18. Hozirgi-kelasi zamon fe’li qaysi qatorda berilgan?
A) ishlayman, o‘sadi, o‘qiysiz B) borar edi, o‘qir, ishlar edim
C) ko‘rganman, yuborgansiz, chaqirgan D) yozibman, kelibsiz, ekibdi
19. Eski o‘zbek tilida fe’lning qaysi shakli -sar tarzida yozilgan?
A) fe’lning sifatdosh shakli B) shart fe’lning shakli C) bunday shakl bo‘lmagan
D) kelasi zamon fe’li shakli
20. Buyruq-istak maylidagi fe’llar qatorini aniqlang.
A) o‘qisam, borsak, ko‘rmasa B) bildirmoqchi, chaqirmoqchiman, ishlamoqchimiz
C) ishlay, boraylik, aytsin D) isidi, ketadi, o‘qiyapti
21. Shart maylidagi fe’llarni toping.
A) tozalaysan, yig‘ishtirasan, tushuntirasan B) ochilsa, ko‘rsangiz, sezmasak C)
unutma, uyg‘otma, shoshilmaylik D) boryapman, eriyapti, qatnayapti
22. Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak! Ushbu gapda
to‘liqsiz fe’l qaysi turkumga oid so‘z bilan birga qo‘llangan?
A) ot B) ravish C) son D) sifat
23. To‘liqsiz fe’llar uchun xos bo‘lmagan xususiyat qaysi javobda berilgan?
A) To‘liqsiz fe’llar mustaqil ma’noga ega emas. B) To‘liqsiz fe’llar otlar bilan
ham, fe’llar bilan ham qo‘llana oladi. C) Ular bo‘lishsizlik, nisbat, zamon kabi
ma’nolarga ega bo‘la oladi. D) To‘liqsiz fe’l uyushiq kesimlar uchun umumiy
bo‘lganda, oxirgi kesim tarkibida qo‘llanadi
24. U imtihonlardan muvaffaqiyat bilan o‘tgach, sevinchi ichiga sig‘may,
uylariga qaytarkan. Mazkur gapdagi to‘liqsiz fe’lni toping.
A) To‘liqsiz fe’l ishtirok etmagan B) o‘tgach
45
C) sevinchi ichiga sig‘may D) qaytarkan
25. U devordan oshib tushdi. Ushbu gapdagi tushdi fe’li qanday fe’l
hisoblanadi?
A) mustaqil fe’l B) ko‘makchi fe’l C) qo‘shma fe’lning tarkibiy qismi D) oshib
tushdi birgalikda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |