Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. Bugungi kunda bu masalaga e’tiborning ortib borayotganligi psixolog olimlarning hal etilishi kerak bo’lgan ko’plab muommolarni qo’ymoqda. Bu borada yurtimiz psixolog olimlaridan:
F.B. Shoumarov, D.U.Abdullayeva, B.R Kodirov, V.M. Karimova, V.А.Tokareva, Sh.R.Barotov, T.M.Аdizova, R.I Sunnatova, E.N.Sattarov, Sh.А.Dustmuxamedova, T.Nishonova, F.А.Аkramova, Sh. Sh. Jurayeva, M.Utepbergenov, M.S.Salayeva, G.S.Yunusova , R. А. Samarov va boshqalarning ishlari e’tiborga loyiqdir. Ularning ishlari hal etilayotgan muammo nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot maqsadi. Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlarining ijtimoiy psixologik jihatlarini o‘rganish va tashxis etish jarayoni.
Tadqiqot predmeti. Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlarining psixologik jihatlari.
Tadqiqot ob’ekti. Ona va o‘smir farzand munosabatlarning o’ziga xos xususiyatni o‘rganish maqsadida 201-umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi 7-8-sinf o’quvchilar va ularning onalari tanlab olindi.
Tadqiqot ba’zasi. Toshkent shahar, Chilonzor tumani 201-maktab o’quvchilari va ularning onalari (jami 30 nafar o’smir o’quvchilar va 30 nafar ona ).
Tadqiqotning ilmiy farazi: Ona va o'smir farzand o'rtasidagi munosabatlar ularning o’z-o’zini baholashga ta’sir qilad deb taxmin qildik.
Tadqiqot ishida quydagi vazifalarni belgilab oldik:
1.Mavzusiga doir ilmiy, psixologik, adabiyotlarni tahlil qilish.
2. Ona va o’smir farzand munosabatlariga ta’sir etuvchi obektiv va subektiv omillarni aniqlash.
3. O’smirlarning o’z-o’ziga bahosiga oilaviy tarbiya uslubining ta’sirini aniqlash.
4.Empirik tadqiqot natijalarini qayta ishlash va tadqiq qilish.
5.Tadqiqot natijalari yuzasidan xulosa chiqarish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot bazasi sifatida Toshkent shaxrida Chilonzor tumanidagi 201-maktab olindi.
Tadqiqotda ushbu metodikalarni tanlab oldik:
1.Kuzatish.
2.Ota-ona munosabatlarini o’rganish so’rovnomasi (Varga va Stolin metodikasi)
3.Dembo-Rubinshteynnning o’z-o’zini baholash metodikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |