Ong va uning taraqqiyoti reja: Ong haqida umumiy tushuncha


Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir


Download 79.38 Kb.
bet5/11
Sana19.01.2023
Hajmi79.38 Kb.
#1101460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ong va uning taraqqiyoti

Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o’rni va vaqtini mo’ljal qilish, yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi kabilarni ham ko’rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi.
Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo’lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir.
Tayanch tushunchalar:
Ijtimoiy mahsul, til amaliy-haqiqiy ongdir.
1.Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Endokrin tizimning inson organizmi va xulq-atvoridagi ahamiyati.

Xulq, xulq-atvor — axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning feʼl atvori bilan bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari X.dan tashqari odob va axloqkp oʻz ichiga oladi. Odob inson haqida yoqimli taassurot uygʻotadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida oʻzgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan xatti-harakatlardan iborat boʻlsa, axloq — muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun taʼsir eta oladigan turli xatti-harakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi maʼnaviy hodisa. X. qamrovlilik jihatidan ana shu ikki hodisa oʻrtasidagi xususiyatlarga ega; u odobdan keng , axloqdan tor maʼnoga ega boʻlib, axloq singari jamiyat, zamon, tarix miqyosidagi voqelikka taʼsir koʻrsata olmaydi. Lekin, oila, mehnat jamoasi, mahalla koʻy doirasida sezilarli darajada koʻzga tashlanadi. Axloq oʻzini ezgulik va yovuzlik, adolat, insonparvarlik, fidoyilik singari ijtimoiylashgan tushunchalar va tamoyillarda namoyon qilsa, X. yaxshilik va yomonlik, burch, jo'mardlik, mehmondoʻstlik kabi tushunchalarda aks etadi, odob esa kamtarlik, insoflilik, bosiqlik, halollik, rostgoʻylik va boshqa axloqiy meʼyorlarda ifodalanadi. Sharq falsafasi va axloq ilmida mazkur uch axloqiy hodisa, juda qatʼiy chegaralangan boʻlmasada, bir-biridan farqli tarzda olib qaralgan. Yevropada esa X. bilan axloq koʻp hollarda aynanlashtiriladi yoki ular bir-biriga sinonim tushunchalar sifatida talqin etiladi.



X. oʻzicha, "sof" olinganda mavhum axloqiy hodisa, u inson xatti-harakatlarida aniqlik kasb etadi; ijobiy xatti-harakatlarda namoyon boʻlishi — xushxulqlilik, salbiy aʼmollardagi koʻrinishi — badxulqlilik deb ataladi. Xushxulq inson muloyim, shirinsuxan, mexribonlik bilan munosabatda boʻlsa, badxulq odam qoʻpol, ogʻzi shaloq, bemehr va h.k. boʻladi.
Endokrin sisyemasidan ajralib chiqqan garmonlar xulq atvorga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Natijada insonda turli tipdagi harakterlar nomoyon bo‘lad. Jumladan sangvinik melanxolik flegmatik shunga o‘xshash.
2.Psixik xususiyat va holatlarning neyropsixologik asoslari.
Psixika (yun. psychikos — ruhiy), ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subʼyektiv obrazlarda aks etadi. P. materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu P.ning mavjudlik usuli (P. miya xususiyati)da va uning mazmuni (P. — obʼyektiv olamning subʼyektiv obrazi)da koʻrinadi. P. materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavju-dotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv si-stemasining vujudga kelishi va taraq-qiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. P.ning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. P. — subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subʼyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir. Ayni vaqtda P. obʼyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obʼyektiv-dir. P. psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. P. rivojining oliy shakli — inson P.sidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson P.si faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiy-tarixiy taraq-qiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat inson-gagina xos P. shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson P.sining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obʼyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. P.ning muhim tomoni uning ref-lektorlik tabiati, yaʼni reflekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtov-siz va qatʼiy kechishidir. Real P. faoliyat koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson P.sining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har bir shaxs P.sining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va maʼna-viy boyliklarni oʻzlashtirishdan ibo-ratdir. P.ni psixologiya oʻrganadi.
3.Instinkt tushunchasining mazmuni. Instinktlarning klassifikatsiyasi. Egizaklar usuli, gen va atrof-muhit bir-biriga ta’siri. Irsiyat. Bixevioral genetika.
Instinkt (lot. instinctus — uygʻonish, qoʻzgʻalish) — muayyan sharoitda hayvonlarning bitta turi uchun xos boʻlgan murakkab irsiy xattiharakatlari majmui. I. tashqi va ichki qoʻzgʻalishlarga javob tariqasida paydo boʻladi. I.ni ilmiy tadqiq qilishni Ch. Darvin boshlab bergan. U birinchi boʻlib I.ning rivojlanishi turning tarixiy shakllanishi va nerv sistema-sining tuzilishi bilan bogʻliqligini koʻrsatib berdi. I.ni rus olimlaridan I. M. Sechenov, I. P. Pavlov va boshqa ham oʻrganishgan. I. — murakkab shartsiz reflekslardan (qarang Shartsiz reflekslar) iborat boʻlib, ular asosida shartli reflekslar vujudga keladi. Biologik mohiyatiga koʻra, I. quyidagi guruhlarga ajratiladi: oziqlanish (oziqni to-pish, oziq gʻamlash va boshqalar); turni saqlab qolishga qaratilgan passiv (tegilganda qimirlamasdan qotib turish, qochib qolish va boshqalar) va aktiv (jismlar, shox-shabbalar va boshqa yordamida himoya) hi m o -yalanish; jinsiy bezlar funksiyasi bilan bogʻliq boʻlgan jinsiy I. (jinsiy mayl, otalanish, baliqlarning uvildiriq tashlash joyiga migratsiyasi va boshqalar); avlod toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik bilan bogʻliq boʻlgan ota-onalik I.i (uya va in qurish, bola boqish, bolani himoyalanishga, ov qilishga oʻrgatish va boshqalar); poda, gala, oila aʼzolarining oʻzaro munosabatlarini tashkil qiluvchi guruhli I. Hasharotlar xattiharakatlarining deyarli hammasi I.dan iborat. Baliklar, qushlar va ayniqsa sut emizuvchilar xattiharakatlarining asosiy qismini I. emas, balki shartli reflekslar tashkil etadi. Odamda I. uning tarbiya jarayonida shakllanadigan ongli faoliyatiga boʻysungan boʻladi. I.ni oʻrganish va undan foydalanish chorvachilik, ovchilik xoʻjaliklarida, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari va infeksion kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega.
4.Onglilik va ongsizlik. Hayvonlar intellektual xatti-harakat shakllari. Muhit psixik faoliyat va taraqqiyot omili sifatida.
Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. O., uning mohiyati masalasi eng qad. muammolardan biri. O.ni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. O.ni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson O.i buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, O. ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.

O.ning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu O. moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda ma-terialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida O.ning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham O.ni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida O. ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo O.ni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida O. tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, O. ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. O. insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻzoʻzini anglash, xotira, iroda, nutq O.ning asosiy jihatlaridir.

Hozirgi zamon fani O. materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. O. tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning , yaʼni inson miya-sining mahsulidir. Lekin O.ning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. O. insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi.

Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular O.ning oʻrnini bosa olmaydi, chunki O. oʻta murakkab obʼyektiv mavjudlikdir.


Ongsizlik (psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. O., koʻpincha, badan harakatida, xotira, xayolda na-moyon boʻladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongli paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda roʻy beradi. Mac, odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm va shahrik. chogʻida yuz beradigan psixik faoliyat ham O. holatiga kiradi. 3. Freyd O.ni sof irratsionalis-tik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan O. oʻrtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning bu-tun xattiharakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. O.ni odam anglashga va payqashga jurʼat etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir.
5.Psixik faoliyatning jinsga oid xususiyatlari.

Psixik faolyatning jinsga oid xususiyatlari asosan psixika bilan bog‘liqdir.


Psixika (yun. psychikos — ruhiy), ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subʼyektiv obrazlarda aks etadi. P. materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu P.ning mavjudlik usuli (P. miya xususiyati)da va uning mazmuni (P. — obʼyektiv olamning subʼyektiv obrazi)da koʻrinadi. P. materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavju-dotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv si-stemasining vujudga kelishi va taraq-qiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. P.ning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. P. — subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subʼyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir. Ayni vaqtda P. obʼyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obʼyektiv-dir. P. psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. P. rivojining oliy shakli — inson P.sidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson P.si faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiy-tarixiy taraq-qiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat inson-gagina xos P. shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson P.sining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obʼyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. P.ning muhim tomoni uning ref-lektorlik tabiati, yaʼni reflekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtov-siz va qatʼiy kechishidir. Real P. faoliyat koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson P.sining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har bir shaxs P.sining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va maʼna-viy boyliklarni oʻzlashtirishdan ibo-ratdir. P.ni psixologiya oʻrganadi.

Download 79.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling