Ong taraqqiyoti va ongsizlik reja: Ong haqida umumiy tushuncha
Download 73 Kb.
|
Ong tuzilmasi to‘g‘risida tushuncha. Odam psixikasining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti.
Ong taraqqiyoti va ongsizlik REJA: Ong haqida umumiy tushuncha. Ongning strukturasi tuzilishi. Ongning muhim psixologik ta’rifi. Ong va ongsizlik. Maqsad: Psixologiyada ilk ong tushunchasini keng tadqiq qilgan holda, bu tushuncha bilim, ko‘nikmaga ega bo‘lish orqali ijodiy fikrlash doirasini kengaytirish, hamda talabalar orasida munozarali suhbatlar orasida ong tushunchasini talqin etish. Ong — psixik faoliyatning oliy shakli.U fakat insonga xos fenomendir.O., uning mohiyati masalasi eng qad.muammolardan biri. O.ni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. O.ni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi.Koʻpgina dinlarda inson O.i buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi.Bunday qarashlarning ildizi juda qad.boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, O. ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi. O.ning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu O. moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir.Ayni vaqtda ma-terialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida O.ning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham O.ni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida O. ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi.Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo O.ni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi.Aslida O. tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, O. ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. O. insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻzoʻzini anglash, xotira, iroda, nutq O.ning asosiy jihatlaridir. Hozirgi zamon fani O. materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir.Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. O. tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning , yaʼni inson miya-sining mahsulidir. Lekin O.ning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. O. insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi. Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular O.ning oʻrnini bosa olmaydi, chunki O. oʻta murakkab obʼyektiv mavjudlikdir. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling