Ona tili va bolalar adabiyoti fan dasturi


Download 450.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.11.2020
Hajmi450.91 Kb.
#154581
1   2   3   4
Bog'liq
Ona tili va adabiyot fan dasturi(2018) - MT


 

Fe’llarning tuslanishi. Shaxs-son (yoki tuslovchi) affikslar. Ularning turlari: 1-guruh, 2-guruh, 3-

guruh tuslovchilari; ularning qo‘llanish xususiyatlari. 

15-mazu 


 

Fe’lning  vazifadosh  shakllari  -  ma’lum  bir  sintaktik  vazifa  bajarishga  mos  shakllari:  sof  fe’l, 

ravishdosh,  sifatdosh,  harakat  nomi.  Sof  fe’l,  uning  kesim  vazifasini  bajarishga  moslashganligi. 

Ravishdosh, uning grammatik ma’nosi, yasalishi; fe’l va ravishga xos xususiyatlari; Tuslanadigan 

va  tuslanmaydigan  ravishdoshlar.  Sifatdosh uning  grammatik  ma’nosi,  yasalishi;  fe’l  va sifatga 

xos  xususiyatlari:  (otlashish,  shuningdek,  tuslanish,  zamon  ifodalash  xususiyatlari).  Harakat 

nomi, uning grammatik xususiyatlari, yasalishi; fe’lga va otga xos xususiyatlari.  

16-mazu 


 

Fe’lning yasalishi (affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan fe’l yasash).  

17-mazu 

 

Fe’lning  tuzilish  jihatdan  turlari:  sodda  va  qo‘shma  fe’llar.  Juft  fe’llarning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari.  Fe’lning  modal  ma’no  ifodalovchi  shakllari:  sintetik  va  analitik  shakllari. 

Ko‘makchi fe’llar. To‘liqsiz fe’l. 

18-mazu 

 

Ravish.  Ravishning  leksik-grammatik  xususiyatlari.  Ravishlarning  ma’no  turlari:  holat,  miqdor-

daraja,  payt,  o‘rin  sabab,  maqsad  ravishlari.  Ravishlarda  daraja  (oddiy,  qiyosiy,  orttirma 

darajalar). 

19-mazu 

 

Ravishlarning yasalishi: affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan ravish yasash. Ravishlarning 

tuzilish jihatdan turlari: sodda, qo‘shma,   juft va takroriy ravishlar. 

20-mazu 


 

Ko‘makchilar. Ularning grammatik xususiyatlari, turlari: asl ko‘makchilar, ot ko‘makchilar, fe’l 

ko‘makchilar, Ko‘makchi va kelishik qo‘shimchalari. Ko‘makchi otlar.  


 

 

 



21-mazu 


 

Bog‘lovchilar.  Ularning  grammatik  xususiyatlari.  Bog‘lovchilarning  qo‘llanishiga  ko‘ra  turlari: 

yakka  bog‘lovchilar  va  takroriy    bo  g‘lovchilar.  Grammatik  ma’no  va  vazifalariga  ko‘ra 

bog‘lovchilarning  turlari:  teng  bog‘lovchilar  (biriktiruvchi,  zidlovchi,  ayiruvchi);  ergashtiruvchi 

bog‘lovchilar (aniqlov, sabab, shart va to‘siqsizlik, chog‘ishtiruv - o‘xshatish bog‘lovchilari.)  

22-mazu 


 

 

Yuklamalar.  Yuklamalarning  grammatik  xususiyatlari.  Yuklamalarniig  tuzilishiga  ko‘ra  turlari: 

so‘z  yuklamalar  va  affiks  yuklamalar.  Yuklamalarning  ma’no  turlari:  so‘roq  va  taajjub, 

kuchaytiruv va ta’kid, ayiruv va chegaralov, aniqlov, gumon, inkor yuklamalari.  

23-mazu 

 

Modal so‘zlar, ularning ma’no va grammatik xususiyatlari, sintaktik vazifalari.  

24-mazu 

 

Undovlar.  Ularning  grammatik  xususiyatlari.  Undovlarning  otlashishi,  sintaktik  vazifasi. 

Undovlarning turlari: his-hayajon (emotsional) va buyruq-xitob undovlari. 

25-mazu 


 

Taqlid so‘zlar. Ularning grammatik xususiyatlari, otlashishi, taqlid so‘zlarning sintaktik vazifasi; 

turlari: tovushga taqlid va shu’la-harakatga taqlid so‘zlar. 

 

1-mazu 



 

 

 



 

 

 



  

 

 



 

12- modul.Sintaksis. 

Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. So‘z birikmasi, gap bo‘lagi va gap sintaksisning tekshirish 

obyekti sifatida. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi; teng va ergash bog‘lanish haqida umumiy 

ma’lumot. Ergash bog‘lanish so‘z birikmasini hosil qiluvchi sintaktik munosabat ekanligi.  

So‘z  birikmasi.  So‘z  birikmasining  tuzilishi  va  grammatik  ma’nolari.  Birikma  tarkibidagi 

so‘zlarning  aloqa  turlari:  boshqaruv,  bitishuv,  moslashuv.  So‘z  birikmalarining  turlari:  hokim 

so‘zning qaysi so‘z turkumidan ekanligiga ko‘ra turlari (otli, fe’lli, ravishli, sifatli, modal so‘zli 

birikmalar). Tobe so‘zning sintaktik vazifasiga ko‘ra turlari (to‘ldiruvchili, aniqlovchili, holli so‘z 

birikmalari). Tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda so‘z birikmalari, murakkab so‘z birikmalari.  

2-mazu 


 

Gap. Gap - kommunikativ (aloqa) birlik sifatida. Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlari: darak, so‘roq, 

buyruq gaplar. His-hayajoniga ko`ra turlari: his-hayajonli (undov) gaplar, his-hayajonsiz gaplar, 

ularning turlari (darak-undov, so‘roq-undov, buyruq-undov gaplar).  

 

 

 



 

3-mazu 


 

Gap  bo‘laklari  haqida  umumiy  ma’lumot.  Ega  va  kesim  (bosh  bo‘laklar)  ikki  sostavli  gaplarni 

shakllantiruvchi  predikativ  birliklar  ekanligi.  Ega  va  uning  ifodalanishi.  Kesim,  uning 

ifodalanishi, tiplari: fe’l-kesim va ot-kesim; sodda va tarkibli kesim. Ega bilan kesimning orasida 

tirening ishlatilishi.  

4-mazu 


 

Gapning  ikkinchi  darajali  bo‘laklari  (to‘ldiruvchi,  aniqlovchi,  hol).  To‘ldiruvchi  va  uning 

ifodalanishi.  Vositasiz  va  vositali  to‘ldiruvchilar,  ularning  shakllanishi.  Aniqlovchi  va  uning 

ifodalanishi. Sifatlovchi, qaratqich va izohlovchilar  aniqlovchining turlari ekanligi. Hol va uning 

ifodalanishi,  turlari:  ravish  holi,  miqdor-daraja  holi,  payt  holi,  o‘rin  holi,  sabab  holi  va  maqsad 

holi. Gap bo‘laklarining joylashish tartibi. Inversiya. 

5-mazu 

 

Gapning uyushiq bo‘laklari; uyushishning ifoda vositalari: sanash ohangi va teng bog‘lovchilar. 



Uyushiq  bo‘lakli  gaplarda  umumiy  va  umumlashtiruvchi  birliklarning  qo‘llanishi.  Uyushiq 

bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.  

6-mazu 

 

Gapning  ajratilgan  bo‘laklari,  ularning  ajratilish  sabablari.  Ajratilgan  bo‘laklarning  turlari: 



ajratilgan ega, ajratilgan kesim, ajratilgan aniqlovchi (ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratqich, 

ajratilgan  izohlovchi),  ajratilgan  to‘ldiruvchi,  ajratilgan  hol.  Ajratilgan  bo‘lakli  gaplarda  tinish 

belgilarining ishlatilishi.  

7-mazu 


 

Gap  bo‘laklari  sanalmaydigan  birliklar  (so‘z  va  birikmalar)  haqida  ma’lumot:  undalma,  kirish 

so‘z,  kirish  birikma  va  kiritma  gaplar;  ularning  boshqa  gap  bo‘laklari  bilan  grammatik  jihatdan 

bog‘lanmaslik va o‘ziga xos ohang xususiyatlari. Ularda tinish belgalarining ishlatilishi. 

8-mazu 

 

Bir bosh bo‘lakli gaplar, ularning tiplari: egasiz va kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar. Egasiz bir 



bosh  bo‘lakli  gap  turlari  (egasi  topiladigan  va  egasi  topilmaydigan  gaplar).  Egasi  topiladigan 

gaplar:  shaxsi  aniq,  shaxsi  noaniq,  shaxsi  umumlashgan  gaplar.  Egasi  topilmaydigan  -  shaxssiz 

gaplar. Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gap - atov (yoki nominativ) gaplar va infinitiv  gaplar ekanligi.  

9-mazu 


 

Bo‘laklarga  ajralmaydigan  gaplar  (so‘z-gaplar),  ularning  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  To‘liq  va 

to‘liqsiz gaplar. To‘liqsiz gaplarning tuzilish va qo‘llanish xususiyatlari.  

10-mazu 


Qo‘shma gap. Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot. Komponent (qism)larning birikish usuliga ko‘ra 

 

 

 



 

qo‘shma  gap  turlari:  bog‘langan  qo‘shma  gap,  ergashgan  (ergash  gapli)  qo‘shma  gap,  bog‘lovchisiz 



qo‘shma gap.  

11-mazu 


 

Bog‘langan  qo‘shma  gap.  Bog‘langan  qo‘shma  gap  qismlarining  mazmun  munosabati.  Komponent 

(qism)lar orasidagi teng aloqa bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro bog‘lanish usuli ekanligi. 

Teng  bog‘lovchilar,  teng  bog‘lovchi  vazifasidagi  ayrim  yuklamalar,  "bo‘lsa",  "esa"  so‘z  shakllari   

bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar ekanligi. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari 

(komponentlari) orasida tinish belgilarining ishlatilishi.  

12-mazu 

 

Ergashgan qo‘shma gap. Ergashgan qo‘shma gap - bosh va ergash gaplarning tobelik munosabati 



asosida  vujudga  keladigan  sintaktik  birlik  sifatida.  Bosh  va  ergash  gap,  ularning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari.  Ergashtruvchi  bog‘lovchilar,  shu  vazifadagi  ayrim  yuklamalar,  ko‘makchilar, 

nisbiy so‘zlar, turli fe’l shakllari (fe’lning shart, buyruq-istak shakllari. shuningdek, ravishdosh, 

sifatdosh va to‘liqsiz fe’l ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar ekanligi.  

13-mazu 

 

Ergashgan qo‘shma gapning turlari: ega ergash gapli qo‘shma gap, kesim ergash gapli qo‘shma 



gap, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap, ravish ergash 

gapli qo‘shma gap, daraja-miqdor ergash gapli qo‘shma gap, payt ergash gapli qo‘shma gap, o‘rin 

ergash gapli qo‘shma gap, sabab ergash gapli qo‘shma gap, o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap, 

shart ergash gapli qo‘shma gap, to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap, natija ergash gapli qo‘shma 

gap. Bunday gaplarda ergash gapning bosh gapdagi biror  bo‘lakni (qismni) yoki butun bir bosh 

gapni  izohlash  xususiyati.  Ergashgan  qo‘shma  gap  komponentlari  orasida  tinish  belgilarining 

ishlatilishi.  

14-mazu 


 

Bog‘lovchisiz  qo‘shma  gap.  Intonatsiya  (ohang)  bog‘lovchisiz  qo‘shma  gap  komponentlarini 

o‘zaro  bog‘lovchi  vosita  ekanligi.  Bog‘lovchisiz  qo‘shma  gap  qismlarining  birikish  usullari 

(sanash va tobelanish ohanglari).  

15-mazu 

 

Bog‘lovchisiz  qo‘shma  gap  tarkibidagi  komponentlarning  mazmun  munosabati.  Bog‘lovchisiz 



qo‘shma gap turlari: bir tipdagi va turli tipdagi komponentlardan tuzilgan bog‘lovchisiz qo‘shma 

gaplar. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi. 

16-mazu 

 

Murakkab  qo‘shma gap. Murakkab qo‘shma gap uch va undan ortiq komponentlarning mazmun 



va ohang jihatdan bog‘lanishidan tuzilgan sintaktik birlik sifatida. Murakkab qo‘shma gaplarning 

turlari:  1)  bog‘langan  qo‘shma  gap  toifasidagi  (bog‘lanish  yo‘li  bilan  tuzilgan)  murakkab 

qo‘shma gaplar; 2) ergashgan qo‘shma gap toifasidagi (ergashish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab 

qo‘shma  gaplar :  a)  bir  necha  ergash  gapli  murakkab  qo‘shma  gaplar;  b)  bir  necha  bosh  gapli 

murakkab  qo‘shma  gaplar ;  3)  bog‘lovchisiz  qo‘shma  gap  toifasidagi  (bog‘lovchi  vositalarsiz, 

ohang  orqali  tuzilgan)  murakkab  qo‘shma  gaplar;  4)  aralash  tipda  tuzilgan  murakkab  qo‘shma 

gaplar. Murakkab (ko‘p komponentli) qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.  

17-mazu 


 

O‘zga  gap  va  undan  nutqda  foydalanishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  O‘zga  gap  turlari: 

ko‘chirma  gapli  qurilma,  o‘zlashtirma  gap.  Ko‘chirma  gapli  qurilmaning  tarkibiy  qismlari: 

muallif  gapi  va  ko‘chirma  gap,  ularning  o‘zaro  bog‘lanishi.  Ko‘chirma  gapning  muallif  gapiga 

nisbatan  prepozitiv,  postpozitiv  va  inpozitiv  holatlarda  qo‘llana  olishi  ko‘chirma  gapli 

qurilmalarning o‘ziga xos xususiyati ekanligi. O‘zlashtirma gap,  uning o‘ziga xos xususiyatlari. 

Ko‘chirma  gapli  qurilmalarda  tinish  belgilarining  ishlatilishi.  Ko‘chirma  gapli  qurilmalarni 

o‘zlashtirma gapga aylantirishning o‘ziga xos xususiyatlari 



 

1-mazu 


 

13- modul.. Punktuatsiya  (ishorat qoidalari). 

Ona  tili  punktuatsiyasining  asosiy  tamoyillari  (mantiqiy-grammatik  tamoyil,  uslubiy  tamoyil, 

differensiatsiya  tamoyili).  Ona  tilida  tinish  belgilari  va  ularning  tasnifi;  tinish  belgilarining 

qo‘llanish o‘rinlari. 

 

1-mazu. 


 

14- modul. Uslubiyat va uslubshunoslik. 

Nutq uslublari haqida ma’lumot. Uslubiyat turlari: leksik, fonetik va grammatik uslubiyat haqida. 



 

“Ona tili va adabiyot” fanining “Adabiyot” qismi nazariy  mashg‘ulotlari  mazmuni  

 

1- modul.  Kirish  

 

1-mazu.Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari.  



2-mazu.Bolalar kitobxonligi haqida. 

 

2- modul.  Bolalar folklori  



 

 

 



10 

 

1-mazu.Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot  namunalari bilan bog‘liqligi.  

2-mazu.Qo‘shiqlar. 

3-mazu.Maqollar. 

4-mazu.Topishmoqlar. 

5-mazu.Masallar. 

6-mazu.Tez aytishlar. 

7-mazu.Ertaklar. Adabiy ertaklar. 

          

3- modul.  O‘zbek  bolalar adabiyoti (umumiy tahlil) 

 

1-mazu.O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. 

2-mazu.O‘tgan asrning 30-40 –yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti. 

3-mazu.Hozirgi davrdagi o‘zbek bolalar adabiyoti. 

 

4- modul.  Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodi 

 

1-mazu.Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi dostonlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid 

g‘oyalar. 

2-mazu.Alisher  Navoiyning  pand-nasihat  mazmunidagi  asarlarida  ifodalangan  ijtimoiy-siyosiy,  axloqiy-

ta’limiy qarashlar. 

3-mazu.Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tarkibiga kirgan masallarda ilgari surilgan g‘oyalar. 

 

5- modul.  Abdulla Avloniy va Hamza ijodi 

 

1-mazu.A.Avloniyning  pedagogik  faoliyati.    Yangi  maktablar,  o‘quv  jarayonlari,  dars  uslubi  tashkil 



etishdagi  faoliyati.  

2-mazu. “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining ta’limiy va tarbiyaviy  ahamiyati.  

3-mazu.H.H. Niyoziy ma’rifati. Uning ta’limda joriy etilgan o‘qish kitoblari mohiyati. 

4-mazu.Hamza qalamiga mansub “Gul” turkumiga kiruvchi to‘plamlarining  badiiy ahamiyati. 

 

6- modul.  G‘afur G‘ulom va Quddus Muhammadiy ijodi 

 

1-mazu.G‘afur G‘ulomning bolalar uchun yozilgan she’rlarida ilgari surilgan g‘oyalar. 

2-mazu.G‘afur G‘ulomning nasriy asarlari o‘zbek bolalar adabiyotining ajoyib namunalari sifatida. 

3-mazu.G‘afur G‘ulomning ikkinchi jahon urushi davridagi ijodi. 

4-mazu.Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati.   

5-mazu.Shoir shehrlardagi musiqiylik.    

6-mazu.Q.Muhammadiy she’riyatida tabiatga munosabat; poetik obrazning  o‘rni hamda ahamiyati.   

 

7- modul.  Zafar Diyor va  Shukur Sa’dulla ijodi 



 

1-mazu.Zafar Diyorning hayoti va  ijodi. 

2-mazu.Zafar Diyorning “Mashinist” dostonida ilgari surilgan g‘oyalar. 

3-mazu.Zafar Diyorning she’riy asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi.  

4-mazu.Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi.  

5-mazu.Sh.Sahdulla ijodida hayotiy voqealarning haqqoniy badiiy tasviri, janr rang-barangligi  va badiiy 

xususiyatlari, obrazlar talqini, tarbiyaviyligi,  hayotiyligi. 

8- modul.  Sulton Jo‘ra va   Hakim Nazir ijodi 

 

1-mazu.Sulton Jo‘raning hayoti va  ijodi. 

2-mazu.Shoirning ilmiy-ommabop mavzulardagi she’rlarida ifodalangan g‘oyalar haqida. 

3-mazu.Sulton Jo‘raning vatanparvarlik mavzusida yozilgan asarlari tahlili. 

4-mazu.Hakim Nazirning hayoti va ijodi. 

5-mazu.Hakim  Nazirning  maktabgacha  va  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarga  bag‘ishlangan  asarlariga 

xos xususiyatlar. 


 

 

 



11 

6-mazu.Hakim  Nazirning  mehnat,  odob-axloq,  vatanparvarlik  mavzulariga  bag‘ishlangan  asarlarining 

ahamiyati haqida.   

 

9- modul.  Po‘lat Mo‘min va Qudrat Hikmat ijodi 

 

1-mazu.Po‘lat Mo‘minning hayoti va ijodi. 

2-mazu.Po‘lat Mo‘min ijodida odob-axloq mavzusi. 

3-mazu.Po‘lat Mo‘min – qo‘shiqchi shoir. 

4-mazu.Qudrat Hikmatning hayoti va ijodi. 

5-mazu.Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlari. 

6-mazu.Qudrat Hikmat dostonlarida ilgari surilgan g‘oyalar. 

 

10- modul.  Xudoyberdi To‘xtaboev va Farhod Musajon ijodi 



 

1-mazu.Xudoyberdi To‘xtaboyev hayoti va ijodi.  

2-mazu.  “Sariq  devni  minib”,  “Qasoskorning  oltin  boshi”,  “Besh  bolali  yigitcha”  asarlarining  badiiy 

xususiatlari. 

3-mazu.Farhod Musajon hayoti va ijodi. 

4-mazu.Farhod  Musajonning  maktabgacha  va  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarga  bag‘ishlangan 

hikoyalarida ilgari surilgan g‘oyalar. 

5-mazu.Farhod Musajon  - dramaturg adib.  



 

11- modul.  Miraziz A’zam  va Tursunboy Adashboyev ijodi 

 

1-mazu.Miraziz A’zamning hayoti va ijodiy faoliyati.  

2-mazu.M.Ahzam shehrlarida hayotga munosabat, ijtimoiy ziddiyatlarning badiiy talqini.  

3-mazu.Adib dramalarining  maktab sahnasidagi ahamiyati. 

4-mazu.Tursunboy Adashboyev ijodida ona-tabiat va Vatan madhi.  

5-mazu.T.Adashboyevning so‘nggi yillardagi ijodiy faoliyati.  

6-mazu.Shoirning ona-tabiat va Vatan mavzusidagi she’rlari badiiyati.   

 

12- modul.  . Qambar Ota va Muhammad Ali ijodi 



 

1-mazu.Qambar Otaning hayoti va ijodiy faoliyati. 

2-mazu.Qambar Otaning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan she’rlarining 

mavzu doirasi. 

3-mazu.Qambar Ota yaratgan doston va doston-ertaklarda ilgari surilgan g‘oyalar. 

4-mazu.Muhammad Ali yaratgan tarixiy romanlardagi bolalar obrazlari. 

5-mazu.Muhammad Alining ona-tabiat tasviri chizilgan asarlari. 

6-mazu.Muhammad Alining xalq afsonalari asosida yaratgan asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar. 

7-mazu.Muhammad Alining temuriylarga bag‘ishlab yozilgan romanlari haqida. 

 

13- modul.  Anvar Obidjon va Abusaid Ko‘chimov ijodi  

 

1-mazu.Anvar Obidjon ijodi o‘zbek bolalar adabiyotidagi yanigicha yo‘nalish sifatida.  

2-mazu.Anvar  Obidjon  she’rlarida  kitobxon  ongiga  ta’sir  qilish  emas,  qalbiga  yo‘l  topishga  bo‘lgan 

urinishlar. 

3-mazu.Anvar Obidjonning “Sen eshitmagan qo‘shiqlar” turkumi – o‘quvchilarning eng sevimli to‘plami. 

4-mazu.Anvar Obidjon – ustozlar e’tirofida. 

5-mazu.Abusaid Ko‘chimovning hayoti va ijodiy faoliyati. 

6-mazu.Abusaid Ko‘chimovning kichkintoylarga bag‘ishlangan she’rlarida ilgari surilgan g‘oyalar. 

7-mazu.Abusaid Ko‘chimov  ertak va dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari. 

 

14- modul.  . Hamza Imonberdiyev va Abdurahmon Akbarning ijodi 



 

1-mazu.Hamza Imonberdiyevning hayoti va ijodiy faoliyati. 

2-mazu.Hamza Imonberdiyev asarlarining mavzu doirasi. 


 

 

 



12 

3-mazu.Hamza Imonberdiyevning “Adolat kaliti” ertagida ilgari surilgan g‘oyalar. 

4-mazu.Abdurahmon Akbar ijodidagi rang-baranglik. 

5-mazu.Abdurahmon Akbarning qofiyali nasr(saj’) shaklidagi  turkumidagi  she’rlarning o‘ziga xosligi. 

6-mazu.Abdurahmon Akbarning Vatan, tabiat va bolalar o‘yinlari haqidagi she’rlari haqida. 

7-mazu.Abdurahmon Akbarning alifbo shehrlari haqida. 



 

15- modul.  Chet el bolalar adabiyoti 

 

1-mazu.Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili. 

2-mazu.Sharl Perroning bolalar zavq oladigan ertaklariga xos xususiyatlar haqida. 

3-mazu.Aka-uka Grimmlar  yaratgan ertaklarda ilgari surilgan g‘oyalar. 

4-mazu.Aka-uka Grimmlar  yozgan ertaklarda ulug‘langan yoki qoralangan fazilatlar va xislatlar haqida. 

5-mazu.Xans Kristian Andersen ijodining ko‘p qirrali va rang-barang ekanligi. 

6-mazu.Xans Kristian Andersen asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar. 

 

16- modul.  Rus yozuvchilarining bolalarga atab yozgan asarlari 

 

1-mazu.Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan ertak-dostonlarda ilgari surilgan g‘oyalar. 



2-mazu.Nikolay Alekseyevich Nekrasov hayoti va ijodi. 

3-mazu.Nikolay  Alekseyevich  Nekrasovning  bolalarga  atab  yaratgan  asarlarining  o‘ziga  xos 

xususiyatlari. 

 

17- modul.  Rus yozuvchilarining bolalarga atab yozgan asarlari(davomi) 

 

1-mazu.Lev Nikolayevich Tolstoy tomonidan yaratilagan “Yangi alifbo”  asari haqida. 



2-mazu.Lev Nikolayevich Tolstoyning “Mo‘ysafid olma ekdi” hikoyasida ilgari surilgan g‘oyalar haqida. 

3-mazu.Korney Ivanovich Chukovskiy ertak-dostonlarida ilgari surilgan g‘oyalar. 

4-mazu.Samuil Yakovlevich Marshak asarlarining janr jihatdan rang-barangligi. 

5-mazu.Samuil Yakovlevich Marshak asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar. 



Amaliy  mashg`ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar. 

 

1-modul. Fonetika    va orfoepiya 

Nutq  tovushlarning  tasnifi.  Unli  va  undosh  tovushlarning  tasnif  qilinadigan  belgi-xususiyatlarni 

bilish.  Ayrim  so‘z,  jumla  va  nutqiy  parchalardagi  unlilarni  aniqlab,  ularni  tilning  gorizontal, 

vertikal  harakatlariga  ko‘ra  hamda  lablar  ishtirokiga  ko‘ra  turlarga  ajratish  ustida  tahlil  qoliplari, 

mashqlar  va  testlar.  Berilgan  so‘z,  jumla  va  nutqiy  parchalardagi  undoshlarni  aniqlab,  ularni 

artikulyatsiya  (hosil  bo‘lish)  o‘rniga,  usuliga  ko‘ra  hamda  ovoz  va  shovqinning  ishtirokiga  ko‘ra 

tahlil qilish yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.  

 

Nutqning fonetik bo‘linishi, Nutqiy parchalarni jumla (fraza), takt (sintagma). fonetik so‘z, bo‘g‘in 



va tovushlarga bo‘la bilish ustida mashqlar va testlar. 

 

So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrata bilish, ularning turlarini aniqlash yuzasidan tahlil qoliplari,  mashqlar 



va testlar. 

 

Urg‘uning  fonetik  tabiatini  bilish.  So‘zlardagi  urg‘uli  va  urg‘usiz  bo‘g‘inlarni  aniqlash  ustida 



mashqlar;    jumlalardagi  mantiqiy  urg‘u  olgan  so‘zlarni  aniqlay  olish  yuzasidan  mashqlar. 

Urg‘uning ma’no ajratishdagi rolini aniqlashga oid tahlil qoliplari,  mashqlar va testlar. 

 

Nutq  jarayonida  tovushlarning  kombinator  va  pozitsion  o‘zgarishlariga  doir  tahlil  qoliplari, 



mashqlar va testlar.   

 

O‘zbek tilining orfoepik me’yorlari. O‘zbek tili adabiy talaffuz me’yorlarini bilish. Ayrim orfoepik 



me’yorlarning  orfografik  me’yorlarga  mos  kelish-kelmaslik  holatlarini  aniqlay  bilish.  Ayrim 

grammatik shakllarning talaffuzidagi variantlarini aniqlay bilish. Matnning fonetik tahlili. Fonetik 

tahlil elementlarini bilish va fonetik tahlil ko‘nikmasini hosil qilish. 

 


Download 450.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling