Ong strukturasi va uning asosiy psixologik xarakteristikasi Reja: 1


Download 247.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana21.01.2023
Hajmi247.26 Kb.
#1106257
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gulshan Mamatova referat ong strukturasi

Ong va o‘z-o‘zini anglash. 
O‘z-o‘zini anglash insonga nafaqat tashqi dunyoni aks ettirishga 
imkon beradi balki, uni o‘zini shu olamda ajratib, ya’ni topib, o‘zini 
tushunib etishiga, nazorat qilishiga va ma’lum bir shaklda o‘ziga nisbatan 
munosabatda bo‘lishiga yordam beradi. 0 ‘zini biror-bir barqaror obyekt sifatida 
anglash ichki butunlikni talab qiladi, shaxsning doimiyligini, uni o‘zgaruvchan 
vaziyatlarga qaramasdrn o‘zligicha qola olishini anglatadi. 0 ‘zlikni anglash 
boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sir davomida shakllanadi va inson faoliyatining 
muvaffaqiyatiga bog‘liq bo‘lgan o‘z-o‘zini baholash bilan bog‘liqdir. 0 ‘zlikni 
anglashning muhim vazifasi - inson uchun uning harakatlari sababi va natijasini 
bilishi va o‘zini baholashi, aslida qanaqa insonligini tushunishga sharoit 
yaratishidir. Agar baho qoniqarsiz bo‘lsa, inson o‘z-o‘zini o‘stirish 
(kamolotga yetkazish) bilan shug‘ullanishi kerak yoki himoyalovchi 
mexanizmlar yordamida ongdan bu yomon ma’lumotlami yo‘q qilishi mumkin. 
G.M.R


5.Dunyo olimlarining ong haqida tushunchalari. 
Har 
qanday harakatning o‘zlashtirilishi ongning ta’siri ostida 
amalga oshiriladi. Ong tushunchasi juda ko‘p muammolarga duch 
keladi. Bularga turli xil yondashuvlar ham mavjud. Ong muammosi 
psixologiyadagi 
global 
va 
eng 
murakkab 
muammolardan 
biridir. 
Muammoga asosiy yondashuvlarda “Ong, - deydi V.Vund, - bu 
o‘zimizning har qanday psixologik jarayonlarga duch kelishimizdir. 
Ong psixologik jihatdan o‘zida ichki yorug‘likni, yorqinlik yoki zulmatni 
ifodalaydi. 
Inson 
o‘zini 
yo‘qotgan 
paytda 

go‘yoki 
o‘chishi 
ham mumkin”. K.Djeymsning fikricha ong bu “psixik funksiyalaming xo‘jayini”. 
Ong - bu o‘zgacha psixik kenglik. Ong psixologiyaning sharti 
bo‘lishi mumkin, lekin uning predmeti bo‘la olmaydi. Uning mavjudligi 
psixologik fakt bo‘lishiga qaramasdan, uni aniqlash mumkin emas va faqatgina 
o‘zidan chiqarilishi mumkin. Ong sifatsizdir, chunki uning o‘zi sifat-psixik 
jarayon va hodisalaming sifatidir. Sifatni bo‘lib bo‘lmaydi, u yoki bor yoki yo‘q.
Yuqorida keltirilgan qarashlaming umumiy xulosasi - bu psixologik sifatsiz 
ongga urg‘u. Vigotskiyning ongga qarashlari qiziqish uyg‘otadi. Uning aytishicha 
“Ong - bu o‘ziga o‘zi, reallikka refleksiyadir”. “Ong o‘zi bilan o‘zi aloqadadir”. 
Ong - bu ongdir, ong faqatgina jamiyat ongi va tili mavjud 
bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi mumkin. Ong tug‘ma bo‘lmaydi yoki 
tabiat tomonidan berilmaydi balki u jamiyatda rivojlanadi. 
G.M.R


Shuning uchun ong psixologiyaning sharti emas balki uning muammosi - 
ilmiy psixologik izlanishlar predmetidir9. Aytishlaricha, odam miyasida 
taxminan 14 milliard hujayra mavjud bo‘ladi, lekin yangi tug‘ilgan bolada 
ulaming ko‘pchiligi hali ishga tushmagan bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola va katta 
yoshdagi kishilaming bosh miya hujayralarini solishtirish shuni ko‘rsatdiki, 
miyaning rivojlanish jarayonida uning hujayralari o‘rtasida maxsus o‘simta 
(shoxcha) - ko‘prikchalar shakllanib boradi. Bosh miya hujayralari sezgi organlari 
orqali 
tashqaridan 
olayotgan 
ma’lumotlarga 
javob 
berar 
ekan, 
go‘yo bir-birlariga qo‘llarini uzatib, bir-birlarini mahkam ushlab 
oladi. Bu jarayon elektron kompyuterdagi tranzistorlar ishiga o‘xshab 
ketadi. Har bir alohida olingan tranzistor o‘zi alohida ishlay olmaydi
faqat ma’lum bir yagona tizim (sistema)ga birlashgandagina ular 
kompyuter sifatida ishlay olishi mumkin. Hujayralaming bir-birlariga bog‘lanishi 
shakllanishining eng faol davri - bu bola tug‘ilgandan uch yoshgacha bo‘lgan 
davrdir. Bu vaqtda taxminan 70-80% shunday birikmalar vujudga keladi va ular 
qanday rivojlanishiga qarab, miya imkoniyatlari ham ortib boradi. Tug‘ilgandan 
keyingi dastlabki olti oyda miya o‘zining voyaga etish imkoniyatining 
50 foiziga erishadi, uch yoshga kelib esa bu ko‘rsatkich - 80 foizga yetadi. Albatta, 
bu 
bola 
miyasi 
uch 
yoshdan 
keyin 
o‘sishdan 
to‘xtaydi, 
degani emas. Uch yoshga yetib, asosan miyaning orqa (ensa) qismi 
voyaga yetadi, to‘rt yoshga kirganda esa bu murakkab jarayonga uning 
«peshana 
qism» 
degan 
qismi 
ham 
qo‘shiladi. 
G.M.R


Miyaning muhim (asosiy, fundamental) qobiliyati tashqaridan signal qabul 
qilish, uning obrazini yaratish va esda olib qolishdir. Bu shunday o‘zak, shunday 
kompyuterki, bolaning kelajakdagi intellektual rivojlanishi shularga asoslanadi.
Tafakkur, ehtiyoj, ijod, hissiyot kabi yetuk qobiliyatlar uch yoshdan keyin 
rivojlanadi, lekin ular shu yoshgacha shakllangan bazadan foydalanadilar. 
Shunday qilib, agar dastlabki uch yoshda mustahkam negiz shakllanmagan bo‘lsa, 
undan qanday foydalanishga o‘rgatish befoyda. Bu xuddi yomon kompyuterda 
ishlayotib, 
yaxshi 
natijalarga 
erishishga 
intilish 
bilan 
barobar. 
Albatta, yangi tug‘ilgan bola mutlaq nochordir, biroq aynan shunday 
bo‘lganligi uchun ham uning mavjud (potensial) imkoniyatlari ancha katta 
bo‘ladi. Odam bolasi hayvon bolasiga qaraganda ancha kam rivojlangan holda 
tug‘iladi: u faqat yig‘lashni va sut emishni biladi xolos. Hayvon bolasi esa, 
masalan, itlar, maymunlar yoki otlar emaklashni biladi, tirmashadi yoki hatto 
birdaniga tik tura olishi va yurib ketishi mumkin. Zoologlaming ta’kidlashicha, 
yangi tug‘ilgan bola, yangi tug‘ilgan hayvon bolasidan 10-11 oyga orqada qolgan 
bo‘ladi va buning asosiy sababi - odamning yurishdagi holatidir. 
Odam tik (vertikal) holatda yurishga o‘tishi bilanoq bachadonda bola 
to‘la rivojlanguncha tura olmaydigan bo‘lib qolgan, shuning uchun 
ham bola hali yetarlicha rivojlanib ulgurmay butunlay «nochor» bo‘lib 
tug'iladi (dunyoga keladi). Unga tug‘ilgandan so‘ng o‘z tanasidan 
foydalana olishga o‘rganishga to‘g‘ri keladi. U miyadan foydalanishni ham xuddi 
shunday o‘rganadi. 
G.M.R



Download 247.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling