Ona tilida tinish belgilari va ularning tasnifi; tinish belgilarining qo‘llanish òrinlari Reja
Download 116.5 Kb.
|
Ona tilida tinish belgilari
Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyani vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.
Hozirgi oʻzbek yozuvida Tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, soʻroq belgisi undov belgisi, vergul, qavs, tire, koʻp nuqta, nuqtali vergul, qoʻshtirnoq. Ularning aksariyati 19-asr 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo boʻlgan. Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap boʻlagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subʼyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi T.6.: nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp nuqta) va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga koʻra, Tinish belgilari 3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish belgilari (nuqta, soʻroq va undov belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq, qavs, kup nuqta). Tinish belgilari ning qoʻllanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi. Tobe va teng bog’lovchi vositalar bir xil semantik munosabatni ifoda etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma‘no kuchli yoki kuchsizligi bilan farqlanadi: Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi - Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi. Har ikkala qo’shma gap a‘zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati mavjud. Gaplarning ikkinchisida u kuchli, birinchisida kuchsiz. Gaplarning propazitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat va bog’lovchisi buni kuchsiz, shuning uchun bog’lovchisi kuchli namoyon qilgan. 2.Sodda gapdagi teng bog’lanish qo’shma gapdagi teng bog’lanishga nisbatan mustaqildir. Chunki sodda gapda teng bog’lanish uyushuvlik bilan «yo’ldoshdir». U sodda gapni kengaytirish, axborotni murakkablashtirish vazifasini bajarsa, qo’shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi. 3.Tenglanish va tobelanish aloqalari ifodalaydigan ma‘noviy munosabatlari jihatidan sodda va qo’shma gap farqlanadi. Sodda gapda bog’lovchisizlik, asosan, tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo’laklarda yuz beradi. So’z tarkibidagi grammatik vositali tobelashishni bog’lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib bo’lmaydi. Qo’shma gapda esa ergash gapli qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham, bog’langan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham bog’lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa turi bog’lovchisiz aloqadir.1.Botirlari kanal qazadi, shoirlari g’azal yozadi. (H.O.)2.Bor boricha, yo’q holicha.3.Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol.) 4.Yuragida qanday dard bor - mana bu menga sir. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o’zaro tobe yoki teng bog’lovchi vositalarisiz birikadi. Qo’shma gaplardagi formal-funktsional yondashuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli gaplar qo’shma gap sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, modallik/mayl (kesimlik) ma‘nolari birdan ortiq ifodalanadi. Bu esa semantik nuqtai nazardan ularning har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi. Qo’shma gaplar tarkibiga kiruvchi sodda gaplar orasida teng yoki tobe sintaktik aloqa mavjud bo’ladi. Agar u teng bog’lovchi yordamida amalga oshirilgan bo’lsa, tenglanish deyiladi. 1.O’g’lim keldi va tuyni boshlab yubordik. 2. Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi. To’g’ri, gaplar orasida sabab-oqibat aloqasi mavjud va gapni mazmunan tobe-hokim gaplarga kiritish mumkin. Biroq gaplarda mazmunan tobelik, shaklan tenglik mavjud bo’lganda, formal yondashuv gaplarni teng munosabatli qo’shma gap sifatida qaraydi. Shu boisdan bog’lovchili qo’shma gaplar bog’lovchilarning tabiatiga ko’ra bog’langan qo’shma gaplar va ergash gapli qo’shma gaplarga ajraladi. Sodda gaplardagi tenglashish va tobelanish qo’shma gaplardagi tenglashish va tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda qo’rinadi: 1.Sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga keltiradi. Aniqrog’i, teng aloqa uyushiq bo’laklarni o’zaro bog’laydi:1.Yashil o’rmonlar va qorli tog’lardan o’tdik. 2.Javohir o’qir va yozar edi. So’z birikmalarini faqat tobe aloqa vujudga keltiradi: kitobning varag’i, kitobni o’qimoq kabi. Foydalanilgan adabiyot: Gussenxoven va Jeykobs 2017 yil, p. 64-65. ^ Gussenxoven va Jeykobs 2017 yil, p. 72-73. ^ Gussenxoven va Jeykobs 2017 yil, p. 65. ^ Gussenxoven va Jeykobs 2017 yil, p. 66-81. ^ Godsave, Bryus. 1974. Barmoq imlosidagi xatolarni yozish va turkumlash uchun ma'lum bir o'ziga xos xususiyat matritsasidan foydalanish maqsadga muvofiqligini tekshirish. Cincinnati universiteti, doktorlik dissertatsiyasi. ^ p. 73. Norrik, Nil. 1985 yil. Maqollar nimani anglatadi: inglizcha maqollarda semantik tadqiqotlar. de Gruyter. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling