Ong haqida tushuncha Ong
Hayvonlarning intellektual harakatlari
Download 56.25 Kb.
|
2-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- G.Xarlou, M.Xarlou, S.Suomilarning
Hayvonlarning intellektual harakatlari .
Aql (intellektual) bosqichi hayvonlarning deyarli murakkab faoliyati bilan tavsiflanib, u aks ettirishning murakkab turidir. "Hayvonlarning borliqni psixik aks etish usuli intellektual faoliyatga o’tishida alohida narsalargina emas, balki ularning munosabatlarini aks ettirish ham vujudga keladi. Hayvonlar rivoj-lanishning bu bosqichida, narsalar orasidagi bog’lanishlarni aks ettira oladilar. Nemis zoopsixologi V.Kyolerning tadqiqotlarida maymunlarga yetib bo’lmaydigan joyga xo’rak qo’yiladi. Xo’rakdan yaqinroq, lekin bevosita yetib bo’lmaydigan joyga uzun tayoq qo’yiladi. Bu tayoqqa yetishish uchun qafasda qisqa tayoqcha bilan xo’rakni olib bo’lmaydi. Maymun esa birinchi bosqichda qisqa tayoq bilan uzun tayoqni oladi. Ikkinchi bosqichda esa uzun tayoq orqali xo’rakni olishga muvaffaq bo’ladi. A.N.Leontevning fikricha, muvaffaqiyatsiz harakatlardan so’ng to’satdan javobni topishi aqliy xatti-harakatlarning yana xususiyatidir. Bu hodisa V.Kyoler tomonidan "insayt"-ravshanlashish deb atalgan. Aqliy xatti-harakat boshqa ikki xususiyati mavjud bo’lib, bu topilgan muammoning yechimini tez eslab qolish va shu bilan shakllangan operasiyalarni bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o’tkaza olishdir. Hayvonot olamining yuksak bosqichidagi vakillari (quruqlikda yashovchilardan, xususan, odamsimon maymunlar, dengiz hayvonlaridan delfinlar) instinkt, ko’nikmalarni egallashdan tashqari yana murakkab harakatlarni bajara oladi, hayvonlarning bunday xatti-harakatlarini intellektual harakatlar desa bo’ladi. Intellektual xatti-harakatlar hayvonning ancha yuksak shakldagi psixik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, u tug’ma instinktlar va hayotda hosil qilingan ko’nikmalar hayvonning yashash sharoiti talablariga javob bera olmagan taqdirda yuzaga keladi. Yuksak taraqqiy qilgan hayvonlar ular uchun ma'lum muammolar bilan bir qatorda yangi bo’lgan narsani ham hal qila oladilar. Masalan, tajriba o’tkazilgan asbob ikkita bo’sh naychadan iborat edi. Naychadan bittasiga qarg’aning ko’z o’ngida inga bog’langan xo’rak bir parcha go’sht joylashtirildi. Qarg’a xo’rakning naycha ichiga kirib ketganini ko’radi. Qarg’a shu zahotiyoq ikkinchi naychaning oxiriga sakrab boradi va xo’rakning paydo bo’lishini kutib turadi. Shuningdek, maymunlarda o’tkazilgan tadqiqot ham bunga yaqqol misoldir. Qafasning shipiga banan osib, qafas ichiga ikki - uchta yashik yoki bir ikkita qamishli tayoqcha qo’yadilar. Maymun qafas ichiga kirishi bilan mevani olmoqchi bo’ladi, ammo bo’yi yetmaydi. Maymun tevarak-atrofiga ko’z yugurtirib, yerda yotgan qamishni ko’radi, va bu qamish bilan mevani qoqib tushirishga harakat qiladi. Lekin unda ham bo’yi yetmaganidan so’ng qamishlarni olib, bir necha vaqt ular bilan turlicha harakatlarni qilib ko’rib, ular bir-birini ichig kirib, uzunlashadi, keyin maymun bananni qoqib tushiradi. Yoki yerda yotgan yashikni ustma-ust qo’yib uni mevaning tagiga surib keltiradi va ustiga chiqib mevani olmoqchi bo’ladi, ammo bo’yi yetmaydi. Shunda maymun yerda yotgan boshqa yashiklarni ustma-ust qo’yib, narvon qiladi va ularning ustiga chiqib mevani olib yeydi. Kishi ko’ziga maymunlar nechog’li aqlli hayvon bo’lib tuyulmasin, ammo ularning tafakkuri nihoyatda tordir. Bu fikrni isbotlash uchun shunday bir tajriba o’tkazilgan. Yashik qo’yilgan meva oldiga spirt lampasi yoqib, yonib turgan spirt lampasining tepasiga suvli - jo’mrakli bak va stakan qo’yiladi. Mevani olish uchun maymun avval olovni o’chirish kerak bo’ladi. Bir odam olovni o’chirib, ovqat olish yo’lini maymunga ko’rsatadi, maymun bakdagi suvdan krujkaga quyib olovga sepadi va so’ng mevani olib yeydi. Keyinchalik suv to’ldirilgan bak boshqa stolga ko’chiriladi. Maymun bir stoldan, ikkinchisiga o’tish uchun uzun ko’prik yasab ko’prik orqali boshqasiga o’tgan va bakdan krujkaga suv to’ldirib yana org’asiga qaytgan, nihoyat olovni o’chirib, mevani olib yegan. Aynan maymun atrofida suv turib bundan foydalanmagani qiziqdir. Bu maymunda umumlashtirish xususiyati yo’qligidan dalolat beradi, ya'ni har qanday suv olovni o’chira olishini maymun mutloqo tushunmaydi, u o’zi ko’rgan ishini, ya'ni bakdan olingan suv bilan olovni o’chirishnigina qila oladi, xolos. Bulardan ma'lumki, aqlni ishlatish bilan biror bir masalani hal qilishda maymun masalani yechishni barcha zarur shartlarini ko’ra olmaydi, ulardan faqat ayrimlarinigina fahmlaydi, xolos. Maymunlarning intellektual harakatlari har qanday harakatlarni sinab ko’rish jarayonida aniq amaliy tafakkur tarzida sodir bo’ladi. Taqlidchanlik - maymunlar hulq-atvorining xarakterli xususiyatidir. Masalan, maymun supurgi bilan polni supuradi va "lattani ho’llab siqadi", "polni artadi", "yuvadi". Odatda, maymunlar harakatning natijasiga emas, balki harakatning o’ziga taqlid qiladilar. Maymun polni supurar ekan, axlatni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib yuraveradi-yu, lekin axlatni poldan tozalab ola bilmaydi. Shunday tadqiqot o’tkazilgan uyga bo’sh chelak va quruq latta qo’yilgan. Maymun latta bilan polni artadi va har safar u lattani chelakka tushurib aylantirib siqadi, bu ishni maymun farrosh qilgani kabi bajaradi. Shuningdek, maymun qalam bilan daftarga "yozadi" (chiziqlar chizadi) va unga diqqat bilan qaraydi. Maymunga qalam o’rniga tayoqcha berilsa, qam u "yozishni" davom ettiradi. Intellektual harakatning natijasiga taqlid qilish maymunlarda uchramaydi. Amerikalik olimlar G.Xarlou, M.Xarlou, S.Suomilarning tadqiqotlari yangi tug’ilgan maymunlar bolasi sun'iy onaning ayrim turlarigagina haddan ziyod ixlos qo’yishi mumkinligini ko’rsatadi. Tajriba qo’yidagicha olib boriladi, ya'ni Makaka maymunining yangi tug’ilgan bolalarini xuddi haqiqiy onasining kattaligida qilib ishlangan sun'iy ona bilan qafasga solib qo’yiladi. Maymunchalarning biriga metall kraskadan yasalgan "ona", ikkinchisiga yog’och silindrdan yasalib, tukli mato bilan o’ralgan "ona" to’g’ri keladi. Yumshoq onalik maymuncha ko’p vaqtini uning yonida o’tkazadi, uni goh quchoqlar, goh uning ustiga ham chiqib ketardi. U har gal xavf tug’ilsa, onasining himoyasiga qochib borgan. Metall onaga tekkan maymuncha esa juda qiynaldi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, maymunlarning bolalari sut bergan onadan ko’ra, sut bermasa ham matodan yasalgan onani afzal ko’rishadi. Matodan yasalgan onalar maymunlarda xavfsizlik va ishonch hissini uyg’otadi. Biroq yuksak taraqqiy etgan katta maymunlarning instinktiv xatti-harakati, bir hujayrali hayvonlar instinktidan jiddiy farq qiladi. Yuksak taraqqiy etgan maymunlar (jumladan shimpanze)da xatti-harakatning uya qurishdek tug’ma shakli mavjuddir. Tabiiy sharoitlarda ular har kuni daraxtlarda shox-shabalardan uya qurishadi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, maymunlar uya qurishda, materiallarni tanlash chog’ida amaliy tahlilga binoan ish ko’radilar. Tadqiqot jarayonida maymunlarning binokorlik "faoliyati" kemiruvchilar (kalamush)ning uya qurishi bilan taqqoslab ko’rildi. Qattiqligi turlicha materiallar, jumladan, daraxt shoxlari va qoqoz mavjud bo’lgan holda shimpanze va kalamushlar qam uyani bir xil tipda, ya'ni uyaning asosiy qismini qattiq materialdan yasab, ichiga ancha yumshoqroq material to’shaydi. Agar shimpanze va kalamushga faqat yumshoq material berilsa, u holda ikkalasi ham uyani shu materialdan qurishga tushadi. Lekin ular tavsiya qilingan materialdan uyalarini yasab bo’lganlaridan keyin ularga ancha dag’alroq material berilsa, u holda hayvonlarning reaksiyalarida darhol sifat farq ko’rinadi. Shimpanze ancha dag’al materialga ega bo’lganidan keyin shu zahotiyoq uyasini qayta qurishga kirishadi. Yumshoq materialdan qurilgan inshoatini bir chekkaga surib qo’yadi va ancha dag’al materialdan uyaning asosini qura boshlaydi. Shundan keyingina u yumshoq materialdan foydalanadi, uni uyasining ichki yuzalariga to’shaydi, kalamushlarda ham xuddi shunga o’xshash vaziyatni ko’rishni davom ettiradilar, dag’al materialni yumshoq material ustidan tushay beradilar. Shunday qilib, uya qurish maymunlarda garchi instinktiv harakatlar natijasida amalga oshirilgan bo’lsa, ham bu harakatlar tashqi shart-sharoitlar hisobiga olingan holda yuz beradi. Download 56.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling