Ona tilidan mavzuiy testlar to‘plami I fonetika


Download 0.61 Mb.
bet21/31
Sana25.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1231340
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
testlar to\'plami KITOB-1-KALIT(Fonetika, leksikologiya)

LEKSIKOLOGIYA (umumiy)

1. Ko‘chma ma’noga berilgan misolni aniqlang.


A) daraxtning uchi B) qozonning qorasi
C) kumush qish D) ko’rkam tabiat


2. Tong so’zining antonimini aniqlang.
A) sahar B) shom
C) oqshom D) bu so’zning antonimi mavjud emas

3. O‘z ma’noga berilgan misolni aniqlang.


A) og’ir xo’rsinish B) jonli ijro
C) filning qulog’I D) ariqning labi

4. Tamom, endi bu hayotning ismi armondir,


armon
Feruzaxon kelin bo`ldi: yig`lab qoldi
Oqqo`rg`on.
Ushbu misralarda ma’no ko`chishining qaysi usuli qo`llangan?
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

5. Lek Navioydek bobom bor…


Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) vazifadoshlik D) o’xshatish

6. Doniyor do’stimiz bir yil ichida ko’tarilib ketibdi.


Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

7. So'z eskiradi, tushuncha esa saqlanadi va u boshqa so'z bilan nomlanadi.


Gap qanday so'zlar ustida boryapti?
A) arxaik so'zlar B) tarixiy so'zlar
C) neologizmlar D) jargonlar

8. Yo’l bo’lsin, qizil qalpoqcha, buvingnikiga somsa olib ketyapsanmi?


Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

9. Qaysi omonim so’z ikkidan ortiq ma’no anglatadi?


A) et, kul, osh B) tuz, tush, och
C) ko’r, tosh, bez D) yoq, o’t, yoz

10. Kamonning o’qi – aravaning o’qi


Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

11. Shohrux repper o’z konsertida qo’shiqlarni jonli ijro etdi.


Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) vazifadoshlik D) sinekdoxa

12. Qizilidan quy.


Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora
B) metonimiya
C) vazifadoshlik
D) sinekdoxa

13. Uslubiy betaraf so’zlarni aniqlang.


A) yong’oq, shirin, muhofaza
B) tomir, soch, moviy
C) televizor, archa, oson
D) yaproq, dushvor, raqqosa

14. To’qson besh choy


Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora
B) metonimiya
C) vazifadoshlik
D) sinekdoxa

15. Jamiyat a'zolari ishlatadigan so‘zlardan ma'nosi maxsuslashtirilib qabul qilingan atamani toping.


A) undalma B) o‘timlilik
C) qo’shimcha D) kasr

16. Ha, “boyvachcha”, qorningiz to’yib qoldimi?


Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) kinoya D) sinekdoxa

17. O‘zaro antonim so‘zlar berilgan qatorni toping.


A) bebosh – boshsiz B) ketma - kelma
C) chor – nochor D) yiqilmoq - turmoq

18. Osmonga tikilar million juft ko’zlar.


Ma’no ko’chishi turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya
C) kinoya D) sinekdoxa

19.

20. Qo’y, sovliq, qorako’l so’zlari o’zaro qanday so’zlar hisoblanadi?
A) omonim B) sinonim C) antonym D) uyadosh

21. Omonim so’z berilmagan bandni belgilang.


A) qon B) so’l C) asal D) may

22. So’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi qanday ma’no sanaladi?


A) grammatik ma’no B) qo’shimcha ma’no
C) o’z (bosh) ma’no D) uslubiy ma’no

23. Qaysi qatorda omonim so’z berilgan?


A) kunda B) gard C) nazar D) dard

24. Narsalar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlik asosida ma’no ko’chishi qanday nomlanadi?


A) vazifadoshlik B) metafora
C) sinekdoxa D) metonimiya

25. Qaysi juftlik sinonim emas?


A) ko’ppak-it B) ko’lanka-soya
C) nasim-shabada D) nufus-obro’

26. Omonim so’z berilgan bandni belgilang.


A) qars B) mast C) ko’l D) siz

27.

28. Affiks omonimiya…
A) borma – qarama B) baquvvat – quvvatsiz
C) yig’in – to’lin D) oyi – oyi (yanvar oyi)

29. Omonim so’z berilgan bandni belgilang.


A) on B) o‘y C) bosh D) sal

30. O’tamoq (begona o’tlardan tozalamoq) – o’tamoq (xarbiy xizmatni o’tamoq ) so’zlari qaysi bandda to’g’ri izohlangan?


A) bir so’zning ikki xil bosh ma’nosi
B) ikki so’zning shakliy tenglik hosil qilishi
C) bir so’zning turli ma’nolari
D) birdan ortiq so’zning shakl va ma’noda teng kelishi

31. Yaqin so’ziga sinonim bo’la oluvchi so’z qaysi bandda berilgan?


A) chuqur B) toza C) qalin D) jadal

32. Qaysi juftlik paronim emas?


A) yoriq-yorug’ B) yuvindi-yuvundi
C) archish- artish D) o’tirmoq- o’ltirmoq

33. Grammatik ko’rsatkich qo’shilganda omonimligini qisman saqlab qoluvchi so’z…


A) bog’ B) tortmoq C) chang D) o’t

34.


35. Gap (nutq birligi), gap ( ziyofat ) omonimlari qanday hosil bo’lgan?


A) boshqa tildan so’z olish hisobiga
B) polisemantik so’zlar orasidagi ma’noviy bog’lanish uzilishi natijasida
C) grammatik qo’shimchalar qo’shilishi natijasida
D) yangi leksema yasalishi natijasida

36. Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud?


A) Bir so‘m qarz berib, ikki so‘m qilib oladigan
sutxo‘rlar ko‘payib ketgan.
B) Hiyla-nayranglaring endi o‘tmaydi, xo‘pmi?
C) Yonida quroli bor-yo‘qligidan qat’i nazar qo‘lga olinglar.
D) Qars ikki qo‘ldan chiqadi.

37. Olinma (o’zlashma) so’z bilan o’zbekcha so’zning omonimlik hosil qilishiga qaysi bandda misol keltirilgan?


A) atlas B) qo’y C) ko’k D) tosh

38. Grammatik qo’shimcha qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan omonimni toping.


A) uloq B) qazilma C) changni D) qo’llanma

39. Qaysi qatordagi gapda paronimlarni qo`llash bilan bog`liq xatolik mavjud?


A) To`rt devor asiri bo`lib o`tirishdan cho`lga borib ishlashni afzal ko`rdi.
B) Kampir bolalarga bir qisimdan turshak berib, ularni maqtay ketdi.
C) Saraton quyoshi adirdagi o`t-o`lanlarni quritdi.
D) U ko`cha tomonga qaragan edi, dutor, tambur, g`ijjak, nay, doira ko`tarib kelayotgan kishilarni ko`rdi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling