Onaxon jabborova, zuxra umarova
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyat-
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyat-
larni singdirish. Ong – bu shaxsning miya organida yuzaga keladi- gan tushunchalari, fikrlari va odatlari majmuidir. Shu jihatdan bosh- lang‘ich sinf o‘quvchilarining ongi pedagoglarimiz to‘g‘ri ta’kidlash- ganidek, yozilmagan oq qog‘ozga o‘xshaydi. Mazkur masala 7-11 yoshli o‘quvchilar ongiga maqsadli va muddaoli qadriyatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Bu borada umuminsoniy qadriyatlar ham muhim o‘rin tutadi. Umuminsoniy qadriyatlar – bu dunyoda yashovchi xalqlarning tajribasidan o‘tib o‘zgalar tomonidan qabul qilingan yondashuvlar 17 majmuidir. 7 Shu sababli Prezidentimiz yoshlar tarbiyasida umumin- soniy qadriyatlarga e’tibor berishni tavsiya etadi. 8 Rus pedagogika va psixologi A.Rubnshteyn ongning miya, aql va his-tuyg‘udan iboratligini ta’kidlaydi. Shu sababli 7-11 yoshli o‘quvchilar ongini shakllantirishda quyidagi umuminsoniy qadriyat- larning o‘rni muhimdir: - birodarlik; - tinchliksevarlik; - bag‘rikenglik. Birodarlik qadriyati barcha halqlar uchun zaruriyat bo‘lib, unda har bir xalqning buguni, o‘tmishi va kelajagiga oid yondashuvlar ifodalanadi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim dasturlarida umuminsoniy birodarlik qadriyatini har bir xalq va millatning farzandlari o‘zlashtirishi qayd etilgan. Tinchliksevarlik qadriyati insoniyatning hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli jahon Pedagogika fanida shaxsning ongiga tinchliksevarlik qadriyatini singdirish birlamchi masalalardan hisobla- nadi. Biroq, bugungi kunda rivojlanish jarayonidan ortda qolayotgan mamlakatlarda yoshlarning tarbiyasida tinchliksevarlik qadriyatini singdirish sust kechmoqda. Shu sababli bugungi kunda pedagog olimlar Afg‘oniston, Suriya kabi mamlakatlardagi yoshlarning tinch- liksevarlik qadriyati ko‘nikmasi past ekanligidan tashvish bildir- moqda. Mamlakatimizda bu qadriyat ta’lim siyosatining asosiy tayanchlaridan biri sifatida belgilangan. Bag‘rikenglik shaxsda diniy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarni shakllantirishga asoslanadi. Bag‘rikenglikning diniy mazmuni bir jamiyatda turli dinlarga e’tiqod qilish bilan belgilanadi. Bag‘ri- kenglikning milliy mazmuni bir jamiyatda turli xalqlar va elatlarning birga yashashi bilan izohlanadi. Bag‘rikenglikning umuminsoniy mazmuni dunyodagi barcha xalqlarning o‘zaro do‘stligi va hamkor- likda yashashidan iborat. Bu g‘oyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga singdirilsa, kelgusida uni o‘z jamiyati va insoniyat hayoti uchun mas’uliyat sezadigan shaxslar sifatida shakllanadi. 7 Қаранг: Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент, 2009 8 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг пойдеворидир. – Тошкент, 2021. 18 Umuman O‘zbekistonning ta’limga oid davlat siyosatida umumin- soniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling