5. Holat fe’llariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.
A) shaxslarning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar B)
narsalarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar C)
A, B D) shaxslarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi
fe’llar.
6. Quyidagi fe’llardan qay biri nutqiy faoliyat fe’llari guruhiga kiradi? 1)
gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq;
4) o‘qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq;
8) duduqlanmoq; 9) yurmoq;10) qaramoq; 11) fahmlamoq;
12) isitmalamoq
A) 8, 11,12. B) 1, 4, 5 C) 3, 4, 5, 11. D) 1, 2, 8.
7. Bo‘lishlilik shakli orqali bo‘lishsizlik ifodalangan gapni toping.
A) Men xalqni aldamoqchi emasman! B) Yordam bersangiz, kolxozni ko‘tarish
uchun kuchquvvatimni ayarmidim?! C) Tez orada uncha-muncha mexanikka gap
bermay qo‘yadi u ... D) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi.
8. Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo‘lishsizlik shakli
bilan omonim bo‘lolmaydi?
A) qaynatma (sho‘rva) B) sochma (o‘q)
C) suzma D) qo‘llanma
9. Bo‘lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang.
43
A) Otaqo‘zi shaharga kelsa, kirmay ketmaydi. B) U na o‘qiydi, na yozadi. C)
Bugungi ishni ertaga qo‘yma. D) Gapiradi-ya, gapiradi, gapirib bo‘pti.
10.Fe’l nisbatlarining ta’rifi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) Harakatning kim yoki nima tomonidan bajarilishini bildiruvchi fe’l shakllari B)
bajaruvchining holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi
fe’l shakllari
C) bajaruvchining harakat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi
fe’l shakllari D) B,C.
Do'stlaringiz bilan baham: |