Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU Maktabgacha ta’lim yo`nalishi sirtqi bo`limi 20/11- guruh talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan sessiya oraliq nazorat ishi
27-variant
Topshiriqlar:
Matnni bo`g`inlarga ajratish va urg`usini qo`yish.
Tagiga chizilgan so`zni fonetik tahlil qilish.
Matndagi so`zlarni morfemik tahlil qilish.
Matndagi gaplarni so`z birikmasiga ajratib tahlil qilish.
Matndagi gaplarni sintaktik tahlil qilish
Matn.
1. - Davlat uchun qo`shinning ne darajada kerakli ekanini biz ham bilurmiz, - majlisga qarab gapirdi Navoiy. (O.) 2. Sultonmurod o`zini chetga olishga tirishsa ham, xalq to`lqini uni surib ketdi.(O.) 3. Tongda qirga ketgan podalarning kechda ma`rashib, bolalarini sog’inib yelib-yugurib qaytishlari qanday go`zal! (Sh.) 4. Dastani shu yerga tushiraman-u, nari yoqqa borib aravani yana Qoravoyga beraman. (S.Ahm.) 5. Shu asnoda dala yo`lidan chang va suron bilan paxta karvoni chiqib, katta yo`lga qo`shildi.(O.) 6. Hamma ham oshna bo`lsa, butun kollektiv bir og’ayni bo`lsa, qandoq yaxshi. (S.Ahm.) 7. Qancha qishloqlar yaralib, qancha-qanchasi yemirildi, qancha elatlar keldi, ketdi, qanchasi bir umrga turg'un bo`lib qoldi. (J.Abd.) 8. Namozi asrga yaqin olomonning g’azabi asta-asta sovuna boshlab, bir qismi tarqaldi. (O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |