Ona tili va ingliz tili darslarini integratsiyalash


 Qaysi so‘zlar leksik (lug‘aviy) ma’noga ega?


Download 467.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/50
Sana19.01.2023
Hajmi467.3 Kb.
#1100865
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
Услубий курсатма Мухайёхон

4. Qaysi so‘zlar leksik (lug‘aviy) ma’noga ega?
A) mustaqil so‘zlar B) yordamchi so‘zlar
C) undov va taqlid so‘zlar D) mustaqil, undov va taqlid so‘zlar
5. Leksik ma’no bildirmaydigan so‘zlar turkumini toping.
A) son, olmosh, ravish B) ko‘makchi, undov so‘z, taqlid so‘z, son C) 
ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama D) undov so‘z, modal so‘z, ravish   
6. Grammatik ma’noga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping. 
A)  so‘zning shakliy qismi orqali ifodalangan ma’no B) so‘zning u yoki 
bu turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi ma’no C) so‘zlarning lug‘aviy (leksik) 
ma’nosiga qo‘shimcha tarzdagi va ular uchun umumiy bo‘lgan ma’no D) A,B, 
C.  
7. Qanday ma’no so‘zning bosh ma’nosi hisoblanadi?
A) so‘zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi B) so‘zning nutq 
tarkibidagi boshqa so‘zlar yordamida anglatiladigan ma’nosi C) so‘zning 
ko‘chma ma’nolaridan biri D) so‘zning gap tarkibidagi anglatgan ma’nosi   


14 
8. Qanday so‘zlar bosh ma’no va ko‘chma ma’nolarga ega?
A) bir ma’noli so‘zlar B) ko‘p ma’noli so‘zlar C) atamalar
D) barcha mustaqil so‘zlar   
9. 1. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 2. Meni boshqa tashkilotga 
ishga chaqirishyapti. 3.Ming qo‘ylining ishi bir qo‘yliga tushadi. Ushbu 
gaplarda qo‘llangan ish so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z 
hisoblanadi? 
A) sinonim so‘zlar B) omonim so‘zlar
C) antonim so‘zlar D) ko‘p ma’noli so‘zlar
10. Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda?
A) ko‘z, qosh B) og‘iz, bosh
C) etak, oyoq D) chumchuq, ravish 

Download 467.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling