Onkodermatologiya asoslari. Rak oldi kasalliklari. Yaxshi va yomon sifatli teri o’smalari
Download 362.4 Kb. Pdf ko'rish
|
12-Мавзу Onkodermatologiya asoslari. Rak oldi kasalliklari. Yaxshi va yomon sifatli teri o’smalari. Xeylitlar. TASNIFI Epiteliyning bezlaridan rivojlanadigan yaxshi sifatli o’smalar adenomalar deb ataladi. Mezenximadan rivojlangan yomon sifatli o’smalar ―sarkoma‖, yomon sifatli melanositar o’smalar esa – ―melanomalar‖ deb ataladi. Terini epitelial o’smalari yaxshi sifatli o’smalar bilan yomon sifatli o’smalar oralig’idagi holatni egallaydi. Bu o’smalarga mahalliy-yemirib o’sish xos bo’lib, metastazlar bermaydilar, ammo joylashgan joyiga qarab (ko’z burchagi, bosh suyagi va b.) letal natijaga olib kelishi mumkin. Bunday o’smalarga bazalioma (bazal-hujayrali rak), Darye-Ferranoni bo’rtib turuvchi (vыbuxayuщuyu) dermatofibrosarkomasi. Papilloma Papilloma – yaxshi sifatli o’sma bo’lib, ko’pincha 40 yoshdan katta bo’lgan odamlarda rivojlanadi. Teri yuzasidan ko’tarilib turuvchi, solitar yoki ko’p sonli so’galsimon tuzilma hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu papilloma keng asosga ega yoki oyoqchada joylashgan bo’ladi. U harakatchan (faqat uzoq vaqt kuzatilayotgan keratopapillomalardan tashqari), kulrang yoki qoramtir- jigarrang rangga ega, diametri 0,3-0,5 dan 1,0-1,5 sm gacha va undan katta, dumaloq yoki noto’g’ri ko’rinishdagi papillomalar bo’ladi. Yuzasi vorsinkalar yoki oson ko’chadigan muguzli massalar bilan qoplangan bo’ladi. Papillomalar ko’pincha yuz va badan terisida kuzatiladi, ammo tananing boshqa sohalarida ham uchrashi mumkin. Download 362.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling