Ona tilim jarangi olam uzra taralgay


Download 27.55 Kb.
bet4/4
Sana11.10.2023
Hajmi27.55 Kb.
#1697352
1   2   3   4
Bog'liq
Ona-tilim-jarangi-olam-uzra-taralgay-mavzusida-bayram

____________________
Ona tilimga alyor (Oydin Hojiyeva)
Og‘zimdagi novvotim,
Boshimdagi minnatim,
Bobokalonlarimdan
Qolgan ulug‘ davlatim.
Tanglayimni ko‘targan,
Kindik momom qo‘lisan,
“Besh kecham”da sirlashgan
Shamchirog‘im tilisan.
Onamning oq sutisan,
O‘chog‘imning o‘tisan,
Asli toza yurtimsan.
Bahorda boychechagim,
Tiramoda turnamsan,
Kashtamdagi ipagim
Yoqamdagi yo‘rmamsan.
Kelinchaklar suzilsa,
Ko‘zlardagi nozisan,
Atirgullar uzilsa,
Shabnamlar hayosisan.
Senda qimiz ta’mi bor,
Mo‘miyo malhami bor,
Ohanrabo afsuni,
Qilichlarning dami bor.
Tuproq olsang oltin-u,
Kul olsang kumush bo‘lsin,
Seni tinglab ulg‘aygan,
Ullar Alpomish bo‘lsin.
Onaliging chin bo‘lsin,
Qizlaring lochin bo‘lsin.
Yo‘lingdagi xarsanglar,
Iloyo, parchin bo‘lsin,
Qadim turkiy taxtingga,
Yayrab o‘tir yarashgay,
Oq sutingni oqlay deb,
Farzandlaring kurahgay.
Kurashmasa non-tuzing,
Ikki dunyo haromdir.
Ona g‘arib bo‘lgan xalq,
Olomondir, avomdir.
_________________
O‘zbek tilim o‘zbek elim (Normurod Narzullayev)
Oq sut bilan jon-jonimga kirgansan,
Hayot bo‘lib ol qonimga kirgansan.
Qasamyodim, paynonimga kirgansan,
Vijdonimga, iymonimga kirgansan,
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim.
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim.
Nasibim ham, millatim ham, irqim ham,
G‘arb-u shimol, janubim ham, sharqim ham.
Shodligim ham, g‘azabim ham, zavqim ham,
O‘zligim ham, o‘galardan farqim ham,
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim.
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim.
Allam mening, yallam mening, ko‘k qirim,
Bog‘im mening, tog‘im mening, tandirim.
Tangrim mening, ishonganim – ruh pirim,
Tirikligim, o‘lmasligim, taqdirim.
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim.
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim.
Zargarimsan, gavharimsan, so‘zimsan,
Oq-qorani tanituvchi ko‘zimsan.
Pok tuprog‘im rizq-u ro‘zim, tuzimsan,
Ostonamsan, koshonamsan, izimsan.
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim.
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim.
Qon-qardoshlar davrasida o‘rning bor,
O‘z bayrog‘ing, madhiyang-u tug‘rong bor.
Mardliging bor, subuting bor, qadring bor,
Quvon, Narziy, qalb qo‘shig‘ing, she’ring bor.
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim.
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim.
(__________)
O‘zbekiston (Muhammad Yusuf)
O, ota makonim, onajon o‘lkam,
O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga,
Senday mehribon yo‘q, seningdek ko‘rkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog‘laring izimdan ergashib yurar .
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman yo bir soda kasman men:
Parijning eng go‘zal restaranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko‘nayin ,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi,dildan halovat .
Uch kunda sog‘insam nima qilayin?..
Chala qolar bo’ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug’im o’zing,
Bildimki, yaqini shu tupoq menga.
Bahorda Baxmalda tug’ilgan qo’zing
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o’tgan har kun bayram-bazm,
Sensiz bir on qolsam rahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Sini bilmaslarga rahmim keladi.
„Kundan-kun yaxshi“ qo‘shig‘i
Monolog “Ona tilimga”
Ona tilim-sen halqimning ko‘zgusisan. Elimning toza qalbi senda jilvalanadi. Yuragimning orzulari, tub-tubiga cho‘kkan armonlari, olamlarga sig‘maguvchi hayajonlari senla tillashadi, senda yangraydi
Sen – quyoshsan, sen – nursan, beshikdagi go‘dakning ilk tinglagan so‘zisan.
Sen-bizning g‘ururimiz, orimizsan! Sening qadring shunchalar buyukki, to‘fonlardan, suronlardan opichlab o‘tdik. Avlodlarning qo‘liga avaylab tutdik.
Sening oring uchun, sening boring uchun ko‘ksi qalqonmiz!
Biz, sening jonkuyarlaring kamoloting uchun yonib yashashga, fido bo‘lishga, shogirdlar yuragiga mehring solishga qasamyod qilamiz, qasamyod qilamiz, qasamyod qilamiz.
Notiq dedi:
Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda.
Ey, voiz pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan.
Navoiy bilan Pushkin,
Turib keldi qabrdan.
Kim darg‘azab, kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
Vazingni qo‘y birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi.
Barcha dedi barobar,
Ona tilim o‘lmaydi.
1-boshlovchi: Mana shuning bilan “Ona tilim jarangi olam uzra taralgay” mavzusidagi adabiy-badiiy kechamiz o‘z nihoyasiga yetdi. Xayr, ko‘rishguncha sog‘-omon bo‘ling.
Download 27.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling