Onlayn biznes va onlayn biznesning o'zbekistonda rivojlanishi va tosiqlari. Tursunbekov Aybek Muxitdinovich
Download 22.58 Kb.
|
Tursunbekov Aybek Muxitdinovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot biznesi
Internet do’kon, magazin
Kim internet magazinni bilmaydi? Kim onlayn sotuvchilar xizmatidan biron marta foydalanmagan? Ha, hali ko’pchilik, lekin, bu vaqtincha. Kelajakda biznesning bu turi ham albatta yuqori ko’rsatgichlarni ko’rsatishi aniq. Chunki bugun, chet davlatlar misolida bularni ko’ryapmiz. Raqobat o’z kuchini ko’rsatadi. Bu turdagi bizneslarning eng omadlilari aynan iqtisodiy kriziz paytida rivojlangan. Sababi, kriziz paytida sotuvchilar, mahsulotlarini sotish maqsadida turli marketing yo’llarini o’ylab topishga majbur bo’lishgan va topishgan ham. Bunday biznesni yo’lga qo’yishdan oldin, nima sotishni o’ylab ko’ring. Qaysi mahsulotni bir oyda, internet orqali nechi marotaba qidirishayotganini aniqlang. Buni manabu servis orqali aniqlash mumkin. Masalan, “kiyim bosh” so’zini yozib “Подобрать” tugmasini bossangiz, sizga, odamlarning internetga shu so’zni yozib, bir oyda necha marotaba qidirayotganliklarini ko’rsatadi. Shunday qilib, mahsulotga bo’lgan talabni aniqlashingiz mumkin. Mahsulotga ehtiyoj qanchaligini aniqlaganingizdan keyin, Aliexpress saytidan mahsulotning rasmini va o’zgartirilgan narxni internet magaziningizga joylashtirasiz va reklama qilasiz. Mijoz saytingizga keladi va sizga buyurtma berib, pulini to’laydi. Siz esa, AliexPress sayti orqali, Xitoydan arzon mahsulot buyurtma qilasiz va mijozga mahsulotni уеtkazasiz. Faqat, mijozni aldashga urinmang, aks holda biznesingizni yo’qotasiz. Yolg’onchi bo’lmaslik uchun esa, magazin saytida, mahsulotni yetkazib berish muddatini aniq va tiniq ko’rsatib qo’ying. Bunday biznesni yo’lga qo’ysangiz, sizga sarmoya ham kerak bo’lmaydi. Chunki siz, mijozning puli bilan ish qilasiz. Treyding Internet biznesning yangi va hali o’rganib ulgurilmagan turlaridan biri bu, savdo birjalarida ishlash. Hozirda ko’proq, binarni opsionlar va Forex bilan shug’ullanishadi. Ko’pchilik odamlar bu biznes turini lotareya bilan tenglashtirishadi, ko’pchilik esa, ochiqcha firibgarlik ham deyishadi. Lekin, omillarning kombinatsiyasini tahlil qila oladigan va shu tahlillar asosida xulosa chiqara oladigan, hech qanday taxminlarga yo’l qoymaydigan odamlar, bu biznesda juda yaxshi, doimiy va ko’p daromad olishadi. Lekin, bunday omadli treyderlar safiga qo’shilish uchun, bu ishning ipidan ignasigacha diqqat bilan o’rganib chiqish kerak bo’ladi. Bu esa, oson emas, lekin, sarf qilgan kuchingiz va vaqtingiz o’zini oqlaydi. Ammo, bilimsiz va tajribasiz bu ishga kirishish, o’z navbatida juda xavfli ham hisoblanadi. Axborot biznesi Biznesning bu turini faqat, ishyoqmas odam bilmasligi mumkin. Lekin, shunday bo’lsa ham, juda ko’pchilik odam, o’zining bilimini internet orqali qanday sotib biznes qilish mumkinligini tushunib yetishmaydi. Download 22.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling