Ona tili va adabiyoti fanidan


Download 223 Kb.
bet14/51
Sana05.01.2022
Hajmi223 Kb.
#222552
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
Diktantlar to`plami

Tilni bilgan elni biladi

Nutq eng katta boylikdir. Inson nutqi, gapira olishi bilan ulug’dir. Barcha asrlarda xalqlarni bir-biriga bog’laydigan, yaqinlashtiradigan asosiy vosita til bo’lgan. Ayrim tillar hatto xalqlar o’rtasida ko’prik vazifasini o’tagan. Shuning uchun “Til bilgan – el biladi” deydilar.

Hikoya qilishlaricha, kunlardan bir kun ulug’ vazir va shoir Alisher Navoiy Samarqand shahrida bir-biri bilan tortishib savdo qilayotgan ikki insonga duch kelib qolibdi. Ular bir-biriga baqirar,biri “se” desa, ikkinchisi “uch” derdi. Atrofdagi odamlar esa “Narxini tushirma” deb, ularni yanada urushtirar edi. Navoiy ularning oldiga yaqin keldi va har ikkoviga o’z tilida gapirib tushuntirdi. “Ey, odamlar ! Axir ikkovingiz ham bir xil narxni aytyapsiz-ku. Tojik tilidagi “se” o’zbek tilidagi “uch” degani-ku!”. Barcha odamlar xaxolab kulib yuborishibdi. Shuning uchun odamlar hamisha bir-birini tushunishi, ahil va inoq yashashi uchun bir-birlarining tillarini o’rganishga harakat qilib keladilar. Boshqa tillarni bilish har bir bilimli kishining ko’rkidir.

(140 so’z. “Oz-oz o’rganib dono bo’lur”)



Belbog’

O’sha paytlar juda yosh bola edim. Ko’zimda o’t chaqnab turardi. O’yindan boshqa tashvishim yo’q edi. Ba’zi narsalarga aqlim ham yetardi. Bir kuni onam chaqirib qoldi. Qo’llarida nimadir bor edi. Qand bo’lsa kerak. Yo’q. Boshqa narsa ekan. Borganimdan so’ng uni belimga bog’lab qo’ydilar. Onamdan buni nima ekanligini so’radim. – Bu belbog’ seniki. Otangda ham bor, bobongda ham bor, uning bobosida ham bo’lgan. Baxting shunda, belbog’ingni yecha ko’rma! – dedilar onam. Shu-shu bu belbog’ menga aziz bo’lib qoldi. Uni hech kimga ishonmadim. Chang-dog’ tegmasin deb asradim. Iplari so’kilmasin, deb juda juda hushyor bo’ldim. Yoshim ulg’aygan sari uni ham yaxshi ko’raverdim. Birovga berishni xayolimga ham keltirmadim. Endi u orim, nomusim, g’ururimga aylangandi. Unda otamning qo’llari, onamning nurli siymosi, yaqinlarimning tafti bor. Ajdodlarimining bo’ylari bor unda. Shukur, belbog’im – orim, faxrim, bor-budim o’zimda. Belbog’imdagi “Vatan” degan yozuvni ko’zlarimga surtaman.


(133 so’z. Behzod Fazliddin, “Hikoyalar”)
Kuz

Bo’ston qishlog’ida og’ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to’ldi. Qishloqni halqaday o’rab oqayotgan anhor birdan tiniqlashdi. Telba to’lqinlar endi jilovlanib, yuvosh tortib qoldi.

Odamlar qishdan cho’chiganday, shosha-pisha harakatga tushdilar. Kimdir chorbog’idan o’tin arraladi, kimdir qo’shnisining bog’ ishlariga hasharga chiqdi.

Hamma yagona bir tashvish – kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan bo’ldi.

Faqat bitta hovlida – qishloq chekkasidagi shundoqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi o’z tashvishi bilan band edi.

Alimardon oz’ ovozidan cho’chib uyg’onib ketdi. Anchagacha qayerda yotganini bilolmay, ko’zlarini katta-katta ochgancha shiftga tikilib qoldi. A’zoyi badani o’t bo’lib yonar, peshonasini muzday ter bosgan, bir tutam sochi ter aralash qoshlariga yopishib qolgan edi.


(116 so’z. O’tkir Hoshimov)


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling