Xatolar komediyasi» 

D) «Romeo va Juletta» 

22. Ogahiyning qaysi asari adabiyotimiz tarixidagi 

siyosiy- didaktik lirikaning yorqin namunasi 

hisoblanadi? 

A) «Ustina» g‘azali 

B) «Dahr uyi» tarji’bandi 

C) «Shohidi iqbol» asari 

D) «Qasidayi nasihat» asari 

23. Qaysi javobda romanlar turkumi nomi berilgan? 

A) «Forsaytlar haqida qo‘shiq» (Jon Golsuorsi) 

B) «Jan Kristof» (Romen Rollan) 

C) «Qora dengiz to‘lqinlari» (Valentin Katayev) 

D) «Botu» (Vasiliy Yan) 

24. Quyidagi misralar muallifi kim, she’rning vaznini 

aniqlang.  

Alisherga alla aytib uxlatgan Sen - ona, 

Og‘ushida Bobur kamolga yetgan Sen - ona. 

A) A. Muxtor; qo'shma vazn 

B) E. Vohidov; murakkab vazn 

C) Mirtemir; qo'shma vazn 

D) A. Oripov; sodda vazn 

25. «Yatimat ad-dahr»da keltirilgan she’rlar qaysi 

janrga mansub?  

1) qasida; 2) vasf; 3) hajv; 4) marsiya; 5) fard; 6) 

masnaviy; 7) qit’a; 8) g'azal; 9) mustazod; 10) 

urjuza;11) musaddas.  

A) 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10 

B) 1, 2, 3, 5, 6, 8, 10 

C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 11 

D) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 10 

26. Vilyam Shekspirning «Otello» tragediyasida ro‘y 

bergan fojia oqibatlari xabarini Venetsiyaga 

yetkazishni kim o‘z bo'yniga oladi? 

A) Montano   B) Lodoviko 

C) Brabansio  D) Gratsiona  

27. Quyidagi misralardagi raviyni aniqlang. 

Alar chun aylagach sayr-u safolar,  

Esimg‘a tushdi yor-u oshnolar... 

A) safolar, oshnolar so'zlaridagi - r 

B) safolar, oshnolar so'zlaridagi - l 

C) safolar, oshnolar so‘zlaridagi - о 

D) sayr-u, yor-u so‘zlaridagi - r 

28. Odamning odamligini ta’minlab turadigan asosiy 

qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan oimas asar 

qaysi? 


A) Ch. Aytmatov «Asrga tatigulik kun» 

B) Shekspir «Otello» 

C) Pushkin «Yevgeniy Onegin» 

D) Pushkin «Ruslan va Lyudmila» 

29. Berilgan asarlardan qaysi biri hajviy yo‘nalishda 

bitilgan pyesa hisoblanadi? 

A) «Qiyshiq oyna» (Chexov) 

B) «Tubanlik kishilari» (Jek London) 

C) Maysaraning ishi» (Hamza) 

D) «Oltin buzoqcha» (Ilf va Petrov)  

30. Erkin Vohidov qo‘shma vaznda yozgan she’rining 

nomi qaysi javobda keltirilgan? 

A) «Majnuntol» 

B) «Tong lavhasi» 

C) «O‘zbegim» 

D) «Kamtarlik haqida» 

 

 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling