Ona tilim -sen ruhimning qanoti


-o`quvchi: Saodat baxsh rux ziloliga manba’ ham til,shaxovat naxs kavkabiga matla’ ham til. 5-o`quvchi


Download 26.55 Kb.
bet5/5
Sana20.10.2023
Hajmi26.55 Kb.
#1713661
1   2   3   4   5
Bog'liq
ONA TILIM

4-o`quvchi: Saodat baxsh rux ziloliga manba’ ham til,shaxovat naxs kavkabiga matla’ ham til. 5-o`quvchi: Yomon tillik ,andox kim er kungliga jarohat yetkurur,uz boshiga ham ofat yetkurur. 6-o`quvchi: Tiling bila ko`nglimni bir tut,kungli-yu tili bir kishi aytgan so`zga but.!
1-boshlovchi:Endi navbatni ona tilimizni madh etuvchi she’rlarga bersak,marhamat!
ONA TILIM
Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,
O‘lib qolganmishman tushda nogahon.
Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh tig‘ida,
Tog‘lar orasida yotibman bejon.
Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,
Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.
Men esam o‘ylayman yotib tuproqda,
Mana shu tuproqqa qo‘shilar xokim.
Men o‘lib yotibman kimsasiz, unut,
Hech kimsa qayg‘urmas va chekmas yohu.
Faqat cho‘qqilarda qurqurar burgut.
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.
Navqiron yoshimda bo‘ldim-ku ado,
Otash yuragimni o‘ydi axir o‘q.
Na onam, na yorim beradi sado,
Do‘st tugul, hattoki yig‘ichi ham yo‘q.
Fig‘on otiladi jonsiz bag‘rimdan,
(Go‘yo fi g‘on bordek murda dilida.)
Shu payt ikki kishi o‘tdi naridan,
Quvnoq suhbat qurib avar tilida.
Men-ku bu dunyodan ko‘z yumdim mangu,
Ular kulib-kulib so‘zlashar borin.
Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,
Qandaydir Alining sho‘x kirdikorin.
Avar so‘zin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga Masihdir shu ona tilim.


1-boshlovchi: Aziz mehmonlar, shu bilan bugungi bayram tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.
Ulug‘ ajdodlarimiz, ota bobolarimiz so‘zlashgan til – bizning yuragimizda ildiz otgan daraxtga o‘xshaydi. Bu daraxt doimo yashnab turmog‘i kerak. Uni ulug‘ ajdodlar qadrlagandek sevishimiz, boyishiga hissa qo‘shishimiz bilan birga, tilimizdagi jozibador so‘zlarning talaffuzini buzmasdan so‘zlashishimiz kerak.
2 – boshlovchi: Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.
Sahnada Murodjon va Ziyoda tomonidan Feruza Karimova va Yusufbek Nurmatovlarning ,,Vatanim’’qo’shigi ijro etiladi.
1-boshlovchi:Endi so’z navbatini maktabimiz rahbari Sharipova Umida Tolibjonovnaga beramiz.
2-boshlovchi:Ma’rifiy-ma’daniy o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Nizomova Feruza Kamolovnaga so’z navbatini beramiz.
Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling