Ona tili va adabiyoti fanidan
Download 223 Kb.
|
Diktantlar to`plami
MAHALLAM - FAXRIM
Ikki tomoni shinam uylardan iborat ko'chadan o'tib bormoqdasiz. Har bir xonadon atrofi supurilgan, suv sepilgan. Ariqchadan suv oqib turibdi. Kimdir uyning ko'cha tomoniga tok ekib, so'ri qilingan. Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik-kichik pollarga oshko'k sepilgan. Pomidor, baqlajon, bolgar garmdorisi o'sib yotibdi. Yana bir xonadon esa o'z hududiga zich qilib terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko'chaning gavjumroq joyida "...mahalla idorasi" degan yozuvga ko'zingiz tushadi. Mahalla haqida X asrda yashab o'tgan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida ma'lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa "mahalla" so'zini kunda bir necha bor eshitamiz va tilga olamiz. Buning sababi ko'pchiligimiz mahallada istiqomat qilamiz hamda uning ishida qatnashib turamiz. Mahalla - asosan O'zbekistonga xos nodir hodisa. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi umumiy qoidalar va an'analar bilan bog'langan. E'tibor bergan bo'lsangiz, mahallalarda ko'pincha katta ko'cha bir tomonning ma'lum qismini va uni oralab ketgan ko'chalar, torko'chalar, berk ko'chalarni qamrab oladi. Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahallalar odatda, asrlar davomida kasb-hunar yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan. Hozir biz Qoshiqchi, O'qchi, Degrezlik kabi mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak bu mahallalardan, qosliiq, o'q yasovchi, qozon quyuvchi ustalar yashagan. Ayrim mahallalar o'sha joyning relyefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chuqurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari nomlar shu tarzda kelib chiqqan. Hozirgi paytda mahallalar aholi bilan ishlaydigan g'oyat muhim organga aylangan. Unga maxsus qonun bilan o'zini-o'zi boshqarish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, unda istiqomat qiluvchi aholining barcha muammolari o'sha yerning o'zida hal etiladi. Download 223 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling