Ona tili va adabiyot


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/47
Sana14.12.2021
Hajmi0.99 Mb.
#181120
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta

27-variant 

1. Qaysi so‘zlar ham ko‘p ma’noli, ham shakldosh so‘z 

hisoblanadi?  

A) yoq, to‘da, asl 

B) chopmoq, rasta, bardam 

C) shox, tovon, es 

D) dunyo, asl, ilik 

2. Olmosh ega vazifasida kelgan javoblarni aniqlang. 

1) Bu mening kattakon yo‘ldagi birinchi qadamim 

bo'lishiga ishonaman. 2) Bu ishlarni qilgan o‘zi. 3) Bu 

katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi. 4) Siz 

istiqomat qilayotgan joyda qanday binolar qurib 

bitkazildi?  

A) 3  В) 1, 2  

С) 1, 2, 3  

D) 4  


3. Qaysi so'zlarga so‘z yasovchi qo‘shimchalar ketma-

ket qo‘shilishi bilan ikki xil fonetik hodisa ro‘y beradi? 

1) tara; 2) yig‘i; 3) qiyin; 4) o‘yin; 5) sovi; 6) chanqa. 

A) 1, 2, 3, 4, 5  

B) 2, 4, 6 

С) 1, 2, 3, 4, 5, 6  

D) 2, 3, 4 

4. Yangi hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda qancha 

til bor?  

A) uch mingga yaqin 

B) ikki mingdan ortiq 

C) besh mingdan ortiq 

D) yetti mingga yaqin 

5. yoq (tomon) va o‘rtoq so‘zlariga qaysi qo‘shimcha 

qo‘shilsa qo‘shimchada fonetik o’zgarish bo’ladi?  

A) kelishik qo’shimchasi  

B) egalik qo’shimchasi  

C) kelishik va egalik qo'shimchalari 

D) yoq so‘ziga kelishik, o‘rtoq so'ziga egalik va 

kelishik qo‘shimchasi  

6. Bulutlar haydar shamol,  

Goh yog‘ib o‘tar yomg‘ir.  

Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi 

qo'llangan? 

A) metafora 

B) vazifadoshlik 

C) sinekdoxa 

D) metonimiya 

7. Berilganlardan urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydigan 

so'zlar ajratib ko‘rsatilgan javobni belgilang. 

1) gazeta; 2) traktor; 3) o‘rikzor; 4) paxtakor; 5) 

respublika. 

A) 2, 3, 5  

В) 1, 2, 5 

C) 2, 3, 4, 5   D) 1, 2, 3, 4 

8. Qaysi javobda keltirilgan gapda fonetik o‘zgarish 

asosida yozilgan fe’l ishtirok etgan? 

A) Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga 

olib keladi. 

B) Chin do‘st uldirkim, do‘stidan hech qachon 

ranjimaydi, agar ranjisa ham uzrini qabul qiladi. 

C) Qarindoshingni yomonlab, Qaydan tug‘gan 

toparsan? 

D) Aqlliga aytdim, angladi bildi, Aqlsizga aytdim, 

shaqillab kuldi.  

9. Qaysi qatorda qo'shimcha qo’shilishi natijasida 

bo’g’inga ajralish o’rni o’zgargan so’zlar ko’rsatilgan?  

A) kitobni, dengiz, singlim  

B) dengizi, singlim, sinfga 

C) ko‘nglim, singlim, baxtingiz 

D) shtangasi, singlisi, dengizim 

10. Imlosiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping? 

A) ahmoq  

B) ahd  


C) ahloq 

D) ahl  


11. Qaysi javobdagi qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi 

jarangli va jarangsiz undoshlardan tuzilgan sodda 

yasama so‘zdan iborat? 

A) tishkovlagich 

B) chidamlilik 

C) qo‘lyozmani 

D) tinchliksevar 

12. Ulug‘, ulkan, buyuk, gigant. Berilgan so‘zlardan 

qaysilari xususiyat belgisini ifodalay olmaydi?  

A) ulug‘, ulkan, buyuk, gigant 

B) buyuk, ulkan 

C) ulug‘, buyuk 

D) ulkan, gigant 

13. Quyidagi so'zlardan nechtasi imloviy jihatdan 

noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, 

hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. 

A) uchtasi B) to‘rttasi 

C) beshtasi D) oltitasi 

14. Kesimlari ismlarga mansub so‘z bilan ifodalangan 

havola bo‘lakli qo‘shma gapni toping.  

A) Shunisi quvonarliki, sinfdagi o'quvchilarning 

hammasi bir-biri bilan ahil. 

B) Kim birovlarga yaxshilik qilsa, o’ziga ham, albatta 

yaxshilik qaytadi.  

C) Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. 

D) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati 

ketmasin uning. 

15. Qaysi javobdagi so‘zlar shakldoshiga ega? 

A) asir, hiyla 

B) ortmoq, tugmoq 

C) bo‘shamoq, bo‘lmoq 

D) adil, a’yon 

16. Hayotning ko‘p issiq- sovug‘ini ko‘rib, saboq olib, 

tajribamni oshirdim. Ushbu gapda nechta fonetik 

o'zgarish kuzatilmoqda?  

A) 1 ta  

B) 2 ta 

C) 3 ta  

D) 4 ta  

17. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato 

mavjud? 

A) Quyosh hamal burjiga kirishi bilan kunlar isiy 

boshladi. 

B) Bemor da’vo izlab, hatto Moskvaga ham borib 

keldi. 

C) Gulnora yuvundini bir chetga to‘kib, uyga kirdi. 

D) Ko‘kka bo‘y cho‘zgan adil teraklar shamolda 

fusunkor tebranadi. 

18. Qaysi maqolda fonetik o'zgarishga uchragan so‘z 

qo‘llanmagan? 




A) Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq, Qo‘li ochiqning 

yo‘li ochiq. 

B) O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir. 

C) Bo‘linganni bo‘ri yer, ayrilganni ayiq yer. 

D) O’ynab gapirsang ham, o’ylab gapir.  

19. Kiyim-kechak mavzuviy guruhiga oid so‘zlarning 

ichki mazmuniy guruhiga to‘g‘ri ajratilgan qatorini 

toping. 


A) kavush, botinka, shippak, mahsi 

B) ro'mol, durra, kavush, palto 

C) palto, kurtka, shapka, kavush 

D) ko‘ylak, palto, shippak, ro'mol 

20. Quyida berilgan qaysi gapda fonetik o'zgarish 

asosida yozilgan yasama sifat ishtirok etgan? 

A) Bu o'rmonda odamsimon maymunlar yashaydi. 

B) Mening bolaligim o‘tgan joylar Qo‘ng‘irtov 

etaklaridir. 

C) Samig’ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-

yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam. 

D) Tiniq osmonda yengil bulutlar asta kezadi. 

21. «Ilm ahlining baxti qalam singari qora». Ushbu 

hikmat qaysi asarda keltirilgan va qaysi qahramon 

tilidan aytilgan? 

A) «Yulduzli tunlar» romanida, Xondamir 

B) «Navoiy» romanida, Darveshali 

C) «Zarbulmasal» asarida, Sho‘ranul 

D) «Qarolar falsafasi» asarida, Anbar Otin 

22. Ogahiyning «Ta’viz ul- oshiqin» devonidagi 

she’rlarning qanchasi fors tilida bitilgan? 

A) 1300 misradan ortig‘i 

B) sal kam 2100 misrasi  

C) qariyb 4500 misrasi 

D) 2500 misradan ortig’i 

23. Mazkur qissa sho‘ro davri adabiyotidagi ko‘plab 

boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh sadolar bilan» 

tugamasligi jihatidan ham ajralib turardi. Tog‘ay 

Murodning qaysi asariga shunday ta’rif berilgan? 

A) «Otamdan qolgan dalalar» 

B) «Oydinda yurgan odamlar» 

C) “Yulduzlar mangu yonadi”  

D) «Ot kishnagan oqshom» 

24. Jahon adabiyoti namoyandasi Ernest Seton- 

Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarida kim 

«Yovvoyi yo‘rg‘ani tutib kelgan odamga ming dollar 

beraman», deb va’da beradi? 

A) Jo Kalon   B) Montgomer 

C) Foster  

D) Berns 

25. Erkin Vohidov qo‘shma vaznda yozgan she’rining 

nomi qaysi javobda keltirilgan? 

A) «Majnuntol» 

B) «Tong lavhasi» 

C) “O‘zbegim”  

D) «Kamtarlik haqida» 

26. «Qulfi dilni ochish» iborasi qaysi asarda uchraydi? 

A) «Navoiy» romanida 

B) «Qutlug’ qon» romanida 

C) «Otello» fojiasida 

D) «Yevgeniy Onegin» she’riy romanida  

27. Jahonning mashhur tragiki Vilyam Shekspirning 

«Otello» fojiasida quyidagi so'zlar qaysi qahramon 

tilidan aytilgan?  

A) «О, muhabbat, haqoratga 

28. S. Yeseninning “Dog‘lar ketmish majruh 

ko‘ngildan” she’ri haqida to‘g‘ri fikrni toping. 

A) Bu she’r shaklan maktub tarzida yozilgan. 

B) She’rning har bir bandidagi takrorlar she’rning 

o'ziga xos ohangi, jarangi va ta’sirchanligini 

ta’minlagan. 

C) She’r satrlaridagi «choyxona», “choy”, «tong yuzli 

dildor», “shohi ro‘mol”, «ohu ko‘z», “lolagun” so‘z-

timsollari Sharqni eslatib turadi.  

D) E. Vohidov bu she’rni yetti bo‘g‘inli misralar (4 + 3 

turoqli) vaznida tarjima qilgan. 

29. «Ey gul...» g‘azali qaysi ijodkorga tegishli? 

A) Atoiyga 

B) Sakkokiyga 

C) Lutfiyga 

D) Gadoiyga 

30. Qaro meng ol yanoqingga yaroshur, 

Boshim doim adoqingga yaroshur. 

Ushbu baytda qanday badiiy san’atlar qo’llangan? 

A) tanosub, tazod 

B) tashbeh, tazod 

C) tanosub, tashbeh 

D) tashbeh, ishtiqoq 

 

 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling