Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
me’yoridan ortiqligini bildirgan birikmani aniqlang.
A) suvli olma B) do'ppili yigit C) tuzli suv D) bolali ayol 10. Vazifadosh ko‘makchili gaplarni ajrating. 1) Musiqa sadolari ostida qadamlar ildamlashdi. 2) Bu chiroqlar bir-ikki soatgina yonib, keyin kuyib qolardi. 3) Dars tamom bo'lgandan keyin o‘quvchilar uylari tomon tarqaldilar. 4) Qoziq ustida qor turmas. 5) U turli mamlakatlarni kezgan, turli xalqlar, urug‘- aymoqlar ichida bo‘lgan. 6) Zafar kelar qishlog'iga kechga yaqin. 7) Albatta, oshna-og‘ayni orasida mol pisand emas. A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 3 5, 7 11. Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gapni toping.
A) Feruza uning jovdirashlariga ko‘p-da e’tibor bermaydi, biroq kampir shu qadar sezgirki, suhbatdoshi ne ko‘ydaligini darrov bilib oladi. B) Mayli, bizga saboq bo'lmasin, lekin dunyo biz bilan tugamaydi. C) Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o’ralgani uchun, qilt etgan shabada yurmaydi. D) Bag'rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. 12. Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Esi past odamning dimog‘i baland bo‘ladi. B) Posbon uxlagach, Mirzo Ulug‘bekni Ko'ksaroy tagidagi lahmdan olib chiqmoqchi edi. C) O‘choqdagi lahja cho‘g‘ hali sovimagan. D) Toshbaqa guldan-gulga qo‘nib yurgan kapalakka g‘ashi keldi. 13. Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz, Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz. She’riy parchadagi munosabat shakllarisiz qo‘llangan so‘zlar tarkibidagi portlovchi undoshlar miqdorini aniqlang. A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 5 ta 14. Quyidagi qaysi so‘zlar o‘z paronimlari bilan bir xil so‘z turkumiga raansub bo‘ladi? 1) yod; 2) ham; 3) burch; 4) bob; 5) afzal; 6) eg. A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 3, 6
C) 2, 3, 6
D) 3, 5, 6 15. Qaysi qatorda so‘z qo'llash bilan bog‘liq xatoga yo‘l
qo'yilgan? A) Mashina dovon tepasiga ko’tarildi. B) Kampir bolalarga bir qismdan mayiz ulashdi. C) Lahm go‘shtlarni ajratib oldi va rastaga terib sota boshladi. D) Bola ikki yoshligidan rovon gapira boshladi. 16. Qaysi maqolda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z yasama so‘z hisoblanmaydi? A) O‘ynab gapirsang ham, o'ylab gapir. B) Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar, Elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar. C) O‘g‘li borning o‘rni bor, Qizi borning qadri bor. D) Burgaga achchiq qilib, ko‘rpangni kuydirma! 17. Qaysi so‘zning oxiriga «t» harfi yozilmaydi? A) daroma.. B) nadoma..
C) xayolparas.. D) matona.. 18. Qaysi gapda qo'shma fe’llar mavjud? A) Shubhasiz, Vatanimizning kelajagi yorug‘ va ertasi porloq.
B) Bilim kaliti yordamida yo'llarida uchraydigan muammolarni yechib ketaveradilar. C) Kelajakning oltin kaliti turli sohalarda o'zini ko'rsata oladigan yoshlar qo'lida. D) Xalqimiz farzandlari bugiin dunyoning eng taraqqiy etgan bilim dargohlarida ta’lim olib kelmoqdalar. 19. Yunoncha «harf o'qish va yozish san’ati», «harf» ma’nosini anglatuvchi tilshunoslik bo’limi qaysi? A) grafika B) orfografiya C) sintaksis D) grammatika 20. Qaysi javobda jarangli jufti yo‘q jarangsiz sirg‘aluvchi undosh qatnashgan so‘zlar berilgan? A) bog‘, baxt, barg B) g‘ayrat, ogohlik, kulol C) no‘xat, taxminan, hilol D) diydor, falak, urush 21. Jahondin menga g‘am bo‘lsa, ulusdin gar alam bo'lsa, Ne g‘am yuz muncha ham bo‘lsa, seningdek g‘amgusorim bor. Ushbu misralarni yozgan, bolalikdanoq hokimiyatning og‘ir yuki gardaniga ortilgan, hayotining ko‘p qismi qirg‘in urushlar qa’rida kechgan adolatparvar shoh va iste’dodli shoir kim? A) Bobur B) Amiriy C) Feruz D) Husayniy 22. «Fors shoiri Umar Hayyom», «O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi» nomli ilmiy asarlar muallifini aniqlang. A) Behbudiy B) Fitrat C) Avloniy D) Hamza 23. Asqad Muxtorning «Chinor» romani qahramonlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. A) Ochil buva, Azimjon, Akbarali, Bektemir B) Bektemir, Ochil buva, Nizomjon, Qoratoy C) Bektemir, Nizomjon, Ochil buva, Mutal D) Nizomjon, To‘lanboy, Bektemir, Akbarali 24. Munisning “Ishqine o‘tidin o’rtanur joni nizorim…” deb boshlanuvchi she’rining janrini aniqlang. A) mustazod B) murabba’ C) musaddas D) muxammas 25. Jahon adabiyoti namoyandasi Ernest Seton- Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarida kim «Yovvoyi yo‘rg‘ani tutib kelgan odamga ming dollar beraman», deb va’da beradi? A) Jo Kalon B) Montgomer C) Foster D) Berns 26. Qanday janrdagi asarlar qahramonlar o‘rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosida quriladi? A) ballada B) doston C) tragediya D) roman 27. Qaysi ijodkorlarning asarlarida «Ip esholmaydi» iborasi keltirilgan? A) H.K. Andersen «Bulbul» va X. To'xtaboyev «Sariq devni minib» B) X. To‘xtaboyev «Sariq devni minib» va S. Ahmad «Qoplon» C) Tohir Malik «Shaytanat» va X. Sultonov «Yo, Jamshid» D) N. Dumbadze «Hellados» va Cho‘lpon «Kecha va kunduz»
28. «Avesto»da ulug'langan «Qudratli va Omilkor», «maqtovlarga loyiq», «sharafga loyiq» qahramon nomini ko‘rsating. A) Varaxran
B) Sraosha C) Spitama Zaratushtra D) Mitra 29. Qaysi javobda nemis adabiyotining yirik vakili Haynrix Haynening ocherklardan iborat kitobi nomi keltirilgan? A) «Germaniya. Qish ertagi» B) «Qullar kemasi» C) «Sileziya to‘quvchilari» D) “Yo‘l lavhalari” 30. Odamning odamligini ta’minlab turadigan asosiy qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan o‘lmas asar qaysi?
A) Ch. Aytmatov «Asrga tatigulik kun» B) Shekspir «Otello» C) Pushkin «Yevgeniy Onegin» D) Pushkin «Ruslan va Lyudmila»
|
ma'muriyatiga murojaat qiling