Ona tili va adabiyot


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/47
Sana14.12.2021
Hajmi0.99 Mb.
#181120
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta

25-variant 

1. Sifatlovchi - aniqlovchi ishtirok etmagan javobni 

aniqlang.  

A) Bahor osmonida chaqnasa chaqin, 

Ko‘ksingdan otilar olovli nafas. 

B) Chinor soyasidan bahramand bo‘lib, 

Turfa xil ertaklar to‘qimoq oson.  

C) Qalbimning parchasi singmasa agar, 

Rozimasman, birov hadya etsa zar. 

D) Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,  

Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor. 

2. Abdulla Qahhor qalami bilan ming-minglab 

o’quvchilari, ixlosmandlari, shogirdlari yuragiga 

chiroq yoqib ketdi. Berilgan gapda ostiga chizilgan 

so‘zda qaysi usulda ma’no ko‘chgan?   

A) metonimiya  

B) vazifadoshlik 

C) metafora    

D) sinekdoxa  

3. Oh sukunat porlar saharda,  

Kun nurida yonib, yaraqlab.  

Chopib kelar sovuq shaharga,  

Yalangoyoq yashil daraxtlar.  

Matnda holdan oldin kelgan sifat haqidagi qaysi fikr 

xato? 

A) ko‘p ma’noli so‘z hisoblanadi 



B) yasama so’zdir  

C) fonetik yozuv asosida yozilgan  

D) ega vazifasida kelgan  

4. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» 

asarida turklar asli nechta qabila ekanligi aytilgan? 

A) 24 ta  

B) 30 ta 

C) 20 ta 

D) 25 ta 

5. Qaysi gap tarkibida o‘z paronimi bilan o‘zaro bir 

turkumga mansub bo‘la oladigan tub so‘z qatnashgan? 

A) Yovga chiqsang, yarog‘li chiq,  

Yolg‘iz chiqma, hamrohli chiq. 

B) Bu jang varaqasini ifoda eta olgan yozuvchiga har 

bir satr ulkan jangnoma uchun bir bob bo‘laveradi. 

C) Xalq bilan bo‘lgusi muomalada qilichga emas, adl 

kuchiga suyanmoq lozim. 

D) Xuddi nina suqib chiqqanday tanam zirqirab 

og'riyapti. 

6. Uyushiq bo‘lak ishtirok etmagan sodda gapni 

toping. 


A) Shu ondayoq ot kishnagani, tuyoqlarning asfaltga 

taraqlab urilgani eshitildi. 

B) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog'ing tabarruk. 

C) Oradan ikki yil o‘tgandan keyin, oltmish yoshga 

yetgandan keyin, eski kasali yana qo‘zg‘adi. 

D) O, naqadar sho‘x va quvnoq edik! 

7. Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti biroz pasaydi. 

Ushbu gapda qanday fonetik o'zgarish ro‘y bergan? 

A) tovush tushishi va almashishi 

B) tovush orttirilishi va tushishi  

C) tovush almashishi  

D) tovush almashishi va orttirilishi  

8. x va h undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi 

qaysi tasnifda namoyon bo‘ladi? 

A) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra 

B) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra 

C) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra 

D) tarkibiga ko‘ra 

9. Tilga go'zallik javhari sifatida nazar soladigan 

bo‘lsak, uning kishini hayratlantiradigan darajada 

chiroyli va yetukligining guvohi bo'lamiz. Ushbu gap 

tarkibida nechta jarangli-jarangsiz undoshlar juftligi 

ishtirok etgan? 

A) 4 ta  

B) 5 ta 

C) 3 ta  

D) 6 ta 

10. qadimgi, chopqi, kulgi, sezgi, yozgi, tepki. 

Berilgan so'zlardan ot so‘z turkumiga mansub 

bo‘lmaganlari qaysi javobda keltirilgan? 

A) yozgi, qadimgi 

B) kulgi, sezgi 

C) tepki, chopqi 

D) yozgi, sezgi 

11. Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam... xislatlari... biri 

shuki, u sheriklari... yordam qo‘li... uzatadi, safi... 

kengaytirib, yangi g‘alaba... ko'zlaydi. 

Ushbu gapda nechta so‘zdagi nuqtalar o‘rniga tushum 

kelishigi qo‘shimchasi qo‘yiladi? 

A) 5   B) 4   C) 3   D) 2 

12. Egalik qo‘shimchasi qo’shilganda, tovush 

almashmaydigan so’zlarni aniqlang 



A) ocherk, huquq, ittifoq 

B) yoq, yo‘q, choq 

C) ilik, yuluq, bo’liq 

D) soliq, boshoq, taloq 

13. Adabiyotga oshno tutingan odam qalbiga noyob 

hislar ko‘chib o'tishi aniqdir. 

Berilgan gapda moslashuvli tobe bog‘lanishlar sonini 

aniqlang. 

A) 2   B) 4   С) 1   D) 3 

14. Ham omonimlik, ham polisemantik xususiyatga 

ega bo‘lgan so'zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 

1) shox; 2) och; 3) to‘q; 4) ustun; 5) ort; 6) til; 7) 

yondash. 

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 

B) 2, 3, 4, 5, 6 

C) 2, 5, 6 

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7  

15. Tishini tishiga qo‘ymoq iborasiga sinonim bo'lgan 

so‘zni toping.  

A) xursand 

B) hayratlanmoq 

C) chidamoq 

D) g‘azablanmoq 

16. Faqat jarangli undosh tovushdan tarkib topgan 

shart bog‘lovchilari berilgan javobni aniqlang. 

A) basharti, garchi, ya’ni 

B) agar, gar, mabodo 

C) -sa, mabodo, go'yoki 

D) balki, esa, bo‘lsa 

17. Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan so'zlarni 

belgilang.  



1) yangi; 2) toza; 3) aytuvchi; 4) qurilma; 5) moslama; 

6) gullar.  

A) barcha so’zlarda  B) 1, 2, 5, 6   

 

C) 1, 3, 5, 6   



D) 1, 2, 3, 4, 5  

18. Jo‘shadi buloqning kumush yoshlari,  

Ham mungli, ham shirin jildirashlari.  

She’riy parchada ma’no ko‘chishining qaysi turi 

qo'llangan? 

A) metafora B) metonimiya 

C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 

19. Qaysi javobda keltirilgan gapdagi sifatdan 

yasalgan yasama fe’l asosida faqat til orqa undoshlari 

qatnashgan? 

A) Ish doirasi toraydi. 

B) Uning gapi og'zida qolib, ko‘zlari xiyol kengaydi. 

C) Kuz kelib, kunlar qisqardi. 

D) Yo‘lchi quyosh va dala shamoli bilan bir oz 

qoraygan. 

20. Moslashuv usuli bilan birikkan so‘z birikmalari 

qaysi javobda berilgan? 

A) o‘z vazifasi, beda o‘rish 

B) olchaning guli, quyosh nuri 

C) gul hidi, kitob o‘qimoq 

D) matematika darsi, she’rni yodlash  

21. Qaysi olim 1990-yilda Mashrabning asarlarini 

jamlab, «Mehribonim, qaydasan?» to'plamini chop 

ettirgan? 

A) Sharif Yusupov 

B) Jaloliddin Yusupov 

C) Nurboy Abdulhakim 

D) Hamidulla Boltaboyev 

22. Qaysi baytda tashbehning o’xshamish, 

o’xshatilmish vosita unsurlari qatnashgan?  

A) Ermas - alar tufrog‘-u, sen nuri pok, 

Xilqat alarg‘a-u sanga - tiyra xok. 

B) Pari ruxsoralarning ko‘rkaboyi, 

Yuzing navro‘z-u, qoshing - bayram oyi. 

C) Sipehri husn ichindin moh, sen-sen, 

Zamona xo‘blarig‘a shoh, sen- sen. 

D) Quyosh yanglig’ yuzungizni yorutti, 

Palakdek bizni sargardon yarotti. 

23. Hayotiy hodisalarni badiiy qamrash ko‘lami 

nuqtayi nazaridan qissa epik janrning qaysi shakliga 

mansub? 

A) o‘rta va katta epik janr 

B) o‘rta epik janr 

C) kichik epik janr 

D) katta epik janr 

24. “Kelmadi” muxammasi kimning qalamiga 

mansub? 

A) Hujayniy  B) Mashrab 

C) Turdi 

D) Bobur 

25. Qaysi ijodkor Akmal taxallusi bilan ijod qilgan? 

A) Maxmur 

B) Mulla Shermuhammad 

C) Zavqiy 

D) Feruz 

26. Quyidagi misralarda qo’llangan badiiy vositani 

aniqlang. 

Yurakda dard-u g‘am qat-qatki, menda qolmadi toqat, 

Agar bir zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o‘rtar. 

A) saj’  

B) ruju’ 

C) talmeh  

D) tashbeh 

27. Qaysi javobda Jek Londonning tabiatning asov 

kuchlariga qarshi mardonavor kurashuvchi kishilar 

hayoti zo‘r mahorat bilan tasvirlangan hikoyasi nomi 

keltirilgan? 

A) «Temir tovon» 

B) «Tubanlik kishilari» 

C) «Hayotga muhabbat» 

D) «Marten Iden» 

28. Ani nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay,  

Ulusqa mayl beandoza bo‘lg‘ay. Navoiy 

“Xamsa»sidagi ushbu bayt aruzning qaysi vaznida 

yozilgan? 

A) sa’ri bahrida 

B) mutaqoribi musammani mahzuf (maqsur) 

C) hazaji musaddasi mahzuf (maqsur) 

D) hazaji musammani mahzuf (maqsur) 

29. Har baytida bittadan xalq maqoli qo'llangan Lutfiy 

g'azalini aniqlang. 

A) «Xoh inon, xoh inonmа» radifli g'azali 

B) «Bu ko‘nguldir, bu ko'ngul» radifli g'azali 

C) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» deb 

boshlanuvchi g’azali 

D) “Jong’a” chun dermen: “Ne erdi o’lmakim 

kayfiyati…” deb boshlanuvchi g’azali  

30. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” 

asarida Gulliverning liliput tilida o‘rgangan dastlabki 

jumlasi qanday ma’noni ifodalar edi? 

A) Odamlar hur yashasin! 

B) liliputlarga dushman emasligi 

C) ovqat so’rash istagi 

D) ozod etishlarini so‘rash istagi 

 

 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling