“Meta – Ta’lim” o’quv markazi
6506201
____________________________________________________________________________________________________
ONA TILI VA ADABIYOTI
1.
Qaysi qatorda unli va sirg’aluvchi
undoshlardan tarkib topgan so’zlar
berilgan?
A) saxovat, xususiylashtirish, g’azal
B) vazifa, serhafsala, xo’roz
C) suyanish, jirafa, sarosima
D) xushbichim, vazifa, ko’rmana
2. “Yashil bo’yoq bilan bo’yalgan, ust
tomoni qayrilgan o’ymakor panjarali, katta
va og’ir darvozaga yetganda, yigitning
yuragi biroz o’ynab ketdi”.
Ushbu gapda nechta so’z tovush
o’zgarishiga uchragan?
A) 4 B) 2 C) 3 D) 5
3. Ko’zgumga berardim kechqurun sayqal,
Boqdim unga tiniq bo’lgan bir mahal.
Shuncha ko’p ko’rindi o’z aybimki,
Men o’zgalar aybini unutdim tugal.
Ruboiyda so’zlar imlosida qanday fonetik
o’zgarishlar kuzatilgan?
A) 1 o’rinda tovush tushishi, 1 o’rinda
tovush ortishi
B) 2 o’rinda tovush ortishi
C) 1 o’rinda tovush tushishi, 2 o’rinda
tovush ortishi
D) 1 o’rinda tovush tushishi, 1 o’rinda
tovush almashishi, 2 o’rinda tovush ortishi
4.
Barcha so’zlar to’g’ri yozilgan javobni
belgilang.
A) xatto, muxojir, zaxmatkash
B) hatto, muhojir, zaxmatkash
C) hatto, muhojir, zahmatkash
D) xatto, muhojir, zahmatkash
5.
Quyida berilgan qaysi birlik imloviy
jihatdan xato yozilgan?
A) Sog’liqni
Saqlash Vazirligi
B) Guliston davlat universiteti
C) Temuriylar tarixi
davlat muzeyi
D) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni
6.
Qaysi qatordagi juftlik bir umumiy