Online Offline Twitter
Download 22.54 Kb.
|
Offline online
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z profilingizga “did” berish
- Keraksiz foydalanuvchilarni xabarlarini to’xtatib qo’yish
- Bevosita keluvchi xabarlarni o’chirish
- O’z ma’lumotingizni yuklab olish
- Online va offline tarjimon dasturlar Google Tarjimon
Virtual ta`limni boshqaruvchi tizimlarining funktsiyalari Reja: Online Offline Twitter hozirda shaxsiy kundalik so’zlashuvlardan tortib, mish-mishu, boshqa mayda chuyda xabarlar bilan ham to’lib toshishiga qaramay, mikrobloglash xizmati bundan ham ko’prog’iga qodir. Twitter yangi narsalarni ixtirosiyu, boshqalar bilan aloqada bo’lish, yoki eng so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish degani hamdir. Kompaniya yangi xususiyatlarni qo’shishda davom etmoqda, va ulardan to’g’ri foydalanish foydalanuvchiga faqatgina qulaylik keltirishi mumkin. O’z profilingizga “did” berish Yaqindagina Twitter vebga asoslangan profillarga Facebook sahifalaridagi kabi yangiliklar kiritdi. Profil va bosh rasmingizni o’zgartira olishga qo’shimcha ravishda, endilikda siz o’z mavzu (tema) rangini o’zgartirishingiz va xatto alohida diqqat qaratmoqchi bo’lgan internet sahifangizni bog’lab tvit’lashingiz mumkin. Bog’lab tvit’lash uchun, profil sahifangizga kirib, tvit’ingizdagi uch nuqtali tugmani bosing, va “Pin to your profile”ni tanlang. Profilingiz rangi profilingizni tahrirlashdagi mavzu rangi menyusiga bosish orqali o’zgartirishingiz mumkin. Keraksiz foydalanuvchilarni xabarlarini to’xtatib qo’yish Kontaktingizdagi xoh do’stingiz bo’lsin, xoh hamkasb yoki oila azoyingiz bo’lsin, vaqti kelib Twitterda ensangizni qotiradigan kimsalar ham uchrab qoladi. Endi Twitterda kiruvchi xabarlarni siz suhbatdoshingizga bildirmay undan kelayotgan habarlarni to’xtatib qo’yishingiz mumkin. Veb sahifasi yohud Android yoki bo’lmasa iOS dasturingiz orqali tvitterlar profiliga kiring, “charx” shaklidagi tugmani so’ngra “mute”ni bosing. Balki siz shunchaki qayta tvit’langan xabarlarni (retweet) yoqtirmassiz, unday holda suhbatdoshingizdan kelayotgan retweet’ni o’chirish kifoya. Agar tvit’lovchi kishi dunyodagi eng “dong’i ketgan tvitlovchi” bo’lsachi? Unaqada u kimsadan kelayotgan xabarni to’g’ri mobil uskunangizga keladigan qilishingiz mumkin. Bu yangiliklarning ikkalasi ham yuqoridagi tugmachaga bosish orqali ishga tushiriladi. Bevosita keluvchi xabarlarni o’chirish Bevosita xabar deb, siz “follow”ni bosgan kishingiz sizni qaytadan “follow” qiluvchi kishiga yuborgan shaxsiy xabarlarga aytiladi. Bevosita xabarlarni o’chirish uchun shunchaki siz jo’natgan xabar yonida joylashgan “O’chirilgan xabarlar qutisi” tugmasini bosing. Agar buni telefonda bajarayotgan bo’lsangiz mobil ilovadagi o’chirish tugmasini bosib turib tanlang. Ushbu harakatingiz jo’natilgan xatni siz va suhbatdoshingiz inbox’idan o’chirib tashlaydi. Shunisi e’tiborliki, email orqali xabardor etish xizmatiga kiritilgan bo’lsa, sizning xabaringiz unga ko’rinadi. O’z ma’lumotingizni yuklab olish Twitter foydalanuvchilarga eski tvit’larini yuklab olish imkonini beradi. Haqiqatan ham siz jo’natgan barcha eski xabarlaringizni yuklab olishingiz mumkin. Uning uchun O’rnatmalar (settings)ga kirib, zahirani so’rash (request your archive)ni bosiladi. O’z ma’lumotingizni yuklab olishingiz uchun Twitter emailingizga link jo’natadi. Online va offline tarjimon dasturlar Google Tarjimon butun veb-sahifani tarjima qila oladi. Veb-dizaynerlar uchun kompaniya xodimlari tomonidan saytni barcha ruxsat etilgan tillarga tarjima qilishni tashkil etishga imkon beruvchi skript ishlab chiqilgan. Google Tarjimon boshqa avtomatik tarjima asboblari singari oʻz cheklovlariga ega. [2] Ushbu asbob foydalanuvchiga chet tilidagi matn tarkibining umumiy mazmunini tushunishga yordam beradi. Ammo u koʻp hollarda aniq tarjimalarni taqdim etmaydi. Shuning uchun doimiy ravishda tarjima sifati boʻyicha ishlar olib boriladi, boshqa tillarga tarjimalar yaratiladi. Variantlarni berish statistik algoritm tomonidan nazorat qilinganligi tufayli oddiy keng qoʻllaniladigan soʻzlarni tarjima qilishda Google Tarjimon mumkin boʻlgan variantlar ichidan senzura talablariga javob bermaydigan soʻzlarni ham taklif etishi mumkin. Tarjima natijasiga biror koʻp taklif etiladigan, aslida shak-shubhasiz notoʻgʻri boʻlgan tarjima variantlari ham taʼsir etishi mumkin. Google Tarjimon istalgan qoʻllaniladigan tildan istalgan boshqa qoʻllaniladigan tilga tarjima qiladi, lekin koʻpchilik hollarda aslida tarjimani ingliz tili orqali bajaradi. Ayrim hollarda shu sabab tarjima sifati yomonlashadi. Baʼzi tillar uchun tarjima ikkita jarayondan oʻtadi: matn dastlab yaqin-qardosh tilga oʻgiriladi, keyin ingliz tiliga tarjima qilinadi. Quyida mazkur algoritmdan oʻtuvchi tillar keltirilgan: beloruscha ↔ ruscha ↔ inglizcha ↔ boshqa ukraincha ↔ ruscha ↔ inglizcha ↔ boshqa galisiyacha ↔ portugalcha ↔ inglizcha ↔ boshqa makedoncha ↔ bolgarcha ↔ inglizcha ↔ boshqa slovakcha ↔ chexcha ↔ inglizcha ↔ boshqa urducha ↔ hindiycha ↔ inglizcha ↔ boshqa Download 22.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling