Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 27.6 Kb.
bet2/6
Sana02.01.2022
Hajmi27.6 Kb.
#188907
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Matniyazova Hilola 192 gurux

III. Test tuzish

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bo`yicha 10 ta test tuziish



Javoblar

  1. Leksikografiya (leksika va ... grafiya) — 1) lugʻatlar tuzish, amaliy lugʻatchilik. Amaliy lugʻatchilik lugʻatlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: oʻz va oʻzga tillarni oʻrganish; ona tilini tavsiflash va meʼyorlashtirish (izohli, imlo va boshqa turdagi lugʻatlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni taʼminlash (ikki va koʻp tilli lugʻatlar, soʻzlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy oʻrganish (etimologik, tarixiy lugʻatlar) va boshqa L. lugʻat tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, maxsus yoki chet tilga mansub) soʻzning qanday maʼno anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo boʻlgan. Dastlabki tuzilgan lugʻatlar umumlashgan, universal xususiyatga ega boʻlgan (lugʻatlarning turli shakllari, koʻrinishlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan). Oʻzbek L.si tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asaridan boshlangan deb aytish mumkin. Ushbu lugʻat faqat soʻzlar va ularning maʼnolarini tavsiflab qolmasdan, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari, geografik joylashuvi kabi keng maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Shu bilan birga u dastlabki ikki tilli (turkiycha-arabcha) lugʻatlardandir. Mahmud Zamaxshariy oʻzining "Asos ul-balogʻa", "Muqaddimat ul-adab" asarlari bilan ham amaliy, ham nazariy L.ning rivojiga ulkan hissa qoʻshdi. Alisher Navoiy ijodiga boʻlgan katta qiziqish 15-asrdan keyingi davrda bir qancha lugʻatlarning yaratilishiga sabab boʻldi: "Abushqa" (16-asr, Turkiya) izohli lugʻati, Tole Imoni Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat", Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lugʻot", Mirzo Mahdiyxonning "Sangloh", shuningdek, Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma", "Sulaymon Buxoriyning "Lugʻati chigʻatoiy va turki usmoniy" ("Chigʻatoycha-turkcha lugʻat"), Ishoqxon Ibratning "Lugʻati sitta as-sina" ("Olti tilli lugʻat") kabi lugʻatlarini koʻrsatish mumkin. 19-asr oxiri va 20-asr 1-choragida turli xil sabab va ehtiyojlar, davr taqozosi bilan Turkistonda ikki tilli L. rivoj topdi, oʻnlab ruscha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-ruscha lugʻatlar, soʻzlashgichlar tuzilib nashr etildi. VM.Nalivkin va M.Na-livkinalarning 1884—1912 yillar mo-baynida bir necha marta nashr etilgan "Russko-sartovskiy i sartovsko-russkiy slovar" ("Ruscha-sartcha va sart-charuscha lugʻat"), Ashurali Zohiriy tomonidan 1927 yilda tuzilib, nashr ettirilgan 2 jildli "Ruscha-oʻzbekcha mukammal lugʻat" keyingi davrlarda Oʻzbekistonda yaratilgan ikki tilli lugʻatlar uchun asos boʻldi. Hozirgi kungacha 10 ga yaqin xorijiy til bilan oʻzbekchani qiyoslovchi koʻplab tarjima lugʻatlari, fan sohalariga oid 100 dan ziyod bir, ikki va uch tilli terminologik lugʻatlar yaratildi. Oʻzbek xalqi tarixida birinchi marta "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" tuzilib, nashr etildi (1981). 20-asr oʻzbek lugʻatchiligi rivojiga A.Zohiriy, A.Qodiriy, Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, S.Ibrohimov, Olim Usmon, Z.Maʼrufov, Sh.T. Rahmatullayev, N.Mamatov, A.Hojiyev, T.Aliqulov va boshqa munosib hissa qoʻshdilar. Respublika mustaqilligi tufayli oʻzbek L.si oldiga yangi davr talablariga javob beradigan ensiklopedik va lingvistik lugʻatlar yaratish vazifasi qoʻyilgan va bu vazifa oʻz oʻrni bilan amalga oshirilmoqda;2) tilshunoslikning lugʻatchilik nazariyasiga oid sohasi, lugʻatshunoslik; lugʻat turlari va ularni tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Nazariy L. bir qancha muammolarni qamrab oladi: lugʻatlarning umumiy tipologiyasini va yangi turdagi lugʻatlarni ishlab chiqish; lugʻat makrostrukturasini ishlab chiqish (soʻzlarni tanlab olish, soʻz va lugʻat maqolalarini joylashtirish tartibi, omonimlarni belgilash, lugʻat tarkibiga havola materiallarni kiritish); lugʻat mikrostrukturasini, yaʼni har bir lugʻat maqolasini ishlab chiqish (soʻzga grammatik va fonetik izoh berish, soʻz maʼnolarini ajratish va tasniflash, dalil sifatidagi illyustratsiyalar turlari, taʼriflash turlari, belgilar tizimi, soʻz etimologiyasi haqidagi maʼlumotlar) va boshqa L. tilshunoslikning barcha boʻlimlari, ayniqsa, leksikologiya bilan oʻzaro bogʻliq. L. ham amaliy, ham nazariy soha sifatid a leksikologiya, uslubshunoslik, fonetikaga hamda til tarixi, tilning grammatik qurilishi haqidagi taʼlimotga suyangan holda ish koʻradi. Zamonaviy L. muayyan davr jamiyatidagi bilimlar majmuini aks ettiruvchi lugʻatlarning muhim ijtimoiy vazifasini alohida qayd etadi. L. lugʻatlar tipologiyasini ishlab chiqadi. Shu jihatdan bir tilli L. (izohli va boshqa lugʻatlar), ikki tilli L. (tarjima lugʻatlar), oʻquv L.si (til oʻrganishga maxsuslashgan lugʻatlar), ilmiy-texnik L. (terminologik lugʻatlar) oʻzaro farqlanadi.



  1. Rus tilidan o’zlashgan so’zlar va ularning o’ziga xos xususyatlari

Rus tili (rus. Русский язык) — jahonda keng tarqalgan tildir. Rus tili Birlashgan millatlar tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biridir va tashkilotning ishchi tilidan biri sanaladi. Avval SSSRda, soʻng MDHda millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Ukrain va belorus tillari bilan birgalikda hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan tillarining sharqiy guruhini tashkil etadi. Oʻtgan asrning 80- yillaridagi maʼlumotlarga koʻra, rus tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 million kishidan, jumladan, hozirgi MDH mamlakatlarida 185 million kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 milliondan ortiq kishi rus tilida erkin soʻzlasha oladi. Rus tili juda uzoq va murakkab rivojlanish tarixiga ega. Eng qadimgi rus adabiy tili Kiyev Rusida shakllangan boʻlib, u 14-asrgacha sharqiy slavyanlar uchun umumiy til hisoblangan. 14—15-asrlarda qadimgi rus tili 3 tilga — velikorus (rus), ukrain va belorus tillariga boʻlinib ketadi. Shu davrdan boshlab rus tili boshqacha aytganda, velikorus tili markazi Moskva boʻlgan Rus davlati hududida rivojlana boshlaydi.

Rus tili lahja va shevalari 2 ga: shimoliy velikorus ("o" lovchi) va janubiy velikorus ("a" lovchi) guruhlariga boʻlinadi; oʻrta rus shevalari mazkur har ikkala guruh xususiyatlarini oʻzida aks ettiradi. 16— 17-asrlarda shimoliy va janubiy lahjalar chegarasida boʻlgan Moskvada oʻziga xos koyne (umumiy lahja) shakllanib, u namunali tilga aylanadi. Qadimgi rus tili xususiyatlarini saqlab qolgan adabiy til bilan soʻzlashuv tili oʻrtasida sezilarli tafovutlar paydo boʻlib, 17-asrdan boshlab rus millati va rus milliy tili shakllana boshlaydi. 17-asr oxiri — 18-asr boshidagi adabiy til boy va ifodali, koʻplab gʻarbiy yevropa oʻzlashmalariga ega esada, barqaror boʻlmagan. Uni tartibga solish va barqarorlashtirishda M.V. Lomonosovning xizmatlari katta boʻlgan. 19-asr boshlarida adabiy tilning xalqchilligi bosh muammo hisoblanib, bu muammoning yechimida I.A. Krilov, A.S. Griboyedov, ayniqsa, A.S. Pushkin ijodi alohida oʻrin tutadi. Ayni Pushkin ijodida umummilliy rus adabiy tilining shakllanishi yakun topadi. Pushkinning buyuk xizmati shundaki, uning ijodida adabiy rus tilining umummilliy meʼyorlari ishlab chiqilgan va mustahkamlangan hamda bu meʼyorlar Pushkinning zamondoshlari va undan keyingi avlod tomonidan qabul qilingan.

Adabiy tilning boyishiga 19—20-asrlardagi rus adabiyotining mumtoz vakillari ulkan hissa qoʻshdilar; 19 asrning 2-yarmidan boshlab uning rivojlanishiga yozuvchilar bilan bir qatorda jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalari ham katta taʼsir koʻrsatib kelmoqdalar. Oktabr inqilobidan soʻng oʻzgacha ijtimoiy tuzum, iqtisodiyot hamda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli rus tilida, ayniqsa, uning leksikasida sezilarli oʻzgarishlar paydo boʻldi, adabiy tilning umumiy demokratlashuvi kuchaydi. Rus tili flektivsintetik tillardan boʻlib, unda 3 ta grammatik jins turkumsi, otlarning 3 xil turlanishi, feʼllarning 2 xil tuslanishi mavjud; koʻmakchilar predlog koʻrinishida, yaʼni oʻzi bogʻlanadigan soʻzlar oldidan joylashadi. Hozirgi rus alifbosi Kirill yozuvi (kirillitsa)ga asoslangan (qarang Rus alifbosi). Unda bitilgan eng qadimiy yodgorliklar 11-asrga taalluqlidir. 20-asr oʻrtalaridan boshlab butun jahonda rus tilini oʻrganish keng tarqaladi. Rus tili dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda oʻqitiladi. 1967 yilda Rus tili va adabiyoti oʻqituvchilarining xalqaro assotsiatsiyasi, 1973 yilda A.S. Pushkin nomidagi Rus tili instituti tashkil etilgan. Sovet davrida Oʻzbekiston SSRda va ittifoqdosh respublikalarda rus tilini oʻqitishoʻrgatishga alohida eʼtibor berilgan.. Hozirgi paytda ham Oʻzbekiston respublikasida rus tilini oʻrgatish ahamiyati katta.


Download 27.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling