Ona tilim jarangi olam uzra taralgay


Download 27.55 Kb.
bet3/4
Sana11.10.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1697352
1   2   3   4
Bog'liq
Ona-tilim-jarangi-olam-uzra-taralgay-mavzusida-bayram

______________
Har so‘zida ilohiylik bor,
Haq Ollohdan bir vahiylik bor.
Bag‘rikenglik, zo‘r saxiylik bor,
Imonimsan, o‘zbek tilim, o‘zbek tilim.
Allasiga duo qo‘shilgan,
Lafzlariga shifo qo‘shilgan.
Ezgu tilab – nido qo‘shilgan
Senda – hayot.
Senda – baxt yo‘lim,
O‘zbek tilim, o‘zbek tilim.
_____________
Hamid Olimjonlar kuylagan Vatan,
Ruhlari hali ham tinchlik bermaydi.
Aylanay o‘zbegim aytgan so‘zidan,
Yurtim tuprog‘ida oltin gullaydi.
Hamma sharofatlar mustaqillikdan,
Bugunda o‘zbekni dunyo taniydi.
Qodiriy, Cho‘lpon-u, Usmon Nosirlar
Bu kunni bir kelib ko‘rsa qaniydi.
_____________________
Ona tilim, oy tilim,
Sen bilan mag‘rur elim.
O‘lmasin, iftixorim,
Ko‘rkam, mangu bahorim.
Kim tinglasa o‘ylatgan,
Buyuklarni so‘ylatgan.
Tillar ichra boy tilim,
Go‘zallikka oy tilim.
Men chaqaloq pallalar,
Onam aytgan allalar.
Bilan singding qonimga,
Hamda shirin jonimga
Jahonda eng boy tilim,
Go‘zallakda oy tilim.
___________________
Paxtalar xalqimning dilidek jo‘shqin,
Bahordek ilhombaxsh, ona tilimsan.
O‘zbekcha hse’r o‘qir Lermontov, pushkin,
Tuganmas xazina, bitmas bilimsan.
Navoiy g‘azalin har bir satrida,
Nafosat, go‘zallik shu tilga xosdir.
Shunchalar ma’no bor so‘zning atrida,
Har bir so‘z durdona yoki olmosdir.
___________________
Ona tilim, sen ruhimning qanoti,
Abu turk nafasi, Oltoy chechagi.
Xun davridan omon keldi G‘iroting,
Qutlug‘ Enasoyning ezgu ertagi.
O‘rxun bo‘ylarida toshga aylanding,
Ko‘klarga sanchilding, turon bo‘lding, sen.
Mangulik safarga qachon shaylanding,
Qachon bu olamda kuchga to‘lding, sen.
_____________________
Beshik quchib, munisam onam,
Alla aytdi singding quloqqa.
Ona tilim seni o‘xshatdim,
Zilol suvga, chashma buloqqa.
Navoiyni tanidi olam,
Sen tufayli jonajon tilim.
Uvaysiyning kamoli bo‘lib,
Yuraklardan mangu olding joy.
Nodiraning salomi bo‘lib,
Oy misoli taratding chiroy.
Sendan chiqdi tillari zukko,
Bo‘lsa neki o‘zbekda daho.
Oq sut kabi poksan, sen tilim,
Onam kabi bebaho tilim.
_____________________
Ona tilin tinglab, kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim.
Meni tuzatolmas hech dori-darmon.
Jonimga masihdir shu ona tilim.
Mayli qashshoq bo‘lsin, mayli behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbarida yangramasa ham,
Ona tilim menga muqaddas, buyuk!
1-boshlovchi: Ota-bobolarimiz tilga ehtiyot bo‘linglar, kishi dilini og‘ritadigan, ko‘nglini qoldiradigan, izzat-nafsiga tegadigan, or-nomusi, sha’nini oyoq osti qiladigan so‘zni so‘zlamanglar, hamma vaqt shirinso‘z bo‘linglar, deb ta’kidlaganlar.
2-boshlovchi: Chunki tildan keladigan ozor nayza ozoridan yomon, deb aytadilar. Shunday ekan, hamisha tilimiz shirin, so‘zimiz go‘zal bo‘lsin.
1-boshlovchi: Istardim qalblarni titratsin so‘zlar,
Jonlantirsin yurtning rasm-u holini.
Jonlantirsin, toki muntazir ko‘zlar,
Ko‘ra olsin elning istiqbbolini.
2-boshlovchi: Navoiy – bu oltin xirmon sohibi,
Hayratin olamga etarkan izhor.
Qalbida bir dunyo g‘urur bor edi.
“Xamsa” bo‘lib yog‘di o‘shal iftixor.
Qo‘shiq. Ijro etadi ______________________________________________
1-boshlovchi: Ona tili bor ekan, Vatan bor. Xalqning umr o‘lchovini til belgilaydi. Jamiyatdagi bor go‘zallik va sehr — til orqali namoyon bo‘ladi.
2-boshlovchi: Darhaqiqat, ona tilimizni shakllantirish va rivojlantirish faqat soha vakillarining emas, balki butun jamiyatning vazifasi hamdir
1-boshlovchi: Inson odobini ko‘z-ko‘z qiladigan ayni chog‘da qilich tig‘idan keskir, ilon zahridan o‘tkir, boldan shirin bu tildir. Dono xalqimizning so‘zlash qoidasida tilga ehtiyot bo‘lish va qisqa so‘zlash madaniyati juda ko‘p ibratli fikrlar bilan e’tirof etilgan.
2-boshlovchi: Sahna ko‘rinishi “Til odobi” ijro etadi geografiya kursi tinglovchilari
 Sahna ko‘rinishi. “Til odobi”
Bir kuni tolibi ilm ustozi piri komildan so‘radi:

  • Ustod til odobi nima?

  • Yaxshi so‘z jon ozig‘i, yomon so‘z bosh qozig‘i

Tolibi ilm yana so‘radi:

  • nimalardan tilni tiyish lozim?

  • Quyidagi sakkiz vaziyatdan: biri yolg‘on gapirishdan, zero yolg‘onchilik dushmandir; va’daga xilof ish qilishdan, chunki bu ikkiyuzlamachilik nishonasidir; g‘iybat va bo‘htondan, sababi bu fosiqlar ishidir; janjaldan, xusumatdan, gap tashishdan; o‘zini maqtash va ta’riflashdan, chunki bu takabburlikdan alomatdir; kichiklarni la’natlashdan, chunki bu lozimlar fe’lidir; yomon duo va haqoratdan; odamlarning ranjishiga sabab bo‘ladigan kulgi va masxaralashdan. Bu qoidalarga rioya qilish har birimizning farzimizdur.

  • Tushundim ustod.

Raqs (E’lon qilinmaydi)
1-boshlovchi: Oradan necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, o‘zbek tili o‘z mavqeini yo‘qotgani yo‘q. So‘z mulkining sultoni Navoiy bobomiz tilimizni bog‘ga, xalqimizni bulbulga o‘xshatganlar, shoir ana shu bog‘ga gard yuqmasin deb niyat qilganlar.
2-boshlovchi: Shukurki ona tilimiz asrlar silsilasida yanada sayqallanib, rivojlanib bormoqda. Biz ham kelajak avlodga ona tilimizga gard yuqtirmay, yanada rivojlantirib, yetkazish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilishimiz lozim.
1-boshlovchi: To‘lin oy ishvasin tarjimoni, sen,
Men faqir bir qulning xonumoni, sen.
Turkiy degan xalqning toza qoni, sen,
Mening o‘zbek tilim, onajon tilim.
2-boshlovchi: Sen tilni sharafla, el uchun nomus bil,
Tarixni tavof ayla, buyuk qomus bil.
Bu ko‘hna kitobni sen kitob bilma faqat,
Yo‘llarni yoritguvchi go‘zal fonus bil.
She’rlar

Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling