Ona tilidagi she’riyat
I BOB. she’riyatning tuzilishiga ko’ra turlari
Download 200.5 Kb.
|
Ona tilidagi she’riyat
I BOB. she’riyatning tuzilishiga ko’ra turlari
milliylik va poetik til Mohiyatan umuminsoniyatga daxldor boʻlsa-da, adabiyot milliy shaklda namoyon boʻladi. Oʻzida millatning ruhini ifodalaydi. Bu xususiyatlar sheʼriyatda, ayniqsa, yaqqolroq boʻy koʻrsatadi. Zamonlar oʻrin almashaveradi, tafakkur, taxayyul evrilaveradi, sheʼriyatda surat – shakl yangilanaveradi… Bundan qatʼi nazar, har qanday holda adabiyotning, sheʼriyatning darajasi ikki mezon – milliy ruh va mahoratga koʻra belgilanadi. Oʻtgan 2013 yil ham sheʼriyatimiz uchun yutuqlarga boy keldi, deyish mumkin. Besh jildli “Ozod Vatan saodati” antologiyasi nashrini yilning eng eʼtiborli hodisasi sifatida baholash zarur. Antologiyaning birinchi jildi mustaqillik davri sheʼriyatiga bagʻishlandi. Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov singari adabiyotimizning ulkan namoyandalari asarlari bilan ochilgan antologiyadan 110 shoir ijodi namunalari oʻrin oldi. Ushbu nashrga katta avlod shoirlar bilan bir qatorda Ikrom Iskandar, Xosiyat Rustamova, Gʻayrat Majid, Guljamol Asqarova singari yosh ijodkorlar asarlari kirgani milliy sheʼriyatimiz rivojiga navqiron isteʼdodlar ham munosib hissa qoʻshayotganidan darak beradi. Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfining uch sheʼriy toʻplami nashr etilgani ijodkor xotirasiga koʻrsatilgan munosib hurmat samarasidir. Hajmi, saviyasi turlicha boʻlgan 100 ga yaqin sheʼriy toʻplam chop etilgani 2013 yilgi nazmiy xirmonimizning barakali boʻlganidan dalolat beradi. Tabiiyki, bu toʻplamlarning barchasini tahlil etish imkoniga ega emasmiz. Muayyan sabab bilan bizning qoʻlimizga yetib kelmagan diqqatga sazovor biror toʻplamga munosabat bildira olmasak, avvaldan uzr soʻraymiz. Shunga koʻra, oʻtgan yilgi toʻplamlar misolida sheʼriyatimizga xos yetakchi tamoyillarni ajratib koʻrsatishga, shu asosda fikr yuritishga harakat qildik. Bu tamoyillar nimalarda koʻrinadi? Biz ularni shartli ravishda toʻrt guruhga ajratdik: 1) milliylik; 2) poetik til meʼyori; 3) obrazlilik; 4) tuygʻuning samimiyligi tamoyillari. Download 200.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling