’onadan bir vaqtda qarama-qarshi yo’nalishda ikki chavandoz yo’lga chiqdi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-4-5-MATEMATIKA OLIMPIADA SAVOLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-5- SINFLAR UCHUN
- JAVOBLARNI KIRITISH PLATFORMASI MATEMATIKA FANIGA QIZIQUVCHI
- DARSLAR ISLOMJON TURDIYEV TOMONIDAN ZOOM ILOVASI ORQALI OLIB BORILADI. BATAFSIL MA’LUMOT UCHUN 99 598 28 02
1) Farg ’onadan bir vaqtda qarama-qarshi yo’nalishda ikki chavandoz yo’lga chiqdi. Birinchi chavandozning tezligi 22 km/soat, ikkinchisiniki esa 25 km/soat. 2 soatdan so ’ng ular orasidagi masofa necha kilometr bo’ladi? A) 72 km B) 47 km C) 69 km D) 94 km 2) Xolidaning uyidan maktabgacha bo’lgan masofa 2 km. U masofani 25 minutda o’tadi. Xolida 1 minutda necha metr yo’l yuradi? A) 80 m B) 90 m C) 100 m D) 75 m 3) Olimjon uyidan maktabga 15 minutda yetib keladi. Uning yurish tezligi soatiga 4 km. Olimjonning uyidan maktabgacha bo’lgan mosafani toping? A) 2 km B) 1 km C) 3 km D) 1km 500 m 4) s evinchning uyidan maktabgacha bo’lgan masofa 1 km 500 m. Uning yurish tezligi soatiga 4 km 500 m. Sevinch uyidan maktabgacha qancha vaqtda boradi? A) 3 soat B) 30 minut C) 35 minut D) 20 minut 5) Avtomobil 72 km/soat tezlik bilan ketyapti. U 1 minutda qanday masofani bosib o’tadi? A) 720 km B) 1 km 440 m C) 1 km D) 1 km 200 m 6) tulkining bir sakrashi 2m, ovchi itning bir sakrashi 3 m ga teng. Ovchi it o’zidan 60 m naridagi tulkini ko’rib, uni quva ketdi? It nechta sakrashda tulkiga yetib oladi? A) 56 ta B) 60 ta C) 20 ta D) yetolmaydi. 7) A shahardan poyezd 60 km/soat tezlik bilan yo’lga chiqdi. Oradan 1 soat o’tgach, shu A shahardan qarama- qarshi yo’nalishd 80 km/soat tezlik bilan ikkinchi poyezd yo’lga chiqdi. Necha soatdan so’ng bu poyezdlar A shahardan baravar uzoqlikda bo’ladi? A) 3 soatu 30 minut B) 3 soatu 20 minut C) 3 soatdan so’ng D) 4 soatdan so’ng 4-5- SINFLAR UCHUN 8) daryo bo’yida joylashgan ikki qishloq orasidagi masofa 36 km. Daryo oqimining tezligi 3 km/soat. Motorli qayiqning turg’un suvdagi tezligi 15 km/soat bo’lsa, bu qayiq bir qishloqdan ikkinchisiga borish va qaytib kelish uchun qancha vaqt sarflaydi? A) 4 soatu 30 minut B) 4 soat C) 6 soat D) 5 soat 9) shahardan qishloqqacha 50 km. Shahardan bir kishi 5km/soat tezlik bilan qishloqqa qarab piyoda yo’lga chiqdi. Oradan 2 soat o’tgach, qishloqdan shaharga qarab velosipedchi 15 km/soat tezlik bilan yo’lga chiqdi. Ular velosipedchi yo’lga chiqqanidan necha soatdan keyin uchrashishadi? A) 2 soatdan keyin B) 3 soatdan keyin C) 2 soatu 30 min. dan keyin D) to’g’ri javob berilmagan. 10) A va B shaharlar orasidagi masofa 720 km. A dan B ga qarab tezyurar poyezd 80 km/soat tezlik bilan yo’lga chiqdi. Oradan 2 soat o’tgach, B dan A ga qarab yo’lovchi poyezdi yo’lga chiqdi va 4 soatdan keyin u tezyurar poyezd bilan uchrashdi. Yo’lovchi poyezdning tezligini toping? A) 65 km/soat B) 60 km/soat C) 55 km/soat D) 70 km/soat 11) Mevazor va bog’iston qishloqlari orasidagi masofa 27 km. Bu qishloqlardan bir vaqtda bir biriga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi. Birining tezligi soatiga 5 km, ikkinchisiniki esa soatiga 4 km. Ular necha soatdan so’ng uchashadilar? A) 3 soatdan so’ng B) 4 soatdan so’ng C) 3 soat 30 min. D) 3 soat 45 min 12) A va B qishloqlar orasidagi masofa 51 km. Bu qishloqlardan bir vaqtda bir biriga qarab piyoda va velosipedchi yo’lga chiqdi. Piyoda 1 soatda 5 km yo’l bosadi. Ular 3 soatdan so’ng uchrashishgan bo’lsa, velosipedchining tezligini toping? A) 15 km/soat B) 12 km/soat C) 13 km/soat D) 14 km/soat 13) Toshkent va guliston shaharlaridan bir vaqtda bir biriga qarab ikkita avtomobil yo’lga chiqdi. Birining tezligi 76 km/soat, ikkinchisiniki esa 84 km/soat. Agar ular 45 minutdan so’ng uchrashishgan bo’lsa, shaharlar orasidagi masofani toping? A) 160 km B) 110 km C) 120 km D) 130 km 14) velosipedchi 4 soatda 12 km/soat tezlik bilan yuradi. Shu masofani 3 soatda bosib o’tish uchun uning tezligi qanday bo’lishi kerak? A) 14km/soat B) 15 km/soat C) 13 km/soat D) 16 km/soat 15) Motosiklchi va velosipedchi bir tomonga qarab harakat qilishmoqda, Velosipedchining tezligi 12 km/soat motosiklchiniki 30 km/soat. Ular orasidagi masofa 72 km bo’lsa, necha soatdan keyin motosiklchi velosipedchini quvib yetadi? A) 4 soat B) 5 soat C) yetolmaydi D) to’g’ri javob berilmagan 16) Poyezd metroning har ikki bekati orasidagi masofani 2 minutda bosib o’tsa, 12 bekat orasidagi masofani o’tish uchun qancha vaqt ketadi? A) 24 min B) 26 min C) 22 min D) 20 min 17) A va B qishloqlar orasidagi masofa 24 km. A qishloqdan AB yo’nalishda velosipedchi yo’lga chiqdi. Uning tezligi 13km/soat. Xuddi shu vaqtda B dan o’sha yo’nalishda piyoda yo’lga chiqdi. Piyoda 1 soatda 5 km yo’l bosadi. Necha soatdan so’ng velosipedchi piyodaga yetib oladi? A) 3 soat 30 minut B) 3 soat 20 minut C) 4 soat D) 3 soatdan so’ng 18) Poyezd 4 soat 60 km/soat tezlik bilan. 2 soat 75 km/soat tezlik bilan yo’l yurib manzilga yetib keldi. U jami necha kilometr yo’l yurgan? A) 390 km B) 420 km C) 315 km D) 360 km 19) Avtomobil 70 km/soat tezlik bilan 2 soat, 80 km/soat tezlik bilan 3 soat yo’l yurdi. Avtomobilning o’rtacha tezligini toping? A) 75 km/soat B) 76 km/soat C) 74 km/soat D) aniqlab bo’lmaydi. 20) Andijondan bir xil vaqtda bir xil yo’nalishda motosiklchi va velosipedchi yo’lga chiqdi. Motosiklchi 1 soatda 58 km yuradi, velosipedchi esa 1 soatda 16 km yuradi. 2 soatdan so’ng ular orasidagi masofa necha km bo’ladi? A) 100 km B) 26 km C) 84 km D) 74 km JAVOBLARNI KIRITISH PLATFORMASI MATEMATIKA FANIGA QIZIQUVCHI BARCHA O’QUVCHILARNI HAMDA “PREZIDENT MAKTABI” GA TAYYORLANMOQCHI BO’LGAN O’QUVCHILARNI ONLINE KURSLARIMIZGA TAKLIF ETAMIZ. DARSLAR ISLOMJON TURDIYEV TOMONIDAN ZOOM ILOVASI ORQALI OLIB BORILADI. BATAFSIL MA’LUMOT UCHUN 99 598 28 02 TELEGRAM: @ISLOMJON_TURDIYEV Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling