Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida didaktik materiallardan foydalanish


Download 114.5 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1149877
1   2   3
Bog'liq
DIDAKTIK MATERIAL

Elektron darslikda fan mazmuni quyidagicha ifodalanadi: o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklida; multimedia qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli, video, animastiya va qisman verbal (matn) shaklida; taktil (his qilinuvchi) xususiyatli, biror jarayonning amalga oshish faoliyati yoki ob’ektning harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Videofilm – boshlang‘ich ta’lim o‘quv kursining biror bo‘limi yoki mavzusini oynaijahon orqali ko‘rsatishga moslashtirilgan videotasvir asosida yaratilgan metodik vosita hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta’limdan audio darslarni ishlab chiqish o‘quvchilarga ta’lim mazmunini o‘zlashtirish, atrof-muhitga hissiy-qadriy munosabatni tarkib toptirishga mo‘ljallangan metodik vositani yaratishdir.
Audio darsni ishlab chiqish aniq ifodalangan “personajli” xarakterga ega bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun, ayniqsa, syujetli, rolli o‘yin texnologiyalari asosida o‘simlik, hayvon personajlarini yaratish, material mazmunini ochib berishda personajlarining ovozlari o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun bir-biridan farqli bo‘lishi kerak. O‘quvchilarga materialni eshittirish orqali ular tomonidan mavzu mazmunini bemalol tushunishlariga imkoniyat yaratiladi.
Audio va videokassetalar, videodisklarda o‘quv materiallari joylashtirilib, o‘quvchilarning alohida yoki jamoaviy qo‘llashlari uchun o‘quv xonalariga qo‘yiladi. Jamoaviy foydalanilgan holda, o‘quvchilar orasida muloqot va muhokama etish imkoniyati ham mavjud.

Darsliklar o‘quv materiallarining mazmuni va metodik strukturasi qanchalik mukammal, to‘g‘ri, ilmiy asoslangan (yangi pedagogik texnologiyaga rioya qilingan) va amaliyotda tekshirib ko‘rilgan bo‘lsa, o‘qituvchining kafolat bilan yuqori samarali dars berishi shunchalik aniq bo‘ladi. Mazkur o‘rinda o‘qituvchining kasbiy mahorati, u tomonidan dars loyihasi hamda o‘quv materiallarini tarkiblashtirish shakl, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlay olishi ham muhim o‘rin tutadi. O‘quv faoliyatini boshqarish, o‘quvchilarning o‘quv materiallarini DTS talablari darajasida o‘zlashtirishlari, shuningdek, ularning bilish tafakkurini kengayishida o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, ijodiy izlanishi, o‘quv jarayonini loyihalash va uning bosqichlarini to‘g‘ri belgilay olishi katta ahamiyatga ega.
Dars jarayonida o‘quvchilar diqqatini yo‘naltirishga imkon beradigan muammoli vaziyatlarning yaratilishi, muammoning qo‘yilishi, avval o‘rganilgan materiallarni eslash, yangi material mazmunida ilgari surilayotgan asosiy g‘oyalarni mustaqil ravishda ajratish, ziddiyatlarni oqilona hal etish va ularning ijodiy izlanishga undash mavjud imkoniyatlarning kengayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqil faoliyatni tashkil etish va o‘quvchilar harakatini boshqarish o‘qituvchining o‘quv materiali mohiyatini mantiqiy tahlil qilishdan boshlanadi. Shu tarzda o‘qituvchi bir soatlik dars loyihasini ishlab chiqadi. Dars loyihasini ishlab chiqishda uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ketma-ketlik, uzviylik, darsning aniq maqsadi, o‘quv materialining mazmuni, o‘quvchilarning yosh, psixologik va fiziologik xususiyatlari hamda maktab sharoiti hisobga olinadi.
O‘rganiladigan tabiiy hodisalar, nazariya, qonun va jarayonlarning mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirishda fanlararo uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash o‘quv materiallarini yuqori darajada o‘zlashtirishga yordam beradi. Boshlang‘ich sinf darsliklari o‘quv materiallari tarkibining mantiqiy izchilligi uni tashkil etgan tushuncha va fikrlarning ichki aloqalarini ochib beradi. O‘quv materiallarini loyihalash o‘quvchilarga mavzular doirasida yoritilayotgan asosiy tushuncha va fikrlarni ajrata olish, ular o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlarni aniqlashga yordam beruvchi topshiriqlarning vositasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish hamda bilimlarni uzoq muddat esda saqlab qolishlariga yordam beradi.
Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling