Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
19-variant
1. Tovushlarning akustik tomoniga xos bo‘lgan sifat belgilari qaysi bandda to‘liq ko'rsatilgan? 1) balandlik; 2) kuch (tezlik); 3) miqdor (yoki uzunlik); 4) tembr; 5) vazifaviy tomoni. A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5 С) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4 2. Quyidagi gapdagi ostiga chizilgan so‘zda ma’no ko‘chishining qaysi turi qo'llangan? Polvon deganlaricha bor, bir laganni paqqos tushirib, hech narsa ko'rmagandek o‘tiradi. A) sinekdoxa B) vazifadoshlik C) metafora D) metonimiya 3. Quyidagi qaysi so‘zning paronimi mavjud? A) shaydo B) adl C) drama D) harakat 4. Quyida keltirilgan misradagi ma’no ko‘chishining turini aniqlang. Shartmi ichmak har bir qadahni yo‘q demay. A) vazifadoshlik B) metonimiya C) sinekdoxa D) metafora 5. Quyidagi keltirilgan gapdagi qaysi yasama so’z fonetik o’zgarishga uchragan? Tasviriy insholar o’quvchining fikrini o‘stiradi, kuzatuvchanlik qobiliyatini kuchaytiradi va yozma nutqni kengaytiradi. A) sifatdan yasalgan fe’l B) fe’ldan yasalgan sifat C) fe’ldan yasalgan ot D) otdan yasalgan sifat 6. Samarqandda afsonaviy obidalar ko‘p. Gapda frazaviy urg‘u qaysi gap bo‘lagiga tushadi? A) ot-kesim B) o‘rin holi C) aniqlovchi D) ega 7. Quyida berilgan so‘zlardan nechtasi ham omonimlik, ham ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega? ortmoq, chaqmoq, atlas, burun, gul, quymoq, qorachiq A) 6 B) 7 C) 4 D) 5 8. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlinking ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi.
B) Mehnat qilsang, ko'nglingga yorug‘lik tushadi. C) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. D) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo’lmaydi. 9. Quyidagi hukmlarning qaysi biri xato? A) Gap bo’laklari tartibining buzilishi inversiya deb ataladi. B) Gapning eng kichik ko'rinishi faqat ega va kesimdan iborat bo’lgan gaplardir. C) Badiiy va qisman publitsistik uslubda gap bo’laklari tartibi o'zgarishiga yo’l qo‘yiladi. D) Inversiya badiiylik, ifodalilik, ta’sirchanlikni ta’minlash maqsadida qo’llaniladi. 10. Sog’lom va zehnli bo’lib ulg‘aygan bola hayotda qiynalmaydi. Berilgan gapda tarkibida tovush o'zgarishi boigan so'zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? 1) ega; 2) hol; 3) to’ldiruvchi; 4) kesim; 5) aniqlovchi. A) 1, 5 B) 3, 4, 5 C) 2, 4 D) 4, 5 11. Quyidagi gapda necha o‘rinda ng undoshi qo’llangan? Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi? A) 5 o‘rinda B) 3 o‘rinda C) 2 o‘rinda D) 4 o‘rinda 12. 1) bo‘zarmoq; 2) yashamoq; 3) sanamoq; 4) o'rnatmoq; 5) qizarmoq; 6) yig’latmoq; 7) anglamoq; 8) gapirmoq. Berilgan yasama so'zlar qatoridan tovush almashish hodisasi bo’lgan fe’llarni ajrating. A) 1, 5, 8 B) 2, 3, 7 C) 4, 5, 6 D) 2, 5, 7 13. Yurtimizning farovonligi, tinchligi va iqboli bizga bog’kiq. Ushbu gapdagi grammatik bogianishlar soni nechta? A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta 14. So‘z birikmasi tarkibida tovush o‘zgarishi mavjud bo’lgan qatorni aniqlang. A) kun issiq, xayollari tarqoq B) dutorni sayratmoq, gapni bo’lmoq C) yengil ta’zim, ochiq gap D) to‘yni qizdirmoq, gapni ulamoq 15. Qaysi so‘zlarga ikkita so‘z yasovchi morfema ketma-ket qo'shilganda, ikki xil fonetik o‘zgarishni kuzatish mumkin? 1) taroq; 2) yig‘i; 3) qiyin; 4) tarqa; 5) o‘yin; 6) sariq. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 16. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik mavjud emas? A) Behbudiy: «Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir» - deb yozadi. B) Xalil bobo nevarasiga girgitton boiib; «Hoy bolam senga nima bo’ldi?» - der edi. C) «Hunari va odobi bo’lmagan kishidan, - deydi Mahmud Koshg‘ariy - baxt va davlat ketadi». D) «Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun, avvalo, insonni
tushunish, anglash kerak», - deyiladi “Yuksak ma’naviyat – hyengilmas kuch” asarida 17. Sening tug’ilib o’sgan shahringdan ayrilib yashashingga ko'zim yetmasdi, buni hammadan ham men juda yaxshi bilardim. Ushbu gapdagi so‘zlar imlosida necha o'rinda fonetik o'zgarish ro‘y bergan? A) 7 ta B) 4 ta
C) 6 ta D) 5 ta
18. Faqat bir qismida keng va tor unli qatnashmagan qo'shma otni toping. A) shaftoliqoqi B) tuyapaypoq C) kinomexanik D) xomsemiz 19. Tarkibida sonor tovushi ishtirok etmagan so‘z qatnashgan gapni toping. A) Chol unga yaqinlashib, salom berdi. B) Men ular bilan to‘rt marta gaplashdim. C) Nogoh entikdi-yu, egildi kamon. D) Men shu Vatan qo‘ynida undim-o‘sdim. 20. Hozirgi o‘zbek tilida jarangsiz juftiga ega jarangli undosh harflar soni nechta? A) 6 B) 7 C) 8 D) 9 21. Barg ostidan muloyim boqqan iboli g'uncha, Ne sirni saqlagaysan, bag‘ring necha tuguncha? Ushbu baytda qo‘llangan badiiy san’at turini aniqlang. A) tashxis B) talmeh C) tajnis D) tazmin 22. Qaysi ijodkor o‘zbek xalqini qorako’z ohularga o’xshatgan? A) Mirtemir B) M.Yusuf C) So‘fizoda D) A. Oripov 23. Qaysi shoh sho‘ro davrida ko‘plab mevazor bog‘lar, poliz mahsulotlari, sholi va boshqa dehqonchilik ekinlari yetishtiriladigan yerlarni yoppasiga paxta bosib ketgani natijasini aks ettirib, «Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor», deb yozgan edi? A) Ibroyim Yusupov B) Saida Zunnunova C) Asqad Muxtor D) Mirtemir 24. Usmon Nosirning «Yana she’rimga» she’rining birinchi misrasi qaysi shoirning satrlarini yodga soladi? A) Zulfiyaning “Oydinda” she’rini B) Cho‘lponning “Go‘zal” she’rini C) Atoyining «Jamoling vasfini» g'azalini D) Maxmurning «Hapalak» g‘azalini 25. «Abulfayzxon» dramasida “devona emas, to‘g‘riman, to‘g‘rilikning devonaliqdan yomonroq natijalar berganini bilaman. Yana to‘g‘rilikdan ayrila olmayman” degan so'zlar kimga tegishli? A) Ibrohimbiy B) Ulfat C) Hakimbiy D) Qozi Nizom 26. Talmeh san’ati qo'llangan javobni aniqlang. A) Boyindi taxtining qadri, o'zung toj ko‘kka toshlodi, Adolat bog’i sabz o’ldu, chu No’shiravon keldi. B) Qaro sangdur sani ash qarosang, Beribdursan riyo qoni bila rang. C) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog'indim, Gado boisam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. D) O‘tdilar bu dunyodin dilxohlar, gumrohlar, Qolmadi dunyoda boqiy ham gado, ham shohlar. 27. Navoiy «Xamsa»sining qaysi dostoniga Sa’d haqidagi hikoyat kiritilgan? A) «Farhod va Shirin» B) «Sab’ayi sayyor» C) «Saddi Iskandariy» D) «Hayrat ul-abror» 28. Quyidagi parcha qanday she’riy shaklda yozilgan? Ul sho‘xki ochildi xat-u ruxsori, Ochildi rayohinda yuzi gulnori, Xat-u yuzi besabr-u qarori man man Ruxsori gulnori man man zori. A) musoviyattarafayn B) g‘azal C) ruboiy
29. Alisher Navoiy ijodidan olingan quyidagi baytda qoilangan she’riy san’atni toping. Layli andin qo'ydi Majnun ko‘nglida taxti g‘amin, Kim, yo‘q erdi manzil ul vodiyda andin pokroq. A) iyhom
B) ruju’ C) radd ul-matla’ D) talmeh 30. Atoiy qalamiga mansub quyidagi baytda qoilangan badiy san’atlar to‘g‘ri qoilangan qatorni aniqlang. Jahonni tutti Yusufdek jamoli, Malohat Misrida sultonmudur bu? A) tashbeh, tajnis B) talmeh, tazod C) talmeh, tashbeh D) tashbeh, tazod
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling