Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari
Download 140.31 Kb.
|
SEVARA BMI 2023 (2)
Bob bo’yicha xulosalar
Sharq mutaffakirlaridan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Navoiy, Avloniy kabi allomalarimizning asarlarida shaxs komolatini ta’minlo’vchi mexanizmlar atroflicha yoritib berilgan. Ayniqsa, shaxsning kamolga yetishishiga, atrof-muhit, insonlar jamoasi, ota-ona munosabati va shaxslararo munosabatlar asosiy omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. Bu bevosita shaxsning ijtimoiylashuvining ya’ni jamiyatga qo’shilishini ta’kidlaydilar. Xorij olimlaridan Z.Freyd, E.Erikson, J.Piaje, Sh.Byuller, E.Shpanger, V.Shtern, rus olimlaridan I.Kon, L.Vigotskiy, A. Kovalevlarning ota va farzand munosabatlari, o’smirlarnng psixologik xususiyatlari haqidagi qarashlari nazariy taxlil qilindi. O’zini o’zi baholash – o’z-o’zini baholashning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, insonning o’z qobiliyatlari, axloqiy sifatlari va harakatlarini baholashi, o’zi haqidagi bilimlarini o’z ichiga oladi. O’zini o’zi baholash adekvat va noadekvat bo’lishi mumkin. Adekvat o’z-o’zini baholash insonga o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lish, turli qiyinlikdagi vazifalarga va atrofdagilar talabiga mos ravishda o’z kuchini to’g’ri baholash imkonini beradi. O’z-o’zini adekvat baholaydigan inson o’z qobiliyat, layoqatlarini to’g’ri baholaydi, qo’lidan keladigan ishlarni “bu mening qo’limdan keladi” deb a’lo darajada bajaradi, qo’lidan kelmaydigan ishlarni o’z vaqtida “kechirasizlar, bu mening qo’limdan kelmaydi” deb o’z vaqtida tan oladi. Adekvat bo’lmagan (o’z-o’zini yuqori yoki quyi baholash) o’z-o’zini baholash yuqoridagi talablarni bajarishga to’sqinlik qiladi. Adekvat bo’lmagan o’zini o’zi baholash ikkiga bo’linadi: o’zini o’zi yuqori baholash va o’zini-o’z quyi baholash. Yuqori o’z-o’zini baholashda sub’ekt o’z qobiliyatlarini, kuchlarini oshirib baholashi mumkin. Bajara olmaydigan ishlarni ham, maqtanib, bajara olaman, deydi, vaholangki, u bu vazifaning uddasidan chiqa olmasa ham. O’z-o’zini quyi baholaydiganlar esa, shaxsning qo’lidan ko’p narsa keladi, hamma narsani bajara olishi mumkin, lekin u kamtarlik qilib, men bu ishlarni bajara olmasam, kerak deb o’ziga ishonmaydi va o’zini past baholaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, adekvat o’zini-o’zi baholash shaxs shakllanishining zaruriy shartidir. Download 140.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling