Onlayn biznes va onlayn biznesning o'zbekistonda rivojlanishi va tosiqlari. Tursunbekov Aybek Muxitdinovich


Oddiy qilib tushuntirishga harakat qilaman


Download 22.58 Kb.
bet6/7
Sana05.05.2023
Hajmi22.58 Kb.
#1431603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tursunbekov Aybek Muxitdinovich

Oddiy qilib tushuntirishga harakat qilaman.
Internetda axborot biznesi bu, – ko’pchilik odamlarning qandaydir muammolarini tez va sifatli echa oladigan bir odamning xizmatiga asoslanadi. Masalan, Siz tez va sifatli maqola yozasiz va shu orqali yaxshi daromad olasiz deylik. Sizda bu ishni bajarish uchun o’zingizning shaxsiy noyob yo’lingiz bor. Siz qanday yozishni va charchamaslikni, matnda bir gapni qayta takrorlamaslikni, buyurtmachilarni qayerdan va qanday tez topishni, umuman barcha qoidalarini bilasiz va ko’p pul ishlaysiz. Va bu sirlarni juda ko’pchilik odam bilishni xohlashadi.
Siz o’z tajribalaringiz bilan bo’lishish maqsadida, bu sirlarning barchasini bir kitobcha qilib yozasiz va arzon narxda sotasiz. Bu sirlarni bilishga qiziquvchilar esa, kitobni sotib olishadi va siz yan ko’proq pul ishlaysiz.
Internet biznesning afzalliklari va ustunliklari
Internet biznes – kelajak biznesi. Bu gaplar asossiz emas. Juda ko’pchilik tajribali biznesmenlar o’zlarining ishlarini onlayn formatiga ko’chirib, klientlar bazasini kengaytirib, daromadlarini esa, bir necha barobarga oshirishga ulgurishgan. Yangi boshlayotganlar ham shu yerga intilishayapdi, bazilari boshlanishidanoq omadga ham erishayapdi.
Lekin biz, internet biznesining qanday ustunlikga ega ekanligini uzoq kelajakga qarab emas, balki, bugunini, hozirini ko’raylik. Nima uchun cho’ntagida ortiqcha bir so’m puli yo’q, endi boshlayotganlar orasida buncha qiziqish uyg’onayapdi:
Onlayn biznesning bazi turlariga hech qanday sarmoya kiritish shart emas. Faqat, kompyuter va internet bo’lsa bas.
Onlaynda biznes qilish uchun, ishchi yollashingiz shart emas, bir ozingiz ham uddalasangiz bo’ladi.
Internetda ishlaydigan biznesmenlar hech qanday davlat strukturalariga qaram emas, shuning uchun ular mustaqildirlar.

O‘zbekistonda onlayn biznes rivojlanishiga to‘siqlari.
«Orient Capital Management» kompaniyasi direktori Anvar Irchayev MFactor loyihasi doirasida inqiroz davrida moliyaviy boshqaruv mavzusida o‘z fikrlarini bildirdi.
«So‘nggi ko‘rsatuvlarda ko‘p eshitdik, endi buyog‘iga oflayn bo‘lmaydi, odamlar onlaynga o‘rgandi, hamma narsa onlaynga o‘tib ketdi degan fikrlar bo‘ldi. Men bu g‘oyaga uncha qo‘shilmayman», deydi Anvar Irchayev.
U O‘zbekistonda onlayn biznes rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan masalalarni sanab o‘tdi.
«Onlayn biznes rivojlanishi uchun O‘zbekistonda 2-3ta jiddiy masalalar bor. Ana shu masalalarni balki 3, 4-5 yil ichida hal qilishimiz kerak.
Birinchi masala bu – internet yo‘qligi, internet tezligining pastligi. Internetning kirib borish ko‘rsatkichi kam. O‘zbekiston bo‘yicha keng polosali internetning kirib borishi 7-10 foiz. Qozog‘iston yoki Rossiyada bu 70-80 foizgacha borgan. Rossiyada 1999-2000-yillarda internetning kirib borishi 7-9 foiz bo‘lgan. U paytda o‘zim ham Moskvada ishlaganman, u vaqtda Rossiyada onlayn biznes bo‘lmagan. Shuning uchun O‘zbekistonda onlayn biznes bo‘lishi menimcha juda katta masala.
Ikkinchi sabab – O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM juda kam. Bu kam degani odamlarning sotib olish qobiliyati hali juda past. Sotib qolish qobiliyatining pastligi o‘rtacha chekning summasi past degani. Rossiyada onlayn yetkazib berishning o‘rtacha cheki 70-80 dollar. O‘zbekistonda o‘rtacha chekning o‘rtacha summasi balki 10 dollar, ko‘pi bilan 20 dollar.
O‘zingiz ham o‘ylab ko‘rishingiz kerak: shu 20 dollardan onlayn market necha foiz pul topyapti? Menimcha, ularning marjasi 3 foiz. 20 dollardan 3 foiz degani bu – 70 sent. Ya'ni bir odamning ishini bitir, paketlarga yig‘, uni yetkazib beruvchi bilan yetkazganda 3 foiz, 70 sent pul topyapti. Bu narsa cheklangan. 70 sentdan odam soni, kuniga ko‘paytirsangiz, kompaniyaning yalpi tushumi qancha bo‘ladi. Tushumi menimcha, past bo‘lsa kerak. Kompaniyaning tushumi kam bo‘lganidan keyin u qanday rivojlanadi? Qanday qilib odamlarni o‘rgatadi, qanday qilib yetkazib beruvchilarga pul to‘laydi, qayerdan IT-texnologiyalarga investitsiya kiritadi?
Uchinchi masala – hamma onlayn masalalar reklamaga borib taqaladi. Makro, Korzinka ’ni bilamiz, o‘tgan-ketganda ularni ko‘ramiz. Ichiga kirib, mahsulot sotib olib, uyga olib boraylik deymiz. Lekin onlayn servisni yo‘lga qo‘yganda bu narsani reklama qilish kerak. Reklama qilib odamlarga yetkazsa, shunda odamlar bu narsani biladi»,deydi Anvar Irchayev.

HULOSA
Onlayn biznesingizni yo'lga qo'yishning birinchi sababi-elektron tijoratning tobora ortib borayotgan mashhurligi. Nasdaq ma'lumotlariga ko'ra , 2040 yilga kelib, iste'molchilar xaridlarining 95 foizi onlayn tarzda amalga oshiriladi. 2020 yilda butun dunyo bo'ylab onlayn xarid qiluvchilar soni ikki milliardga yetdi .
Internetda biznesning mavjudligi brend ishonchini oshiradi - mijozlar mahsulot va xizmatlar haqida ko'proq ma'lumot olish uchun kompaniya bilan osongina bog'lanishlari mumkin bo'lganda o'zlarini ishonchli his qilishadi . Microsoft tadqiqotiga ko'ra , Internetda biznes bilan muloqot qilishni afzal ko'rgan odamlar soni muntazam o'sib bormoqda. Birgina 2017 yilda brendlar bilan bog‘lanish uchun ijtimoiy kanallardan foydalanadigan 35 yoshdan oshgan mijozlar soni ikki baravar ko‘paydi.
Onlayn biznes maqsadli auditoriya bilan mustahkam va uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatishga yordam beradi. KPMG hisobotiga ko'ra , mijozlar mukammal xizmat va shaxsiy tajribani ta'minlasa, biznesga sodiq qoladilar.
Shuning uchun ham dunyodagi eng yirik internet kompaniyalari mijozlar bilan yaqin munosabatlarni saqlab qolish istagi bilan mashhur.
Bashariyat iqtisodiyot tarmoqlari o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YAIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to'g'ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi.
Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib boʻlmaydi.
Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni “yangi iqtisodiyot”ni vujudga keltirdi. Kam oʻrganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kampaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi. Isteʼmolchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz tigʻiz paytida Internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul joʻnatishdan koʻra kengroq imkoniyatlar boʻlib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi.


Download 22.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling