Onkodermatologiya asoslari. Rak oldi kasalliklari. Yaxshi va yomon sifatli teri o’smalari


Download 362.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi362.4 Kb.
#1590780
1   2   3
Seboreyali keratoz. Sin. Seboreyali so’gal, 
seboreyali keratoma, karilar so’gali. 

Bu yaxshi sifatli epitelial o’sma hisoblanadi, ba’zi bir mualliflar 
uni teri qarishi desalar, boshqalari kech namoyon bo’lgan 
epitelial nevus deb fikr bildirishadi. W.F.Lever (1959) fikricha 
seboreyali keratoz – epitelial kurtakdan kelib chiqqan 
gamartoma, J.J.Eller, V.J.Ryan lar (1930) esa uni bazal-hujayrali 
o’sma deb hisoblaydilar.

O’sma juda sekin o’sadi va bir necha yillardan so’ng shakllanib 
bo’ladi. Dastlab chegaralangan sarg’ish yoki jigarrang rangli 
dog’ paydo bo’ladi, u o’sib borib ba’zan 4-6 smgacha va 
undan katta o’lchamga ega bo’lishi mumkin. Dog’larning 
yuzasi asta-sekin, oson ko’chadigan yog’li qaloqlar bilan 
koplana boshlaydi. Vaqti kelib o’chog’ atrofdagi teridan 
ko’tarilib turadigan bo’ladi, qaloqlar zichlasha boshlaydilar, 
ammo yoriklar bilan teshilib turli ko’rinishdagi yog’li yuzasini 
saklab qoladilar.


 
Siringoma 

Siringoma — bu yaxshi sifatli o’sma kasalligi bo’lib, 
teridagi ter bezlarining rivojlanish nuqsoni hisoblanadi

Terida simmetrik joylashgan, dumaloq, diametri 1—2 
mm dan 4—5 mm gacha bo’lgan, rangi sarg’ish-
jigarrang, zich, teri yuzasidan bir oz ko’tarilib turuvchi 
ko’p sonli tugunsimon elementlardan tashkil topgan 
bo’ladi. Ko’p joylashadigan sohalari – periorbital soha, 
qovoqlar, bo’yin, ko’krak, tananing yon sohalari, jinsiy 
a’zolar. Ko’pincha kasallik ayollarda kuzatilib, bolalik 
yillaridan boshlanadi.



Gistologik tekshiruvda dermaning 
yuzaki va o’rta qismlarida ko’p sonli 
mayda kistozli kengaygan, devorlari 
ikki qavatli epitelial hujayralardan 
qoplangan 
Download 362.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling