Bitiruv malakaviy ishning predmeti.
Umumiy o`ta ta`lim maktablarida keng qo’llanilayotgan eng samarali metodlar asosida darslarni tashkil qilish, noan`anaviy usullardan o`rinli foydalanish metodlarini ishlab chiqish va uni hayotda tadbiq etishdir. Vaholanki, boshlang`ich sinflar ona tili darslarida o`quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlashda turli-tuman qiziqarli texnologiyalarni qo`llash o`quvchilar faolligini ta`minlaydi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida imloviy bilimlarni yanada takomillashtirish uchun har jihatdan samarali bo`lgan dars uslublarini ishlab chiqish, tajriba –sinov darsida ko`proq samarali deb baholangan usullarni tadbiq qilish mazkur ish alohida alohida turgan eng muhim maqsaddir.
Bunday usullar jumlasiga grammatik o`yinlar, testlar, diktant turlari, boshqotirmalar mansub bo`lib, ulardan ona tili darslari uchun maqsadga muvofiqlarini tanlab olish lozim.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda 3-sinf o`quvchilari uchun tushunarli bo`lgan materiallar asosida imloviy bilimlarni takomillashtirish samarali deb topilgan uslublarni to`pladik va bu usullarni dars jarayonida qo`llash metodikasini bayon qildik.
Ishda qo`laniladigan metodlar.
Mazkur ishni yozish jarayonida o`qitishning umumdidaktik tamoyillari asosida qo`llaniladigan metodlardan foydalandik:
- dastlab o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib adabiyotlar bilan ishlash metodidan;
- o`quvchilarning qiziqish va istaklarini hisobga olib suhbat metodidan;
- o`quvchilarning o`zlashtira olish qobiliyatiga mos ravishda ta’lim texnologiyalaridan hamda didaktik o`yinlardan;
- ona tili ta’limida muhim bo`lgan mammoli ta’lim metodidan;
- shu bilan birga, zamonaviy pedagogik texnologiya usuli hisoblanmish interfaol metodlardan foydalandik.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati.
BMI ning amaliy ahamiyati shundan iboratki, uning xulosalaridan umumiy o`rta ta’lim maktablarining boshlang`ich sinf o`qituvchilari dars iishlanma tuzishlari uchun, oliy o`quv yurti talabalari kurs ishlari tayyorlashda, ma’ruza matnlari tuzish kabilarda foydalanishlari mumkin.
Ushbi BMIda yil davomida olib borilgan pedagogik amaliyot natijalaridan, Termiz shahridagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchilarining uzoq yillik ish tajribalaridan, markaziy metodik jurnal va gazeta materiallardan, ilmiy-amaliy konferensiy maqola va tezislaridan unumli foydalandik. Bitiruv malakaviy ishida, shuningdek, internet sahifalarida e`lon qilinayotgan yangiliklardan ham imkon qadar foydalandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |